Mavzu: Shaxsning o’z-o’ziga baho berishi va kasbiy o’zligini anglashi. Reja: Kirish


Jinsiy differensial va jinsiy identifikatsiyalash psixologik nazariyalari



Yüklə 84,08 Kb.
səhifə3/4
tarix28.11.2023
ölçüsü84,08 Kb.
#136822
1   2   3   4
Shaxsning o’z-o’ziga baho berishi va kasbiy o’zligini anglashi. -fayllar.org

Jinsiy differensial va jinsiy identifikatsiyalash psixologik nazariyalari.Uchta alternativ nazariyalar mavjud.

Idendifikatsiya (aynan o’xshatish) nazariyasi psixoanalitik asosga ega, hissiyotlar va o’xshatish ro’lini ta’kidlayapti. Taxmin qilishicha, bola beixtiyor o’z jinsi vakillarining axloqini takrorlaydi.
Jinsiy tipazatsiya nazaryasi ijtimoiy o’rganish konsepsiyasiga tayanadi va jinsiy idenfikatsiyasini tasdiqlash harakatlari orqali tushuntiradi; ota-ona va boshqa shaxslar o’g’il bolalarni “o’g’il bola” deb hisoblanadigan fe’l-atvor uchun rag’batlantirishadi va aksincha ular o’zlarini “qiz bola” tutganda koyishadi; qizlar esa femenin axloq uchun yaxshi so’z eshitishadi, va yomon so’z – maskulin axloq uchun salbiy tasdiq olishadi. Jinsiy tipizatsiya – bu jarayon avval bola jinsiga qarab farqlanuvchi fe’l-atvor qoidalarini bajarishga kiritadi.
Avtokategorizatsiya nazaryasi kongnitiv dunyoqarash bilan bog’liq bo’lib ushbu jarayonning bilish, o’rganish jihatlarini diqqat markaziga oladi: bola dastavval jinsiy idenfikatsiyani o’zlashtiradi, o’zini “o’g’il” yoki “qiz” sifatida aniqlaydi, keyin esa o’zining shu jinsiy tegishlikka muvofiq ravishda tutishga harakat qiladi.
Maskulin – erkak jinsiy belgilarining rivojlanishi.
Feminine – ayol jinsiy belgilarining rivojlanishi.
Jinsiy rolini afzal ko’rishi – faoliyatining va axloqini jinsiga nisbatan aniqlash.

Jinsiy o’z-o’zini aniqlash – o’zini qaysi jinsga tegishli ekanligini anglash.
Ushbu nazariy qarashlar L.A.Koxlberg keltirgan quyidagi misol orqali yaxshi tushuntirib o’tilgan. Masalan, jinsiy tipizatsiya nazaryasi nuqtayi nazardan bola “Men rag’bat xoxlayman”, “Men o’g’il bola harakatlarini bajarganimda meni tan olishardi. Shuning uchun “Men o’g’il bola bo’lishni xoxlayman”. O’zini kategoriyazatsiyalash nazaryasiga muvofiq. “Men o’g’il bolaman shuning uchun men “erkak” harakatlarini qilishim kerak (Kon.I.S 1981).
Demak, bolalik davri boshida bolaning birlamchi jinsiy idenfikatsiyalashi paydo bo’ladi. Kiyim va boshqa tashqi belgilari o’zgarishi bilan jinsi o’zgarmaganligi haqida bola tushunadi. Biroq ilk bolalik davridagi bolalar o’z diqqatini jinsiy ayirmalarga kam yo’naltiradi, qachon ular xal qiladi, kim “o’g’il bola” yoki kim “qiz bola” (xususan bu bolalarning rasimlariga xos). Maktabgacha yosh davridagi 4 – yoshdan katta bolalar nafaqat atrofdagilar jinsini to’g’ri ajrata oladi va jinsiga qarab odamlarga turlicha talablar ham qo’yilishini bilishadi. Bu bolalarning o’z kelajagi haqidagi tasavvurlaridan o’rin olgan shaxsiy senariylarida aks etadi.
Kattalarnig ko’pchiligi bolalarning faolligini chegaralaydilar va bu bilan o’z nuqtayi nazariga binoan bolaning xafsiligini ta’minlashadi, shuningdek, tartib-intizom va muvofiqlik tushunchalarini birinchi o’ringa qo’yishadi. Agarda bola ularning talablariga qarshilik ko’rsatsa, ixtiloflar vujudga keladi va ular, E.Eriksonning fikricha bolada o’ziga o’z kuchiga ishonchsizlik, o’z mustaqilligiga ishonmaslik tuyg’ularining paydo bo’lishiga olib keladi. Mustaqillik va o’ziga ishonmaslik alternativasi bolalik pallasini hal qiluvchi muammosi hisoblanadi. Ushbu krizis qanday xal bo’lishi shaxsning keyingi taraqqiyotida aks etadi.
Ushbu pallaning shaxsning shakllanishidagi ahamiyatini tasvirlar ekan, R.Berne ushbu yoshda bola atrofidagilarning qo’llab-quvvatlashiga va ruhiyatini ko’tarishga ayniqsa juda muxtoj bo’lishiga alohida e’tibor qaratadi. Unda paydo bo’layotgan mustaqillik tuyg’usi shunchalik rag’batlantirilishi kerakki, kattalarning ma’n qilishi bilan bog’liq ixtiloflar bolaning ortiqcha uyatchanlik va o’z kuchida shubhalanishiga olib kelmasligi kerak. Bolada o’zining boshqarishning rivojlanishi unda ijobiy o’z-o’zini baholashining shakllanishiga ziyon keltirmasligi kerak.
4 yoshdan boshlab bolada u qanday inson bo’lishi kerakligi haqidagi tasavvurlar paydo bo’la boshlaydi. Bolaning asosiy harakat kuchi shu yoshda energiya va intilish bilan olamni o’rganish faoliyati, va uni bosh harakat qilayotgan kuchi esa qiziquvchanlik bo’ladi. Bola endi erkinlik bilan harakat qiladi va yetarli darajada nutqi rivojlanib savol beradi va qabul qilgan javoblarni idrok qiladi.
Ota-ona bolaning o’rganish faoliyatini chegaralamasligi o’ta muhimdir, eng xaflisi, E.Eriksonga ko’ra, bolada o’zining qiziquvchanlik va faollik uchun ayibdorlik his-tuyg’ulari paydo bo’lishi mumkin. Keyinchalik bu bolada tashabbuskorlik hissini yo’qolishi chiqarishi mumkin. O’z navbatida, R.Berne bolalarda ijobiy o’z-o’zini baholashni shakllantirishga harakat qilayotgan ota-onalarga bolaning faolligiga o’z munosabatini shunday bildirishni maslahat beradi; unda o’z-o’ziga nisbatan kamsitilganlik munosabati va o’zini jazolash hissi paydo bo’lmasligi zarur.
Masalan, o’ziga nisbatan o’ta qiziquvchanlik, kim ekanligini bilish va anglashga intilish ayniqsa, o’smirlik davrida rivojlanadi. Bu davrda paydo bo’ladigan «kattalik» hissi qizlarda ham, o’smir yigitchalarda ham nafaqat o’ziga, balki o’zgalar bilan bo’ladigan munosabatlarini ham belgilaydi. Qizlardagi «Men» obrazining yaxshi va ijobiy bo’lishi ko’proq bu obrazning ayollik sifatlarini o’zida mujassam eta olishi, ayollik xislatlarining o’zida ayni paytda mavjudligiga bog’liq bo’lsa, yigitlardagi obraz ko’proq jismonan barkamollik mezonlari bilan nechog’li uyg’un ekanligiga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun ham o’smirlikda o’g’il bolalardagi bo’yning pastligi, muskullarning zaifligi va shu asosda qurilgan «Men» obrazi qator salbiy taassurotlarni keltirib chiqaradi. Qizlarda esa tashqi tarafdan go’zallikka, kelishganlik, odob va ayollarga xos qator boshqa sifatlarning bor - yo’qligiga bog’liq xolda «Men» obrazi mazmunan idrok qilinadi. Qizlarda ham ortiqcha vazn yoki terisida paydo bo’lgan ayrim toshmalar yoki shunga o’xshash fiziologik nuqsonlar kuchli salbiy emotsiyalarga sabab bo’lsa-da, baribir, chiroyli
kiyimlar, taqinchoqlar yoki sochlarning o’ziga xos turmagi bu nuqsonlarni bosib ketadigan omillar sifatida qaraladi. «Men» - obrazi va o’z-o’ziga baho«Men» - obrazi asosida ham bir shaxsda o’z-o’ziga nisbatan baholartizimi shakllanadiki, bu tizim ham obrazga mos tarzda har xil bo’lishimumkin. Bu baho aslida shaxsga boshqalarning real munosabatlarigabog’liq bo’lsa-da, aslida u shaxs ongi tizimidagi mezonlarga, ya’ni uning o’zi subyektiv tarzda shu munosabatlarni qanchalik qadrlashiga bog’liq tarzda shakllanadi.Masalan, maktabda bir fan o’qituvchisining bolaga nisbatan ijobiy munosabati, doimiy maqtovlari uning o’z-o’ziga bahosini oshirsa, boshqa bir o’qituvchining salbiy munosabati ham bu bahoni pastlatmasligi mumkin.Ya’ni bu baho ko’proq shaxsning o’ziga bog’liq bo’lib, u subyektiv xarakterga egadir. O’z-o’ziga nisbatan baho turli sifatlar va shaxsning orttirilgan tajribasi,shu tajriba asosida yotgan yutuqlariga bog’liq xolda turlicha bo’lishi mumkin. Ya’ni, ayni biror ish, yutuq yuzasidan ortib ketsa, boshqasi ta’sirida - aksincha, pastlab ketishi mumkin. O’z-o’ziga baho nafaqat haqiqatga yaqin (adekvat), to’g’ri bo’lishi,balki u o’ta past yoki yuqori ham bo’lishi mumkin. Bunday o’smir yoki katta odam ham, doimo tushkunlik holatiga tushib qolishi, atrofdagilardan chetroqda yurishga harakat qilishi, o’zining kuchi va qobiliyatlariga ishonchsizlik kayfiyatida bo’lishi bilan ajralib turadi va bora-bora shaxsda qator salbiy sifatlar va xatti-harakatlarning paydo bo’lishiga olib keladi. Hattoki, bunday holat suisidal harakatlar, ya’ni o’z joniga qasd qilish, real borligidan «qochishga» intilish psixologiyasini ham keltirib chiqarishi mumkin. Ana shunday sharoitda paydo bo’ladigan psixologik holat «noadekvatlilik effekti» deb atalib, uning oqibatida shaxs hattoki, mag’lubiyatga uchraganda yoki o’zida nochorlik, uquvsizliklarni sezganda ham buning sababini o’zgalarda deb biladi va shunga o’zini ishontiradi ham masalan, «halaqit berdi-da», «falonchi bo’lmaganida» kabi bahonalar ko’payadi. Ya’ni nimaiki bo’lmasin, aybdor o’zi emas, atrofdagilar, sharoit, taqdir aybdor. Bundaylar haqida bora-bora odamlar «oyog’i yerdan uzilgan», «manmansiragan», «dimog’dor» kabi sifatlar bilan gapira boshlaydilar. Demak, o’z-o’ziga baho realistik, adekvat, to’g’ri bo’lishi kerak. Bunda shaxs uchun etalon, ibratli hisoblangan insonlar guruhireferent guruhning roli katta bo’ladi. Chunki biz kundalik hayotda hammaning fikri va bahosiga quloq solavermaymiz, biz uchun shunday insonlar mavjudki, ularning hattoki, oddiygina tanbehlari, maslahatlari, hattoki, maqtab turib bergan tanbehlari ham katta ahamiyatga ega. Bunday referent guruh real mavjud bo’lishi (masalan, ota-ona, o’qituvchi, ustoz, yaqin do’stlar), yoki noreal, hayoliy (kitob qahramonlari, sevimli aktyorlar, ideal) bo’lishi. O’z-o’ziga baho o’tayuqori ham shaxs xulq-atvoriga yaxshi ta’sirko’rsatmaydi.Chunki, u ham shaxs yutuqlari yoki undagi sifatlarningboshqalar tomonidan sun’iy tarzda bo’rttirilishi, noo’rin maqtovlar, turliqiyinchiliklarni chetlab o’tishga intilish tufayli shakllanadi. O’z-o’ziga bahoning past bo’lishi ko’pincha atrofdagilarning shaxsganisbatan qo’yayotgan talablarining o’ta ortiqligi, ularni uddalay olmaslik, turli xil e’tirozlarning doimiy tarzda bildirilishi, ishda, o’qishda va muomala jarayonidagi muvaffaqiyatsizliklar oqibatida hosil bo’lishi mumkin. Shuning uchun yoshlar tarbiyasida yoki real jamoadagi odamlarga maqsadga muvofiq ta’sir yoki taz’yiq ko’rsatish kerak bo’lsa, ularning etalon, referent guruhini aniqlash katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’ladi. Shunday qilib, o’z-o’ziga baho sof ijtimoiy hodisa bo’lib, uning mazmuni va mohiyati shaxsni o’rab turgan jamiyat normalariga, shu jamiyatda qabul qilingan va e’zozlanadigan qadriyatlarga bog’liq bo’ladi. Keng ma’nodagi yirik ijtimoiy jamoalar etalon rolini o’ynashi oqibatida shakllanadigan o’z-o’ziga baho o’z-o’zini baholashning yuksak darajasi hisoblanadi. Masalan, mustaqillik sharoitida mamlakatimiz yoshlari ongiga milliy qadriyatlarimiz, vatanparvarlik, adolat va mustaqillik mafkurasiga sadoqat hislarining tarbiyalanishi, tabiiy, har bir yosh avlodda o’zliginianglash, o’zi mansub bo’lgan xalq va millat ma’naviyatini qadrlashhislarini tarbiyalamoqda. Bu esa, o’sha yuksak o’z-o’zini anglashningpoydevori va muhim shakllantiruvchi mexanizmidir. Demak, o’z-o’zinibaholash o’z-o’zini tarbiyalashning muhim mezonidir. O’z-o’zinitarbiyalash omillari va mexanizmlariga esa, quyidagilar kiradi:

Yüklə 84,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə