Mavzu: pedagogika fanining predmeti va tadqiqot metodlari asosiy savollar


Boʻlajak oʻqituvshi tarbiyachi sifatidagi faoliyatida quyidagi jarayonlarni bilishi lozim



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə94/128
tarix19.10.2023
ölçüsü1,88 Mb.
#128211
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   128
Umumiy pedagogika majmua

Boʻlajak oʻqituvshi tarbiyachi sifatidagi faoliyatida quyidagi jarayonlarni bilishi lozim:

  1. Tarbiya muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama rivojlantirish,uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni boʻlib, har qanday toʻzum va zamonda ijtimoiy munosabatlar mazmunini aniqlash, ularni tashkil etish asosi boʻlib kelgan.

  2. Yosh avlod tarbiyasi turli makon va zamonda muayyan maqsad asosida tashkil etiladi. Ijtimoiy tarbiyani yoʻlga qoʻyish jarayonida bir qator vazifalar hal etiladi. Tarbiyaning maqsad va vazifalari ijtimoiy tuzum mohiyati, taraqqiyot darajasi, ijtimoiy munosabatlar mazmuni, shuningdek, jamiyat fuqarolarining dunyoqarashi, intilishlari, orzu-niyatlari asosida belgilanadi.

  3. Tarbiya jarayoninig xususiyatlarini chuqur anglash va ularni inobatga olgan holda tarbiyani tashkil etish oldinga qoʻyilganmaqsadga erishish, shuningdek, belgilangan vazifalarni ijobiy hal etish imkoniyatini beradi.

  4. Boʻlajak mutaxassis pedagogik texnologiyaga old bilimlar bilan bir qatorda tarbiya texnologiyasiga oid bilimlarga ham ega boʻlishi shart: oʻqituvchi xatti-harakatlarming algoritmi, tarbiyalash shakllarini bilishi, har qanday tarbiyalash metodini amalga oshirish boʻyicha barcha operatsiyalarni mukammal bajara olishi lozim.

4.Tarbiya texnologiyalarini qo‘llashda pedagogik vositalardan foydalanish.
Hozirgi zamon fan va texnikasi jadal sur’atda rivojlanayotgan, zamonaviy axborot texnologiyalarining salmog‘i keskin oshayotgan bir davrda tarbiyachi pedagogik mahoratini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Agar, ta’lim-tarbiyanning biror sohasida ro‘y berayotgan yirik kashfiyot qariyb o‘n besh yillik samarali va kishi zo‘rg‘a ishonadigan voqea hisoblangan bo‘lsa, hozir har yili, hatto har oyda fan, texnika sohasida yangi kashfiyotlar yaratilmoqda, bilimlarning ilgari noma’lum bo‘lgan yangi yo‘nalishlari maydonga kelmoqda. Kishilarda bilimga bo‘lgan intilish beqiyos darajada o‘sib borayotir. Shuning uchun hozir kunda tarbiyachi faqat o‘z fani bo‘yicha emas, balki o‘z faniga yaqin bo‘lgan sohalardagi yangiliklarni bilishi talab etiladi.
Darhaqiqat, tarbiyachining obro‘-e’tiborini ta’minlaydigan ilk vosita uning tarbiyalanganlik darajasidir. Birinchidan, tarbiyachi ma’naviy jihatdan sog‘lom va keng fikrlay oladigan bo‘lishi, o‘zmilliy qadriyatlari, urf-odatlari va millatimizning buyuk siymolari ijodiy merosini teran bilishlari kerak. Ayniqsa, o‘zi tanlagan mutaxassislik sohasida izlanishlar olib borgan allomalarning hayoti va ijodini yaxshi bilishi hamda mantiqiy tafakkurga ega bo‘lishi lozim. Bu tarbiyachi pedagogik mahoratining shakllanib borishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, milliy an’analarimiz, urf–odatlarimiz, qadriyatlarimiz asosida davlatimizning buyuk kelajagi bo‘lmish yosh avlodni barkamol bo‘lishiga tarbiyachidan yuksak qobiliyatni va ishchanlikni talab qiladi.
Tarbiyachilik kasbining shakllanishi davomida pedagogik mahorati takomillashib boradi. U turli psixologik xususiyatlarga ega bo‘lgan tarbiyalanuvchilar bilan ta’limtarbiyaviy faoliyat olib boradi,turli ziddiyatlarga duch keladi. Bu o‘z navbatida uni tinimsiz ijod qilishga, tarbiyaning har xil vosita va usullarini topib, mohirona qo‘llashga majbur etadi. Tarbiya natijasida belgilangan maqsadga erishish uchun tarbiyachilar yillar davomida yig‘ilgan tajriba va malakalariga tayanib ishlaydi.Tarbiyachining nazariy hamda amaliy faoliyatida erishadigan barcha yutuqlari va ijobiy natijalari uning pedagogik mahoratini namoyon etuvchi asosiy vositalar hisoblanadi. Tarbiyachilar pedagogik mahoratning tarkibiy qismlarini bilishi, uning cheksiz imkoniyatlaridan foydalanishi lozim. Quyida keltirilayotgan tarbiya texnologiyalarinining asosiy tarkibiy qismlari milliy an’ana va urf-odatlarimizdan kelib chiqib, hozirgi global rivojlanish davrida yanada to‘ldirib borilishi mumkin.

  1. Nutq malakasi va texnikasini o‘zlashtirish.

  2. Tushunarli, ta’sirchan fikr va his-tuyg‘ularni so‘zda aniq ifodalash.

  3. Mimik va pantomimik harakatlardan o‘z o‘rnida foydalanish.

  4. Ma’noli va ochiq chehrali nigoh bilan qarash.

  5. Hissiy psixik va tasodifiy holatlarda o‘z his-tuyg‘ularini jilovlay olish.

  6. Turli vaziyatlarda tarbiyachiga xos bo‘lgan ijodiy kayfiyatni boshqarish.

  7. Kulgi va tabassumda samimiylikni e’tirof etish.

  8. Tarbiyalanuvchilar bilan doimo yaxshi kayfiyat va rag‘batlantiruvchi munosabatda bo‘lish.

  9. Savodli va sof adabiy tilda so‘zlash.

  10. Aniq imo-ishoralarni o‘z o‘rnida ishlata olish.

  11. Ijodiy pedagogik qobiliyatini qo‘llay bilish.

  12. Muosharat odobiga doimo rioya qilish.

Tarbiyachi barkamol avlodni tarbiyalash jarayonida ishtirok etar ekan, nafaqat ma’naviy-axloqiy madaniyati bilan atrofdagilarga o‘rnak bo‘lishi, shu bilan birga, pedagogik mahorat qirralarini namoyon eta olishi, yetuk tarbiyachi sifatida barkamol insonni tarbiyalashga, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash ishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shishi zarur.
Pedagogik mahorat – yuksak pedagogik tafakkur, ta’lim-tarbiya jarayoniga ongli,ijodiyyondashuv, metodik bilimlarni samarali qo‘llay olish qobiliyati bo‘lib, u doimiy ravishda pedagogik bilimlarni oshirib borish, o‘tmish qadriyatlari, O‘rta Osiyo mutafakkirlari ijodiy merosida yoritilgan murabbiylarni tayyorlash to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda zamonaviy axborot texnologiyalari, portal yangiliklaridan xabardor bo‘lish, ilg‘or xorijiy davlatlarning tarbiyachilar tayyorlash texnologiyalarini nazariy jihatdan o‘rganish jarayonida tarkib topadi. Yosh tarbiyachilarning shuningdek, ta’lim muassasasida bir necha yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan tarbiyachilarning pedagogik mahoratga ega bo‘lishlari o‘zlarini kasbiy jihatdan takomillashtirib borish yo‘lida bir qator shartlarga amal qilishi hisobiga rivojlanib boradi. Ularni quyidagi vositalar asosida rivojlantirish mumkin:
1.Mustaqil o‘qib-o‘rganish (pedagogika fanida ro‘y berayotgan eng so‘nggi yangiliklar haqida ma’lumotlarni beruvchi yangi adabiyotlar, Internet materiallari, portal, vaqtli matbuot sahifalarida chop etilayotgan ma’lumotlar, shuningdek, ilg‘or texnologiyalar bilan tanishib borish, ularda ilgari surilayotgan g‘oyalarni umumlashtirish, xulosalash asosida mustaqil loyihalarni tayyorlash).
2.Tajribali ustoz tarbiyachilar faoliyatini o‘rganish (ta’lim muassasasidan chetga chiqmagan holda tashkil etilib, vaqt va iqtisodiy nuqtai nazardan samarali sanaladi. Tajribali tarbiyachilar faoliyatini o‘rganish, ular tomonidan tashkil etilayotgan mashg‘ulotlarni kuzatish, tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. Bu borada olingan taassurotlarni umumlashtirish asosida xulosa chiqarish maqsadga muvofiqdir).
3.Tarbiyachi xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari va institutlarida kasbiy malaka va ko‘nikmalarini oshirish.
4.Doimiy ravishda ilmiy anjumanlar (nazariy va amaliy konferensiya hamda seminarlar, pedagogik o‘qish hamda treninglar) da faol ishtirok etish.
5.Respublika hamda rivojlangan xorijiy mamlakatlarning yetakchi ta’lim muassasalarida o‘z tajribalarini oshirish, kasbi bo‘yicha eng so‘nggi ma’lumotlarni o‘rganish.
Pedagogik mahoratga ega bo‘lish ta’lim-tarbiya samaradorligini ta’minlash garovi bo‘libgina qolmay, ayni vaqtda tarbiyachining jamoada, ijtimoiy muhitda obro‘ - e’tiborinioshiradi, tarbiyachilar orasida unga nisbatan hurmat yuzaga keladi.
Kasbiy mahoratni oshirish yo‘lida amaliy harakatlarni tashkil etish pedagogik faoliyatda yo‘l qo‘yilgan yoki qo‘yilayotgan xatolardan holi bo‘lish, tarbiyachilar, hamkasblar hamda ota-onalar bilan munosabatda muvaffaqiyatlarga erishish imkoniyatini yaratadi.
Mustaqillikdan keyin amalga oshirilayotgan ta’lim tizimidagi islohotlar tufayli ulkan o‘zgarishlar ro‘y bermoqda.Odamlarning ongi, dunyoqarashi o‘zgardi. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida namoyon bo‘lishiga erishishni nazarda tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning amalga oshirilishida, har bir fuqaroning bilim olishida, ijodiy qobiliyatini shakllantirishda, intellektual jihatdan rivojlantirishda tarbiyachining muloqot madaniyati va muomalasi muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ta’kidlash joizki, tarbiyachilik kasbiga nisbatan talab va javobgarlik ham kuchaydi, ularning jamiyat oldidagi vazifalari yanada oshdi. Buyuk ma’naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg‘unlashtirish, uni jahon andozalari darajasiga chiqarish, tarbiyalanuvchilarda mustaqil va erkin fikr yuritish ko‘nikmalarini hosil qilish kabi buyuk vazifalarga javobgarlik tarbiyachilar zimmasiga yuklatildi.

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə