Mavzu: Qobiliyat va uning rivojlanishi Reja: Kirish Qobiliyat va uning turlari to’g’risida umumiy tushuncha


Qobiliyat va iste’dodning o’sishi



Yüklə 379,14 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix29.11.2023
ölçüsü379,14 Kb.
#142966
1   2   3   4   5   6   7
Qobiliyat va qobiliyatni rivojlanishi

Qobiliyat va iste’dodning o’sishi 
Har bir odamning qobiliyat va iste’dodi taraqqiyot mahsulidir. Insonning 
qobiliyati uning tug’ma layoqati asosida, muhitga bog’liq ravishda olayotgan ta’lim-
tarbiyasiga qarab, shuningdek kishining o’z ustida ishlashi bilan bog’liq holda o’sib, 
kamol topib boradi. Inson o’z mohiyati bilan ijtimoiy tabiiy zotdir. Shuning uchun ham 
unga xos bo’lgan barcha ruhiy holat va jarayonlar tabiiy kuchga, hayotiy kuchga 
egadir. Bu tabiiy kuchlar har bir insonga ota-onadan bevosita o’tadi va ular instinktlar, 
tug’ma layoqatlar tariqasida ijtimoiy munosabat va faoliyat jarayonida namoyon 
bo’ladi. 
Tug’ma layoqat – tayyor, kamolotga etgan qobiliyat emas, balki qobiliyatning 
o’sishi uchun faqat tabiiy zamindir, u kelgusida qobiliyatga aylanmog’i mumkin. 
Bunday imkoniyatlar faqat tegishli sharoit mavjud bo’lgandagina ro’yobga chiqa oladi. 
Tug’ma layoqatni irsiyat bilan aynan bir narsa deb tushunish yaramaydi. 
Layoqat irsiyat natijasigina bo’lib qolmay, balki, shu bilan birga ona xomilasida o’sish 
natijasi hamdir. Layoqat – kishidagi tug’ma imkoniyatdir. 
Layoqat kishining butun umri davomida o’zicha o’sib, kamolotga etmaydi. 
Layoqat hali kishida «mudrab yotgan» imkoniyatlardir. Bu layoqatning «uyg’onib» 
yuzaga chiqishi uchun tegishli ijtimoiy muhit ham bo’lmog’i lozim. Layoqatni xuddi 


uruqqa o’xshatish mumkin, urug’dan o’simlik ko’karib chiqishi, etilib meva qilishi 
uchun qulay sharoit: tuproq , havo, quyoshning bo’lishi darkor. Kishidagi tug’ma 
layoqatning o’sib kamol topishi uchun zarur bo’lgan sharoitning asosi ijtimoiy 
muhitdir. 
Ijtimoiy muhit layoqatlarning o’sib, kamol topishi uchun qulay yoki noqulay 
bo’lmog’i mumkin. 
Qulay muhit kishidagi «mudrab yotgan» layoqatlarni uyg’otadi. Layoqatning 
o’smog’i uchun qulay sharoit bo’lishi kishining bolalik chog’larida ayniqsa muhimdir. 
Bolalar o’z o’yinlarida, odatda, kattalarga taqlid qiladilar. Taqlid qilish jarayonida 
bolalarda ma’lum bir layoqatlar dastlab uyg’ona boshlaydi. Muzikachilar, rassom yoki 
shoirlar, texnik xodimlar muhitida o’sgan bolalarning ko’pchiligida layoqatning juda 
barvaqt uyg’onishi sababi ko’proq mana shundadir. 
Noqulay ijtimoiy muhit sharoitida kishidagi tug’ma layoqatlarning 
«uyg’onmay» qolib ketishi mumkin. Bunday noqulay muhit kishida tasodifiy ravishda 
ko’rina boshlagan biron qobiliyat va iste’dod alomatlarini yo’qotib yuborishi yoki 
ularning paydo bo’lish vaqtini cho’zib yuborishi ham mumkin. 
Milliy an’analar urf-odatlarimizning tiklanishi, milliy, umumbashariy va 
umumma’naviy qadriyatlarimizni hayotimizga tatbiq etilishi xalqimizning turmush 
sharoitini o’zgarishiga olib keldi. Jamiyatimiz uchun bilimdon, fidokor, iste’dodli 
yoshlarni tarbiyalash imkoniyati yaratildi. O’zbek xalqi yuksak aql-zakovatga dunyoni 
boshqarish qudrati, salohiyati, qobiliyatiga ega bo’lgan sohibqiron Amir Temur kabi 
sarkardalar, Al-Buxoriy, At-Termiziy, Bahovuddin Naqshband, Xo’ja Ahmad 
Yassaviy kabi ulug’ muhandis majtahid ulamolari, Abu NasrForobiy, Abu Rayhon 
Beruniy, Ibn Sino kabi qomusiy olimlari bilan birgalikda Ul-Umaviy, Hofiz Sheroziy 
kabi musiqashunos olimlari, Nizomiy Ganjaviy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, 
Ulug’bek kabi mutafakkirlari bilanfaxrlanib qolmay, ularning ishlarini davom etishiga, 
fan sohasida yangiliklar yaratishga ham qodirdirlar.
Shuningdek, mamlakatimizda nomlari jahon fani tarixiga kirgan olimlarimiz 
ko’plab topiladi. Bizda madaniy saviyani oshirish, xalqimiz orasida ko’plab bunyodga 
kelgan talant va salohiyatlarni kamol toptirish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. 


Iste’dodning o’sib kamol topishi uchun faqat muhit ta’sirining bir o’zi kifoya 
qilmaydi. Bunda eng muhim narsa ta’lim va mahsus tarbiyadir. Qobiliyat ta’lim 
jarayonida, bilimlarni o’zlashtirish jarayonida, bilimlarning ijodiy qo’llanishida, 
tegishli ko’nikma va malakalar hosil qilish jarayonida, inson faoliyatida kamol topadi. 
Masalan, muzikachi bo’lish uchun tabiiy qobiliyat va qulay sharoit bo’lishining o’zi 
kifoya qilmaydi, balki o’qish, muzika nazariyasini o’rganish, texnikani va mahsus 
fanlarni bilish kerak bo’ladi. Yaxshi uchuvchi, injener, umuman qanday bo’lmasin har 
bir sohada mutaxassis bo’lish uchun tegishli ma’lumot va tarbiya olishi kerak. 
Ta’lim jarayonida kishi mahsus ko’nikmalar va faoliyat texnikasini egallaydiki, 
ularsiz uning na iste’dodi yuzaga chiqadi va na qobiliyati o’sib etiladi. «Men 
foydalangan texnikaning rivojlanganligi soyasidagina – deb yozgan edi A.N.Rimskiy 
Korsakov, - mening ijodiyotim yangi jonli kuchga ega bo’ladi va mening bundan 
buyon ijodiy faoliyatim uchun yo’l ochildi». 
Ma’lumki, barcha yuksak iste’dodli kishilar ko’p va tirishib o’qiganlar. Iste’dod 
ayni ta’lim-tarbiya jarayonida, kishining tarkib topayotgan qobiliyatlarida ravshanroq 
ko’rina boshlaydi. Chunonchi, kishining, masalan, muzika, adabiyot, texnika, 
matematika va boshqa shu kabilarga bo’lgan iste’dodi ta’lim-tarbiya jarayonida oshkor 
bo’ladi. 
Qulay sharoit, o’qitish va tarbiya odamdagi layoqatning barvaqt uyg’onishiga 
imkon beradi. Masalan, Rimskiy-Korsakov onasi kuylagan kuylarni ikki yoshdanoq, 
otasi pianinoda chalgan kuylarni to’rt yoshida takrorlar, xirgoyi qilar edi va otasidan 
eshitgan kichik muzika asarlarini tez kunda fortepianoda o’zi chala boshlagan. Motsart 
uch yoshdan boshlab klavesinani (pianinoga o’xshash muzika asbobini) chala 
boshlagan, eshitgan muzika asarlarini hayron qolarli darajada darrov esida qoldirgan. 
To’rt yoshida o’zi ham muzika asarlari yarata boshlagan. Gaydida to’rt yoshidayoq 
muzikaga bo’lgan qobiliyat ko’rina boshlagan. Prokofev sakkiz yoshida kompozitor 
bo’lib tanila boshlagan. 
Rassomlik sohasida Rafaelning ijodiy qobiliyati sakkiz yoshida, Mikelanjeloda 
o’n uch yoshida, I.E.Repin bilan V.A.Serovda to’rt yoshida, V.I.Surikovda olti yoshida 
ko’rina boshlagan. Aleksandr Ivanov o’n bir yoshidayoq tasviriy san’at 


Akademiyasiga kirgan. Igor Grabar o’zi haqida: «Rassomlikka necha yoshda havas 
qo’yganligimni eslay olmayman, ammo rasm solmagan vaqtimni xotirlay olmayman», 
deydi. 
Poeziya sohasida Pushkin va Lermontovlarning ijodiy qobiliyatlari juda erta 
ko’rina boshlagan. Pushkin to’qqiz yoshida Lermontov o’n yoshida, A.Navoiy 5 
yoshida ijod qila boshlagan. Ularning 7-13 yoshlaridayoq asarlari bosilib chiqa 
boshlagan. Bayron bilan Shiller o’n olti yoshda yoza boshlagan.
Bizning maktablarimizdagi ta’lim-tarbiya ishlari bolalarga faqat bilim berish 
bilangina cheklanib qolmay, balki bolalarning barcha qobiliyatlarini o’stirishni nazarda 
tutgan holda olib boriladi. 
Kishilar o’zidagi turli faoliyatlarga bo’lgan tug’ma layoqatlarini jamoada, o’z 
ustida tinmay ishlash jarayonida ro’yobga chiqaradilar. Maktablardagi sinf hamda 
jamoa, guruhlar, ilmiy to’garaklar, fan olimpiadalariga ishtirok etish, ilmiy 
anjumanlarga ishtirok etish tug’ma layoqatlarni qulay imkoniyatlaridir. Shuningdek, 
o’quv va mehnat faoliyatida odamning layoqatlari uyg’onadi va qobiliyatlari o’sadi, 
xalq talantlari shular jarayonida oshkor bo’ladi. 
Har bir shaxsning o’zi aktiv xarakat qilgandagina ijtimoiy muhit, o’qish va 
tarbiya kishining layoqatini uyg’otmog’i va iste’dod hamda qobiliyatlarini o’stirmog’i 
mumkin. Kishining qobiliyatlari uning faoliyatini belgilabgina qolmay, balki kishining 
qobiliyatlari mana shu faoliyatda o’sadi va tarkib topadi. 
Kishining o’z faoliyatiga qanday munosabatda bo’lishi katta ahamiyatga egadir. 
Agar kishi o’z ishini sevib, mehr bilan qilsa, u vaqtda kishining bu sohadagi 
salohiyatlari kuchliroq yuzaga chiqa boshlaydi, uning qobiliyat va mahorati tezroq 
o’sib boradi. Ishga muhabbat qo’yish – u ishga qiziqish, havas qo’yish demakdir. Shu 
sababdan kishining qobiliyati uning qiziqish-havaslari bilan mustahkam bog’liq va 
qiziqishning o’sib borishiga qarab, kishi qobiliyati ham o’sib boradi. Qiziqishlar esa 
hammadan ko’ra ko’proq, faoliyat jarayonida va o’sib borayotgan qobiliyatlarga 
bog’liq ravishda o’sadi. 
Yuksak va olijanob maqsadlar kishining barcha ruhiy kuch va qobiliyatlarining 
o’sishiga katta stimul bo’lib xizmat qiladi. 


Durust, ayrim vaqtlarda kishining qobiliyati bilan havaslari bir-biriga mos 
bo’lmasligi ham mumkin, masalan, kishi ma’lum bir sohada qobiliyat ko’rsatadi, ayni 
vaqtda boshqa bir sohaga ham qiziqadi. Bunday hodisa ko’proq kishining qobiliyatlari 
hali to’liq tarkib topib etmagan va oshkor bo’lmagan davrlarda uchraydi. 
Qobiliyatning o’sishida mayyan faoliyatga qiziqish va muhabbat qo’yish bilan 
bir qatorda, kishi o’z ustida ishlashi, uning mehnat faoliyati hamda bilimlari, ko’nikma 
va malakalarini ijodiy ravishda – qo’llana olishi ham katta ahamiyatga egadir. 
Ayrim kishilar bolalik va o’quvchilik chog’larida, ular uchun qulay sharoit 
bo’lishiga qaramay, hech qanday o’z zehni va qobiliyatlarini ko’rsata olmaganliklari 
ma’lumdir. Bunday kishilar keyinchalik sabot va chidam bilan o’z ustlarida mustaqil 
ishlashlari natijasida o’zlarining zo’r qobiliyatga ega ekanliklarini ko’rsatganlar. 
Ko’p vaqtlardan beri shu narsa ma’lumki qobiliyat bilan o’zlashtirish hamma 
vaqt ham bir xil bo’lavermaydi. Masalan, Gogol Nejinskiy gimnaziyasida 
o’qiyotganida adabiyotdan «3», inshodan esa «2» baho olar edi. Mendeleev 
gimnaziyada «o’rta hol» o’quvchilardan biri bo’lib hisoblanishiga qaramasdan, 
keyinroq borib genial olim bo’lib etishdi. A’lochi bo’lib o’qiganlardan ko’pchiligining 
oddiy xizmatchi bo’lib qolganligi ham sir emas. 
Moskva matematika maktabiga asos solgan, hozirgi zamon matematikasida 
yangi oqim yaratgan atoqli olim, akademik Luzin maktabda o’qigan davrlarida 
matematika fanidan «2» bahoga o’qir edi, uyda matematikadan yordamchi o’qituvchi 
bilan tayyorlanar edi. O’sha o’qituvchining so’ziga qaraganda, Luzin fanga tamoman 
layoqatsiz edi. 
Taniqli kinorejissyor S.M.Eyzenshteyn maktabda o’qigan vaqtida rasm darsidan 
faqat «3» baho olib o’qir edi. Lekin keyinchalik u o’z ustida tinimsiz ishlashi natijasida 
kinematografiya san’ati sohasida talantini ko’rsatdi. 
Mashhur kishilar hayotini olib qarasak, ular ijodiyotida eng muhim o’rinni 
ishg’ol qilgan narsa ularning tinimsiz ishlash qobiliyatiga ega bo’lganliklari, 
belgilangan maqsad yo’lida oylab, yillab, o’n yillab ishlay bilishlari va charchamay 
unga erishish yo’llarini izlashlari bo’lgandir. 


Ma’lumki, maktabdagi o’quvchilar orasida darslardan ulgurmaydigan bolalar 
ham uchraydi. Bunday o’quvchilarning darslardan ulgurmasdan orqada qolish sababini 
sinchiklab tekshirish shuni ko’rsatadiki, ularda o’qishga moyillik bo’lmaydi yoki ular 
dars tayyorlash yo’llarini bilmaydilar. Tajriba shuni ko’rsatadiki, ularda o’qishga 
bo’lgan qiziqish va istak tug’dirish, shuningdek, ularda dars tayyorlash malakasini 
hosil qilish ularning darsdan ulgurib borishlariga imkoniyat beradi. 
Shuning uchun ta’lim-tarbiya jarayonida har bir pedagog o’quvchilarga 
muayyan fanlardan bilimlar berish, malaka hosil qilish, ularning his va irodasiga ta’sir 
etish bilan bir qatorda, ularning har birini jamiyatning munosib quruvchilari bo’lib 
etishishlari uchun tinmay o’z ustilarida ishlash lozim ekanligini ular ongiga singdirish 
kerak. 
O’quvchilarning kelajak mehnat faoliyatlaridagi muvaffaqiyatlari faqat ularning 
maktabda oladigan bilim va malakalariga bog’liq bo’lmay, balki, asosan, o’zlarining 
bundan keyingi o’z ustilarida tinimsiz ishlashlari orqali yangi bilimlar hosil qilib 
borishlariga bog’liq ekanligini ularga uqtirib o’tish zarurdir. 
Kishining qobiliyat va iste’dodi mehnatda namoyon bo’ladi, shu bilan birga 
kishi qobiliyatining o’zi ham faqat sabot bilan mehnat qilish, tirishib tegishli bilim va 
malaka hosil qilish orqali kamol topadi. Bizga ma’lumki, odamning umri butunlay 
uzluksiz tovushlar dunyosining ta’siri ostida o’tadi, qushlar, hayvonlar, odamlar ovozi, 
musiqa ohanglari, texnika vositalarining tovushi – bularning barchasi odamning 
eshitish organiga ta’sir qiladi va tovush sifatida qabul qilinadi. 
Eshitish va nutq bir-biri bilan chambarchas bog’liqdir, chunki bola nutqining 
rivojlanishi uchun uning eshitish organining qobiliyati normal bo’lishi kerak, ya’ni u 
eshitgan so’zlarini takrorlaydi, natijada uning nutqi rivojlanadi. Bola tug’ilishdanoq 
eshitish organining ish faoliyati buzilgan bo’lsa, u tovushni eshitmaydi, natijada 
aytilgan so’zlarni takrorlay olmaydi, ya’ni uning nutqi rivojlanmaydi. Shuning uchun 
ham tug’ma karlar gung ham bo’ladi. Shuningdek, eshitish qobiliyati past bo’lgan 
odamning nutqi ham yaxshi rivojlanmaydi. 
Eshitishning ahamiyati yana shundan iboratki, odam hayotidagi ba’zi 
voqealarni ko’rgandagiga nisbatan ularning mazmunini eshitganida to’laroq tushuncha 


oladi. Masalan, odam biror spektakl mazmunini radioda eshitganida to’laroq 
tushunchaga ega bo’ladi.
Binobarin eshitish organining faoliyati normal bo’lishi avvalo har bir odamda 
bolaligidan boshlab nutq paydo bo’lishi va rivojlanishiga imkon beradi. Bolaning 
keyingi hayoti davrida esa eshitish va nutqning birgalikda rivojlanishi uning 
tarbiyanishida, musiqa san’atini tushunishida va barcha ruhiy faoliyatning 
shakllanishida muhim rol o’ynaydi.
Qulog’i turli darajada og’ir bolalar uchun ham ta’lim berishning alohida 
metodlari zarurdir. Ularni qulog’i yaxshi eshitmaydigan bolalar uchun ochilgan 
maxsus maktablarga yuboriladi. Qulog’i yaxshi eshitmaydigan bolalar maxsus 
maktablarda o’qishlari kerak. Garanglik darajasi pastroq bo’lgan bolalar ta’lim olishni 
ko’pincha ommaviy maktabda boshlaydilar va bu maktabda uzoq vaqt muvaffaqiyatli 
o’qiy olmaganlaridan keyingina qulog’i yaxshi eshitmaydigan bollar uchun 
mo’ljallangan maxsus maktablarga o’tkazadilar. 
Garanglikning еngil darajasi, gapirilganda ovozni quloqdan 6-8 metr masofada, 
pichirlab gapirilganda 3-6 metr masofada eshitish, faranglikning mo’tadil darajasi – 
ovoz chiqarib aytilgan gapni quloq suprasidan 4-6 metr va pichirlab aytilgan gapni 1-
3 metr masofada, garanglikning yuqori darajasi – ovoz chiqarib aytilgan gapni quloq 
suprasidan 2-4 metr va pichirlashni 1 metr masofada, garanglikning og’ir darajasi – 
ovoz chiqarib aytilgan gapni quloq suprasidan 2 metrgacha va pichirlashni 0,5 
metrgacha masofadan eshitadi. Qulog’I og’ir bolalarning eshitishdagi nuqson 
darajasinigina bilib qolmay, balki yaxshi eshitmay qolish qachondan boshlanganini 
ham hisobga olish juda ham muhimdir.
Bolalarda nutq buzilishini yuzaga keltiruvchi sabablar ichida tashqi (ekzogen) 
va ichki (endogen) omillar, shuningdek, atrof-muhitning tashqi sharoitlari farq qilinadi. 
Nutqiy nuqsonning turli sabablarini ko’rib chiqishda evolyutsion dinamik 
yondashiladi. Bu nuqsonning yuzaga kelishi jarayonini tahlil qilishdan anomal 
rivojlanishning umumiy qonuniyatlarini va har bir yosh davrida nutqning rivojlanish 
qonuniyatlarini hisobga olishdan iboratdir. Shuningdek, bolaning tevarak-atrofdagi 
sharoitni alohida o’rganish talab qilinadi. 


Psixik (shu bilan birga nutqiy) jarayonlarning shakllanishida biologic-ijtimoiy 
jarayonlarning birligi prinsipi – nutqiy sistemaning rivojlanishiga – nutqiy muhit, 
muomala, emotsional aloqa va boshqa faktorlarning ta’sirini aniqlash imkonini beradi. 
eshitishi normal bo’lgan bolaning kar-saqov ota-ona qo’lida tarbiyalanishi, surunkali 
kasal bo’lib tez-tez kasalxonalarda davolanuvchi bolalarda nutqning rivojlanmay 
qolishi, oilada uzoq vaqt davom etuvchi ruhiy shikastlanish va ikki tillilik – bolada 
duduqlanishning yuzaga kelishiga sabab bo’lishi, nuqtiy muhitning nutq rivojlanishiga 
salbiy ta’sir ko’rsatishiga misol bo’ladi.
Bolalardagi nutqiy nuqsonlarning asosiy sabablari: 
1. Embrion rivojlanish davridagi turli xil patalogiyalar. 
2. Homiladorlik vaqtidagi toksikozlar, virusli va endokrin kasalliklar, 
jarohatlar, qonning rezus-faktorga mos kelmasligi. 
3. Tug’ruq vaqtidagi shikastlanish va asfiksiya. 
4. Bola rivojlanishining birinchi yilidagi bosh miya kasalliklari (meningit, 
ensefalit). 
5. Miyaning chayqalishi bilan birga sodir bo’ladigan bosh miya jarohatlari. 
6. Nasliy faktorlar. Bunday hollarda nutq buzilishlari umumiy nerv sistemasi 
buzilishlarining bir qismini tashkil etib, intellektual va 
harakat kamchiliklari bilan birga kuzatiladi. 
7. Ijtimoiy-maishiy sharoitning yomonligi. Bu holat mikroijtimoiy 
qarovsizlikka, vegetativ disfunksiyaga, emosional-irodaviy muhitning buzilishlariga 
va nutqning rivojlanmay qolishiga sabab bo’ladi. 
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan sabablar, ayrim hollarda ularning birgalikda 
qo’shilib kelishi nutqning turli tomonlarining buzilishiga sabab bo’lishi mumkin. 
Hamma nutq buzilishlari kelib chiqishiga ko’ra ikki guruhga bo’linadi: 
1. Organik xarakterdagi nutq buzilishlari. 
2. Funksional xarakterdagi nutq buzilishlar. 
Organik nutq buzilishlar o’z navbatida ma’lum joyning zararlanishiga ko’ra 
markaziy va periferik xarakterda bo’ladi. 



Yüklə 379,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə