Mavzu: pedagogika fanining predmeti va tadqiqot metodlari asosiy savollar



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə84/128
tarix19.10.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#128211
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   128
Umumiy pedagogika majmua

Mahalliy yangilik konkret ob’ektda yangilikning foydalanishi bilan belgilanadi.
Sub’ektiv yangilik ma'lum ob’ekt uchun ob’ektning o'zi yangi bo'lishi bilan belgilanadi.
Ilmiy yo'nalishlarda yangilik va innovatsiya tushunchalari farqlanadi.
Yangilik - bu vositadir: yangi metod, metodika, texnologiya va boshqalar.
V.I. Zagvyazinskiy yangi tushunchasiga ta'rif berib, pedagogikadagi yangi bu faqatgina g’oya emas, balki hali foydalanilmagan yondashuvlar, metodlar, texnologiyalardir. Lekin bu pedagogik jarayonning unsurlari majmua yoki alohida olingan unsurlari bo'lib, o'zgarib turuvchi sharoitda va vaziyatda ta'lim va tarbiya vazifalarini samarali hal etishning ilg’or boshlanmalarini o'zida aks ettiradi.
R.N.Yusufbekova pedagogik yangjlikka, o’qitish va tarbiya berishda avval ma'lum bo'lmagan va avval qayd qilinmagan holat, natija, rivojlanib boruvchi nazariya va amaliyotga eltuvchi pedagogik voqelikning o'zgarib turishi mumkin bo'lgan mazmuni sifatida qaraydi.
Pedagogik innovatsiyada R.N.Yusufbekova innovatsion jarayon tuzulmasining uch blokini farqlaydi:
Birinchi blok - pedagogikadagi yangini ajratish bloki. Bunga pedagogikadagi yangi, pedagogik yangilikning tasnifi, yangini yaratish shart-sharoiti, yangilikning me'yorlari, yangining uni o'zlashtirish va foydalanishga tayyorligi, an'ana va novatorlik, pedagogikadagi yangini yaratish bosqichlari kiradi.
Ikkinchi blok - yangini idrok qilish, o'zlashtirish va baholash bloki: pedagogik hamjamiyatlar, yangini baholash va uni o'zlashtirish jarayonlarining rang-barangligi, pedagogikadagi konservatorlik va novatorlik, innovatsiya muhiti, pedagogik jamiyatlarning yangini idrok etish va baholashga tayyorligi.
Uchinchi blok - yangidan foydalanish va uni joriy etish bloki, ya'ni yangini tadbiq etish, foydalanish va keng joriy etish qonuniyatlari va turlaridir. M.M.Potashnikning innovatsiya jarayonlari talqinlari kishi e'tiborini o'ziga tortadi. U innovatsiya jarayonining quyidagi tuzilmasini beradi:

  • faoliyat tuzilmasi - motiv - maqsad - vazifa - mazmun - shakl -metodlar - metodika komponentlari yig’indisi;

  • sub’ektiv tuzilma-innovatsion faoliyat sub’ektlarining xalqaro, mintaqaviy, tuman, shahar va boshqa sathjari;

  • sathiy tuzilma-innovatsion faoliyat sub’ektlarining xalqaro, mintaqaviy, tuman, shahar va boshqa sathlari;

  • mazmun tuzilmasi - o’quv-tarbiyaviy ishlar, boshqaruv (va b.)da yangilikning paydo bo'lishi, ishlab chiqilishi va o'zlashtirilishi;

  • bosqichlilikka asoslangan hayot davriylik tuzilmasi - yangilikning paydo bo'lishi - ildam o'sish - etuklik - o'zlashtirish - diffuziya (singib ketish, tarqalish) - boyish (to'yinish) - qoloqlik - inqiroz — irradiasiya(aldanish) — zamonaviylashtirish;

  • boshqaruv tuzilmasi - boshqaruv harakatlarining 4 ta turining o'zaro aloqasi: rejalantirish - tashkil etish - rahbarlik qilish - nazorat qilish;

  • tashkiliy tuzilma - diagnostik, oldindan ega bilish, sof tashkiliy, amaliy, umumlashtiruvchi, tatbiq etuvchi.

  • Innovatsiya jarayoni tarkibiy tuzilmalar va qonuniyatlarni qamrab olgan tizimdan iboratdir.


Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə