Mavzu: Qobiliyat va uning rivojlanishi Reja: Kirish Qobiliyat va uning turlari to’g’risida umumiy tushuncha



Yüklə 379,14 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix29.11.2023
ölçüsü379,14 Kb.
#142966
1   2   3   4   5   6   7
Qobiliyat va qobiliyatni rivojlanishi

Geniallik va talantlilik haqida 
Genial yoki geniy 
deb biz shunday kishilarni aytamizki, ular nihoyatda katta 
masalalarni hal qiladilar, butun bir sinf yoki xalqlar uchun, barcha insoniyat uchun 
ahamiyatli bo’lgan, misli ko’rilmagan qimmatli narsalar yaratadilar. Bunda ular 
yaratgan narsalar tarixda go’yo burilish nuqtasi bo’lib xizmat qiladi, tarixni oldinga 
progressiv tomon harakatga keltiruvchi madad bo’lib xizmat qiladi. Masalan, biz 
Alisher Navoiyning genial shoir deb hisoblaymiz chunki, u shunday asarlar yaratdiki, 
uning asarlari dunyodga kelishi bilan o’zbek adabiyotida o’zbek tili taraqqiyotida yangi 
bir davr boshlandi.
Talantli 
deb shunday odamlarni aytiladiki, ular ma’lum sohada murakab nazariy 
va amaliy masalalarni hal qilishga, yangilik va progressiv ahamiyatga ega bo’lgan 
qimmatli narsalar yaratishga qodir bo’ladilar. Talantli odam, talantli yozuvchi va 
talantli shoir, talantli rassom, talantli konstruktir deganda biz buni ana shu ma’noda 
tushunamiz. 
Talantli deb shuningdek, bilimlarni tez, muvaffaqiyat bilan o’zlashtirib oladigan 
va shu bilimlarni turmushda, o’z faoliyatlarida to’g’ri tatbiq qiladigan odamlarni ham 
aytiladi. Talantli o’quvchi, talantli student, talantli skripkachi va talantli pianist, talantli 
injener deganda biz buni ana shu ma’noda tushunamiz.
Geniy – bu yangilik yaratuvchi va kashf qiluvchi odam, talantli deb, bu 
yangiliklarni tez o’zlashtirib oladigan va shu bilimlarni turmushda tatbiq qilib, ularni 
oldinga suradigan odam deyish mumkin. Har bir geniy talantli ham bo’ladi, biroq har 
bir talantli odamni genial deb bo’lmaydi.
Genial va talantli odamlarning aql-idroki nihoyat o’sib, voyaga etgan, zehni 
o’tkir, xotirasi kuchli, xayol va tafakkuri barkamol kishilar bo’ladi. Ammo geniallik va 
talantlilik faqat aqlning kuchli sur’atda o’sganligidagina ko’rinib qolmaydi. Kuchli, 
barqaror diqqat, zo’r ehtiros, kuchli va mustahkam iroda ham yuksak qobiliyat va 
iste’dod belgisidir. Hamma genial odamlarning o’z ishiga muhabbati va ehtirosi zo’r 
bo’lgandir. Genial odam o’zini ham unitib, butun borligini ishga bag’ishladi. Butun 


hayotini o’z ishiga ehtiros bilan bag’ishlagan genial kishilarning irodasi nihoyat kuchli 
va sabotli bo’ladi. Ular kishini hayratda qoldiradigan darajada mehnatsevar va mehnat 
qobiliyatiga ega bo’ladilar. 
Bunday kishilar faoliyatining serunum bo’lishi ulardagi butun bilish 
qobiliyatlarini, ijodiy, emotsional va iroda kuchlarini ma’lum narsaga to’play bilish 
qobiliyatlariga bog’liqdir. 
Talantli va genial kishilarning juda ko’pi har tomonlama qobiliyatli bo’lganlar. 
Chunonchi, Aristotel , Leonardo da Vinchi, Lomonosovlar, Abu Ali Ibn Sino
M.Ulug’bek, Al-Forobiy, Qori Niyoziy, Navoiy, Usmon Nosir va boshqalar mana 
shunday bo’lganlar. 
Tarixda bunday kishilarni ko’plab uchratish mumkin. Ular ulug’ tashkilotchi va 
jamoat arbobi bo’lganlar. 

Yüklə 379,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə