Mavzu: pedagogika fanining predmeti va tadqiqot metodlari asosiy savollar


Pedagogikaga oid adabiyotlarda innovatsiya jarayoni sxemasi beriladi. U quyidagi bosqichlarni qamrab oladi



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə83/128
tarix19.10.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#128211
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   128
Umumiy pedagogika majmua

Pedagogikaga oid adabiyotlarda innovatsiya jarayoni sxemasi beriladi. U quyidagi bosqichlarni qamrab oladi:

  1. Yangi g’oya tuqilishi yoki yangilik konseptsiyasini paydo qilish bosqichi. U kashfiyot bosqichi deb ham yuritiladi.

  2. Ixtiro qilish, ya'ni yangilik yaratish bosqichi.

  3. Yaratilgan yangilikni amalda qo’llaybilish bosqichi.

  4. Yangilikni yoyish, uni keng tadbiq etish bosqichi.

  5. Muayyan sohada yangilikning hukmronlik qilish bosqichi. Bu bosqichda yangilik o'zining yangiligini yo'qotadi, uning samara beradigan muqobili paydo bo'ladi.

  6. Yangi muqobillik asosida, almashtirish orqali yangilikning qo'llanish doirasini qisqartirish bosqichi.

V.A.Slastyonin yangilik kiritishni maqsadga muvofiq yo'naltirilgan yangilik yaratish, keng yoyish va foydalanish jarayoni majmui, uning maqsadi esa insonlarning ehtiyoji va intilishlarini yangi vositalar bilan qondirish deb biladi.
Yangilik kiritishning tizimli konsepsiyasi mualliflari (A.I.Prigojin, B.V. Sazonov, V.S. Tolstoy) innovatsion jarayonlarning ikki muhim shaklini farqlaydilar.
Birinchi shaklga yangilik kiritish oddiy ishlab chiqish sifatida kiritiladi. Bu ilk bor mahsulot o'zlashtirgan tashkilotlarga taalluqlidir.
Ikkinchi shaklga yangilikni keng ko'lamda ishlab chiqish taalluqlidir.
Yangilik kiritish ham ichki mantiq, ham vaqtga nisbatan qonuniy rivojlangan va uning atrofmuhitga o'zaro ta'sirini ifodalaydigan dinamik tizimdir.
Pedagogik innovatsiyada «yangi» tushunchasi markaziy o'rin tutadi. Shuningdek, pedagogik fanda xususiy, shartli, mahalliy va sub'ektiv yangilikka qiziqish uyg’otadi.
Xususiy yangilik V.A. Slasteninning aniqlashicha, joriy zamonaviylashtirishda muayyan tizim mahsuloti unsurlaridan birini yangilashni ko'zda tutadi.
Murakkab va progressiv yangilanishga olib keluvchi ma'lum unsurlarning yig’indisi shartli yangilik hisoblanadi.

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə