Mavzu: Qobiliyat va uning rivojlanishi Reja: Kirish Qobiliyat va uning turlari to’g’risida umumiy tushuncha



Yüklə 379,14 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix29.11.2023
ölçüsü379,14 Kb.
#142966
1   2   3   4   5   6   7
Qobiliyat va qobiliyatni rivojlanishi

Markaziy buzilishlar: 
markaziy nerv sistemasining u yoki bu qismlarining 
buzilishi, zararlanishi natijasida kelib chiqadi. Markaziy xarakterdagi organik nutq 
buzilishlariga alaliya, afaziya, dizartriya kabi nutq kamchiliklari kiradi. 
Pereferik buzilishlar: 
artikulyatsion apparatning noto’g’ri tuzilish yoki 
buzilishi va pereferik nerv artikulyatsion organlar inervasiyasining buzilishdan kelib 
chiqadi. 
Pereferik xarakterdagi organik nutq buzilishlariga: rinolaliya, prognatiya, 
progeniya kiradi. 
Funksional buzilishlar: 
bunda nutq jarayonida ishtirok etadigan a’zolar 
tuzilishida hech qanday o’zgarishlar bo’lmaydi. Funksional xarakterdagi nutq 
buzilishlariga: dislaliya, duduqlanish kabi nutq nuqsonlari kiradi. 
Turli nutq buzilishlarining rivojlanishini oldidan aniqlash katta ahamiyatga 
egadir. Agarda nutqiy nuqson bolaning maktabga kelgan vaqtida ilk bor aniqlansa, u 
holda uni tuzatish qiyinchiliklari kuzatilib, o’zlashtirishga salbiy ta’sir ko’rsatadi. 
Agarda bolaning nutq nuqsoni maktabgacha yoki yasli yoshida aniqlansa, tibbiy va 
pedagogik tuzatish maktabda to’laqonli ta’lim olish imkonini beradi. 
Rivojlanishida kamchiliklar bo’lgan bolalarni erta aniqlash ishlari birinchi 
navbatda “oilaviy muhiti yaxshi bo’lmagan” oilada o’tkaziladi. Bunda oilalarga 
quyidagilar kiradi: 
1. U yoki bu nuqsonga ega bo’lgan bola bor oila. 
2. Ota-onalarning birida yoki ikkalasida fiziologik eshitishi buzilgan, aqli 
zaiflik, shizofreniya kasalliga bor oilalar. 
3. Homiladorlik vaqtida yuqumli kasalliklar, og’ir taksikoz o’tkazgan ayolning 
bolalari. 
4. Tug’riq vaqtida asfeksiya jarohati yoki neyroinfeksiyani boshidan kechirgan, 
hayotning birinchi oylarida bosh miya jarohatlari olgan bor oilalar. 
Xulosa 
Eshitish va intellekti normada bo’lgan bolalarda nutqning to’liq 
rivojlanmaganligi deganda nutq anomaliyasining shunday formasi tushuniladiki, 


bunda nutq barcha komponentlarining shakllanishi (nutqning fonetik-fonematik, leksik 
va grammatik tomoni) buzilgan bo’ladi. 
Nutqning to’liq rivojlanmaganligini R.Ye.Levina (1961) uch daraja bilan 
belgilaydi: nutqiy aloqa vositalarining umuman yo’q bo’lishidan to fonetik-fonematik 
va leksik-grammatik jihatdan rivojlanmaganlik elimentlariga ega bo’lgan mukammal 
nutq buzilishigacha. 
Nutq rivojlanmaganligining I darajasi: 
nutqning bo’lmasligi bilan 
xarakterlanadi. Bunday bolalar nutqsiz bolalardir. 4-6 yoshdagi bunday bolalarning 
lug’at boyligi kambag’al, noaniq bo’ladi. Nutqi tovushga taqlid qilish, tovushlar 
kompleksi bilan chegaralangan bo’ladi. Narsa va hodisalarni farq qilmagan holda 
ifodalash, so’zlarning ko’p ma’noga ega bo’lmasligi xarakterli xususiyat hisoblanadi.
Tovushlar talaffuzida turg’unlik bo’lmaydi, tovushlar bir-biri bilan almashtiriladi, 
fonematik o’quv buzilgan bo’ladi. Nutq to’liq rivojlanmaganligining bu darajasiga ega 
bo’lgan bolalar uchun tovushlar analizi bo’yicha berilgan topshiriqlar tushunarsiz 
bo’ladi.
Nutq to’liq rivojlanmaganligining II darajasi:
dastlabki keng qo’llaniladigan, 
odatdagi nutqning bo’lishi bilan xarakterlanadi. Bolalar oddiy jumlalardan foydalana 
biladilar, ma’lum lug’at boyligiga ega bo’ladilar. Ular narsalar, hodisalar, alohida 
belgilar nomini ajrata oladilar. Lekin bunday bolalarda nutqning qo’pol darajada 
rivojlanmaganligi yaqqol ifodalangan bo’ladi. Ular ikki-uch so’zdan iborat gaplardan 
foydalanadilar. Lug’at boyligi shu yoshga mos keladigan normadan kam bo’ladi. 
Umumlashtiruvchi so’zlarni (mebel, kiyim, sabzavot, mevalar va boshqalarni) 
bilmasligi kuzatiladi. Harakat, belgini bildiruvchi so’zlardan foydalanishda 
qiyinchiliklar kuzatiladi, predmet nomini, rangini, shaklini, o’lchamini va boshqa 
belgilarini bilmaydilar. 
Nutqning fonetik tomoni shu yoshga mos keluvchi normadan orqada qoladi-
yu, shunday kamchilikka ega bo’lgan bolalar bo’g’inlar o’rnini almashtiradilar, 
undoshlar ketma-ket kelganda tovushni qisqartiradilar. 
Nutq to

liq rivojlanmaganligining III darajasida: 
nutqda leksik-grammatik va 
fonetik-fonematik jihatdan rivojlanmaganlik elementlari kuzatiladi. Bolalar nutqga ega 
bo’lganda kishilar bilan aloqa bog’lay oladilar, lekin buni ota-ona (tarbiyachi) 
ishtirokida, ularning muayyan tushuntirishlari yordamida bajaradilar. 


Bunday bolalar uchun erkin holda aloqada bo’lish juda qiyin. Tovushlarni 
talaffuz qilishda ularni bir-biridan ajrata olmaslik, tovushlar guruhini artikulyatsiya 
jihatidan osonroq bo’lgan tovushlarga almashtirish, ba’zi hollarda tovushlarni buzib 
talaffuz qilish bolalar uchun xarakterlidir. Lug’at ham normadan orqada qolgan 
bo’ladi, lug’at boyligi analizda leksik holatlarning o’ziga xosligi ko’rinadi. 
Tekshirishda gaplarni, gaplarda so’zlarni oxirigacha gapirmaslik kabi turg’un 
grammatik xatolar kuzatiladi. Ko’pchilik hollarda ular qo’shimcha qo’shilishi bilan 
so’z ma’nosining o’zgarishini tushunib еtmaydilar. 



Yüklə 379,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə