Mavzu: pedagogika fanining predmeti va tadqiqot metodlari asosiy savollar



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə95/128
tarix19.10.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#128211
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   128
Umumiy pedagogika majmua

Asosiy adabiyotlar


1.Turdiev N.SH., Asadov YU.M., Akbarova S.N., Temirov D.SH. Umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarning kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari. //O‘quvuslubiy qo‘llanma.(I-qism). Toshkent, 2015. - 160 b; B. 5-6 b.
2.A.A.Abduqodirov, R.Ishmuxamedov, A.Pardaev. Ta’limda innovatsion texnologiyalar (ta’lim muassasalari pedagog-o‘qituvchilari uchun amaliy tavsiyalar).-T.: Iste’dod, 2008.-180 bet.

  1. Pedagogika. // M.Toxtaxodjaevaning umumiy tahriri ostida. – T.: O’zbekiston Faylasuflari Milliy jamiyati, 2010.

  2. Ibragimov X.I.., Abdullayeva Sh.A. Pedagogika nazariyasi. - T.: “Fan va texnologiyalar” nashriyoti, 2008.

  3. Yuzlikayeva E., Axmedova M., Qurbonova G., Sh.Tashmetova. Umumiy pedagogika. – T.: TDPU, 2012.

  4. Yuzlikaeva E., Madyarova S., Yanbarisova E., I.Morxova. Teoriya i praktika obhey pedagogiki. – T.: TGPU, 2014.

  5. Leadership guide.Senior leaders, subject leaders and teachers in secondary schools.

Qo’shimcha adabiyotlar

  1. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi – inson manfaatlarini ta’minlash taraqqiyoti va xalq faravonligining garovi. “O’zbekiston”. 2017

  2. Xasanboev J, To’rakulov X., Xaydarov M., Hasanboeva O. Pedagogika fanidan izohli lug’at. – T.: Fan va texnologiya, 2008 .

Elektron ta’lim resurslari

  1. www. tdpu. uz

  2. www. pedagog. uz

  3. www. Ziyonet. Uz

10-MAVZU: ELEKTRON PEDAGOGIKA VA UNING O`ZIGAXOS XUSUSIYATLARI
Reja:
1.Ta’limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish
2. Pedagogik dasturiy vositalar tushunchasi.
3 Pedagogik faoliyatda amaliy va pedagogik dasturiyvositalardan foydalanish
1.Ta’limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish.
Texnologiyaning rivojlanishi bilan texnik vositalardan foydalanib o‘qitish uchun birgina kompyuterning mavjudligi kifoya bo‘lib qoldi. Avvallari televizor, videomagnitofon, kinoproyektor, diaproyektor va boshqalar bajargan funksiyalarni kompyuter muvaffaqiyat bilan o‘z zimmasiga oldi.Qolaversa, axborotni uzatish, saqlash, tasvirlash sifati sezilarli darajada ortdi.
Hozirgi kunga kelib, kompyuter savodxonligi madaniyatning muhim belgisiga aylanib ulgurdi, kelajakdaesa u har bir insonga qayerda, qaysi uchastkada ishlamasin zaruratga aylanadi. Demak, kompyuter ishi, kompyuterdan foydalanishga o‘rgatish eng yaqin vaqt ichida umumiy ishga aylanishi shubhasiz.

  • Zamonaviy axborot texnologiyalarining vositalari qatoriga: kompyuter, skaner, videoko‘z, videokamera,LCD proyektor, interaktiv elektron doska, faks modem, telefon, elektron pochta,multimedia vositalari, Internet va Intranet tarmoqalari, mobil aloqa tizimlari, ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari, sun’iy intelekt tizimlarini kiritish mumkin.

  • Axborot texnologiyasi vositalari muayyan amallarni ongli va rejali amalga oshirishda o‘zlashtiriladi. Bu jarayon quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • kompyuter,shuningdek, printer, modem, mikrofon va ovoz eshittirish qurilmasi, skaner, raqamli videokamera, multimedia proyektori,chizish plansheti, musiqali klaviatura kabilar hamda ularning dasturiy ta’minoti;  uskunaviy dasturiy ta’minot;

  • virtual matn konstruktorlari, multiplikatsiyalar, musiqalar,fizik modellar, geografik haritalar, ekran protsessorlari va x.k.;

  • axborotlar majmui-ma’lumotnomalar, ensiklopediyalar, virtual muzeylar va x.k.;

  • texnik ko‘nikmalar trenajyorlari (tugmachalar majmuidan tugmachalarga qaramasdanma’lumot kiritish, dasturiy vositalarni dastlabki o‘zlashtirish va x.k.).

Hozirgi kunda kompyuterlar ta’lim tizimida asosan to‘rt yo‘nalishda:
-o‘rganishobyekti sifatida;
-o‘qitishning texnik vositalari sifatida;
-ta’limni boshqarishda;
-ilmiy-pedagogik izlanishlarda foydalanilmoqda
Аxborot texnologiyalari vositalarining markazida turuvchisi kompyuterdir. O‘quv-tarbiya jarayonida kompyuterlar asosan to‘rt tartibda: passiv qo‘llash – kompyuteroddiy hisoblagich kabi;
reaktiv muloqat – kompyuter imtihon oluvchi sifatida; faolmuloqat– kompyuter talabaga yo‘l – yo‘riq berish va imtihon olishda;

interfaol muloqat – kompyuter sun’iyintellekt sifatida, ya’ni talaba bilan muloqat qilishda

foydalaniladi.


Ta’limda zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etilishi: fan sohalarini axborotlashtirishni; o‘quv faoliyatni intellektuallashtirishni; integratsiya jarayonlarinichuqurlashtirishni; ta’lim tizimi infratuzilmasi va uni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishga olib keladi.

  • Pedagogik ta’lim jarayonlarini zamonaviy axborot texnologiyalari asosida samarali tashkil etish:

  • masofaviy o‘quv kurslarini va elektron adabiyotlarni yaratuvchi jamoaga pedagoglar,kompyuter dasturchilar, tegishli mutaxassislarning birlashuvini;  pedagoglar o‘rtasidavazifalarning taqsimlanishini; ta’lim jarayonini tashkil qilishni takomillashtirish ва педагогик фаолиятнинг самарадорлигини мониторинг этишни тақозо этади.


Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə