Мавзу: «raqamli iqtisodiyot asoslari va kadrlar tayyorlashning asosiy yo’nalishlari»


Elektron biznes sohasidagi kompaniyalarning kapitalizatsiyasi foydalanuvchilar soniga va ular



Yüklə 59,78 Kb.
səhifə10/16
tarix08.04.2023
ölçüsü59,78 Kb.
#104718
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Elektron biznes sohasidagi kompaniyalarning kapitalizatsiyasi foydalanuvchilar soniga va ular sonining ko’payishiga bog’liq bo’lib qoladi. Bu esa kompaniyalarga sotuvdan katta miqdordagi daromad olinishlariga sabab bo’ladi. Masalan, YouTube bir kunda 100 million so’rov oladi, Facebookda esa 2 milliarddan ko’p ishtirokchilar mavjud. Huddi shu juda katta foydalanuvchilar guruhini qamrab olish nafaqat kapitalizatsiyani ko’paytiradi, balki reklamada ham katta miqdordagi mablag’ ishlab olishga sabab bo’ladi. Masalan, 2015 yilda Facebook reklamaning o’zidan 26,9 milliard dollardan ortiq mablag’ ishlab oldi. 2016 yil natijalari bo’yicha Facebookning yillik daromadi 27,6 milliard dollarni tashkil qilib, sof foyda 10,2 milliard dollarni tashkil etgan. Shunday qilib, raqamli iqtisodiyot – yangi iqtisodiy muhit bo’lib, u biznes uchun yangi va juda katta imkoniyatlar yaratib beradi.

  • Raqamli iqtisodioyt sharoitlarida raqobat kurashining tuzilishi va harakteri ham butkul o’zgarib ketadi. Aniq va ravshan qilib ta’kidlash mumkinki, raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratning yangi texnologiyalari ta’sirida biznes-modellar ham o’zgarib ketadi. Masalan, yo’lovchilar tashish bozoridagi agregator-kompaniyalar (GettTaxi, Yandex.Taxi kabilar) transport kompaniyalaring ish faoliyatiga ko’pgina o’zgarishlar kiritib, ularni iste’molchilarga ancha yaqinlashtirishga erishdilar. Oziq-ovqat yetkazib berish kompaniyalari ham sotuvchilarni iste’molchilarga yaqinlashtirb berdilar va raqobatli bozorda katta muvaffaqiyatlarga erishdilar. Bularning natijasida an’anaviy off-layn kompaniyalar o’z bizneslarini transformatsiya qilishga yohud on-laynga o’tishga majbur bo’ladilar. Bu holat esa tadbirkorlarga internetda o’z bizneslarini tashkil qilishga undaydi. Hozirgi davrda elektron tijorat kanallarining qandayligiga bog’liq ravishda AMAZON yoki OZON singari to’la on-layn kompaniyalar, ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar, eBay, AVITOlar yohud an’anaviy of-line biznesga o’z elektron tijorat kanallarini joylashtirgan savdo tarmoqlari, internet magazinlar va logistik kompaniyalar mavjud.


  • Yüklə 59,78 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə