Mavzu: Qobiliyat va uning rivojlanishi Reja: Kirish Qobiliyat va uning turlari to’g’risida umumiy tushuncha


Shaxsning rivoj topib, qobiliyatlarida namoyon bo’ladigan tug’ma



Yüklə 379,14 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix29.11.2023
ölçüsü379,14 Kb.
#142966
1   2   3   4   5   6   7
Qobiliyat va qobiliyatni rivojlanishi

Shaxsning rivoj topib, qobiliyatlarida namoyon bo’ladigan tug’ma 
xususiyatlari iste’dod deyiladi. 
 
Kishining iste’dod darajasini undagi muayyan qobiliyatlarning qanchalik tez 
o’sishiga, bilim va malakalarni qanchalik egallashiga hamda o’z ishini qanchalik 
muvaffaqiyat bilan va samarali bajarishiga qarab aniqlaymiz.
Qobiliyat va iste’dodda kishining aqli (intellekti) ham, ya’ni idrok va 
kuzatuvchanligining, tafakkur, xayol, nutq va xotiraning qanchalik o’sganligi ham 
ko’rinadi. Aql faoliyati diqqat va iroda bilan bog’liq bo’lgani uchun qobiliyat va 
iste’dod diqqat va irodaning qanchalik kuchli va barqarorligida ham ko’rinadi. 
Kishining qanchalik kuzatuvchan ekanligi, bilimlarni qanday o’zlashtirishi, nazariy va 
amaliy masalalarni qanday hal qilishi, qanday qimmatli yangiliklar yaratishi,va o’z 
bilim va malakalarini turmushga qanday tatbiq qila bilishidan ham, kishining qobiliyat 
va iste’dodini bilish mumkin.
Qobiliyat va iste’dodni bilim yoki ma’lumotga teng baravar deb, ya’ni u bilan 
aynan bir narsa deb qarash yaramaydi. Kishining muayyan bir xildagi qobiliyati va 
iste’dod darajasi uning ma’lum sohada bilim va ko’nikma hosil qilish tezligi darajasi 
bilan belgilanadi. Shuningdek, qobiliyat amalda qo’llay olish va ijodiyotda undan 
foydalana bilishda ham ko’rinadi. Bilim olish va ko’nikma hosil qilish esa, o’z 
navbatida, qobiliyat va iste’dodning yuzaga chiqishiga va o’sishiga sabab bo’ladi. 
Ma’lum soha yoki biror ixtisos bo’yicha faoliyat samarasi jihatidan odamlarning 
qobiliyat darajasi har xil bo’ladi. Ba’zi odamlar o’zining yuksak darajali qobiliyatlari 
bilan boshqa odamlardan ajralib turadi. Bunday odamlarning talantli va genial deyiladi, 
ularning yuksak qobiliyatini esa geneallik va talantlilik deyiladi. 
Qobiliyat odatda ishtiyoq va moyillik bilan bog’liq bo’ladi. Muayyan faoliyatga 
bo’lgan moyillik va unga bo’lgan qobiliyat, ko’pincha, bir-biriga mos keladi, 


birgalikda o’sadi. Kishidagi moyillik ko’pincha, undagi mavjud qobiliyatlarning 
ko’rsatkichi bo’ladi. 

Yüklə 379,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə