Mavzu: Qobiliyat va uning rivojlanishi Reja: Kirish Qobiliyat va uning turlari to’g’risida umumiy tushuncha


Qobiliyat va uning turlari to’g’risida umumiy tushuncha



Yüklə 379,14 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix29.11.2023
ölçüsü379,14 Kb.
#142966
1   2   3   4   5   6   7
Qobiliyat va qobiliyatni rivojlanishi

 
1.Qobiliyat va uning turlari to’g’risida umumiy tushuncha. 
Kishilar turli sohalardagi faoliyatlarida – mehnat, o’yin, o’qish va ijodiyotda biror 
narsani tez yoki sekin bajarishlari bilan bir-birlaridan farq qiladilar. Ba’zi bir odam bir 
ishni sekinlik bilan bajarsa, bir kishi tezlik bilan bajaradi. Ayrim kishilarning 
faoliyatlari samarali, serunum bo’lsa, boshqalarniki esa kam unum bo’ladi. Ba’zi 
odamlar o’z ishlarida ijodiy, orginal usullarni ko’proq qo’llansa, ba’zi bir kishilarning 
ishlarida esa bunday usullar kamroq ko’rinadi. Kishilar faoliyatining mana shu 
xususiyatiga qarab, biz ularning qobiliyatlari qandayligini aniqlab olamiz. 
Qobiliyat – kishining muayyan faoliyatiga bo’lgan layoqatidir. 
Kishilar qobiliyati nihoyatda xilma-xil bo’ladi. Har bir kasb kishidan mehnatda, 
ijodiyotda va o’qish faoliyatlarida tegishli qobiliyat talab etadi. Kishi faoliyatining har 
xil turlariga muvofiq, nazariy va amaliy qobiliyatllarni, matematika, texnika, muzika, 
adabiyot, pedagogika, ho’jalik, tashkilotchilik va boshqa sohalarga oid qobiliyat turlari 
bo’ladi. 
Inson qobiliyatining barcha turlari hamma odamlarga xosdir – har qaysi odam 
ma’lum darajada kishi faoliyatini barcha turlariga layoqatli bo’ladi, lekin, shu bilan bir 
qatorda, ko’pchilik faoliyatning bir necha sohasidan yoki hatto bir sohasida salohiyat 
ortiqroq bo’ladi. 
Biror sohada qobiliyati sezilarliroq bo’lib ko’rinadigan ayrim kishilarni 
qobiliyatli kishi (umuman) qobiliyatli matematik, qobiliyatli muzikachi, konstruktir, 
rassom va hokazo deydilar. 
Faoliyatning biror turi sohasida qobiliyatning paydo bo’lish darajasi muayyan 
kishining individual xususiyati bilan xarakterlanadi. 
Qobiliyatning bunday xususiyatlari maktab bolalarida ham ko’rinadi. Ba’zi bir 
o’quvchilar o’zlarining zehni o’tkirliklari bilan, boshqalari poetik asarlarni aniq idrok 
qilishliklari bilan, uchinchisi esa, texnik ijodkorligi bilan, to’rtinchisi esa, o’zining 
laboratoriya mashg’ulotlariga usta bo’lish va hokazolar bilan ajralib turadi.


Ayrim kishilarning qobiliyati birgina sohada emas, balki bir necha 
sohalarda yaqqol namoyon bo’ladi. Bunday kishilar har tomonlama qobiliyatli 
kishilardir. 
Odamning qobiliyatlarida tug’ma xususiyatlar ham namoyon bo’ladi.

Yüklə 379,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə