Мавзу: «raqamli iqtisodiyot asoslari va kadrlar tayyorlashning asosiy yo’nalishlari»


Мамлакатимизда қуйидаги йўналишларда замонавий мутахассислар тайёрлашни зудлик билан йўлга қўйиш мақсадга хам, ақлга хам мувофиқ бўлган бўлар эди



Yüklə 59,78 Kb.
səhifə9/16
tarix08.04.2023
ölçüsü59,78 Kb.
#104718
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Мамлакатимизда қуйидаги йўналишларда замонавий мутахассислар тайёрлашни зудлик билан йўлга қўйиш мақсадга хам, ақлга хам мувофиқ бўлган бўлар эди (бу хакдаги тулик маълумотлар биз тайёрлаган “Ракамли иктисодиёт асослари” деб номлаган дарсликда келтирилган):


3D-texnologiya bo’yicha mutaxassislar - bu mutaxassislar ishlab chiqarish, maishiy hizmat, tibbiyot, tadbirkorlik, biznes va boshqa bir qancha sohalarda 3D-texnologiyalarni ishlatish masalalari bilan shug’ullanadilar
Bulutli texnologiyalar bo’yicha mutaxassislar - turli boshqaruv tizimlarida va iqtisodiyot sohalarda bulutli texnologiyalardan foydalanish bo’yicha faoliyat olib boradilar.
BIG DATA texnologiyalari bo’yicha mutaxassislar – hizmat ko’rsatish, boshqaruv, ishlab chiqarish, savdo kabi sohalarda big data texnologiyasining tadbiqi masala va muammolari bilan shug’ullanadilar.
Moliyaviy texnologiyalar bo’yicha mutaxassislar – moliyaning turli bo’ginlarida va sohalarida raqamli texnologiya imkoniyatlaridan foydalanish bo’yicha faoliyat olib boradilar.
Ma’lumotlar havfsizligi bo’yicha mutaxassislar – kiberjinoyatchilik borgan sari avj olib va murakkablashib ketayotganligi tufayli, kiberhavfsizlik bo’yicha mutaxassislarga bo’lgan talab ham yanada kuchayaveradi. Bu yo’nalishdagi talab etilayotgan kompetentsiyalarga etik ma'nodagi xaking va tizimga kirishni tekshirish, information havfsizlikning normativ-huquqiy bazasi va standartlarini tushunish,tizimga kirishlarni aniqlash va daf qilish, kriptografiya, bulutli hisoblashlar havfsizligini ta’minlashkabilarni misol qilib keltirishimiz mumkin.
Raqamli iqtisodiyotning asosiy ko’rsatgichlari va rivojlanishining o’ziga hos hususiyatlari:

  • Internet paydo bo’lmasdan avval mumkin bo’lmagan yangi turdagi hizmatlarning yuzaga kelishi.1990 yildan hozirgi davrgacha qadar internet tarmog’i va information texnologiyalar imkoniyatlaridan foydalanishga asoslangan bir qancha yangi mahsulotlar va hizmatlar bozorlari paydo bo’ldi. Masalan, messenjerlar, agregatorlar, internet qidiruv tizimlari, internet reklama, elektron couching, elektron ta’lim va boshqalar. Yangi turdagi hizmatlarning paydo bo’lishiga yaqqol misol bo’lib, elektron savdoni keltirishimiz mumkin. 2017 yil ma’lumotlariga ko’ra, elektron savdo Angliyada 13.6% ini, Germaniyada 13,1% ni, Rossiyada chakana savdonng 4,2% ni va Xitoyda 9.6% ni tashkil qilgan. Xitoy internet savdosining 2015 yildagi aylanmasi esa 400 millard dollar atrofida bo’lganligi qayd etilgan. Hozirgi davrda ijtimoiy tarmoqlarning ham ommaviyligi borgan sari ortib bormoqda. Jamiyatning rivojlanishi elektronbiznesning rivojlanishi va boshqarilishi uchun yangidan-yangi imkoniyatlar yaratib bermoqda. Masalan, ma’lumotlarni bulutli usulda saqlash va ularni boshqarish hizmatlari biznes uchun misli ko’rilmagan imkoniyatalar yaratib bermoqda. Endi firma va tashkilotlar ish yuritish uchun ofis maydonlari, data-markazlar talab qilmaydilar, information tizimlar yaratishga esa katta miqdordagi investitsiyalar jalb qilishning hojati qolmaydi.


  • Yüklə 59,78 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə