mavzu soat juftlik Rivojlanish va ta’lim psixologiyasi faninig mazmuni, maqsadi va bolaning rivojlanishi


Rivojlanishning ijtimoiy vaziyati



Yüklə 2,56 Mb.
səhifə32/39
tarix05.03.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#101979
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   39
Rivojlanish 1-mavzu

Rivojlanishning ijtimoiy vaziyati.
Yosh yigit bola va katta yoshdagi odam o‘rtasidagi oraliq holatda turadi. Hayot faoliyatining murakkablashishi bilan yoshlarda nafaqat ijtimoiy rol va qiziqishlar doirasining miqdoriy kengayishi, balki ularning sifat o‘zgarishi ham ro‘y beradi. Unda kattalarga xos rollar, ulardan kelib chiqqan holda mustaqil javobgarlik me’yori paydo bo‘ladi. Ko‘pchilik bu yoshda allaqachon mehnat faoliyatini boshlaydi, hamma kasb tanlashni o‘ylaydi va hokazo. Biroq kattalar mavqei elementlari bilan bir qatorda yoshlarda hali uning holatini bola holati bilan yaqinlashtiruvchi tobelik belgilari saqlanadi. Moddiy jihatdan hali yuqori sinf o‘quvchisi ota-onasi qaramog‘ida bo‘ladi. Maktabda bir tomondan uning kattaligini eslatib turishsa, boshqa tomondan doimo bo‘ysunishni talab qilishadi. 15-17 yoshli yigit va qizlar maktab o‘quvchisi bo‘lgan yoshlardan farqli ravishda, kollej talabalari ham bo‘lishi mumkin. Ayrim yoshlar o‘qish bilan ishlab chiqarish mehnatini birgalikda olib boradilar. Bu tafovutlar uning psixologiyasida aks etadi va tarbiyachilar tomonidan e’tiborga olinishi shart.
Psixologik xususiyatlar
15-16 yoshli odamning umumiy aqliy qobiliyatlari, odatda, allaqachon shakllanib bo‘ladi va ularning bolalikdagidek tez o‘sishi kuzatilmaydi. Biroq ular mukammallashishda davom etadi. Murakkab intellektual operasiyalarni egallash va tushunchalar apparatining boyishi yigit va qizlarning aqliy faoliyatini mustahkamroq va samaraliroq qiladi, bu esa ularni kattalar faoliyatiga yaqinlashtiradi. Ayniqsa, maxsus qobiliyatlar tez rivojlanadi.
O‘z-o‘zini anglash. O‘zining psixik xususiyatlarini anglash va o‘z-o‘zini baholash yoshlar va o‘spirinlarda yanada katta ahamiyat kasb etadi. Yoshlar va o‘spirinlar hayotda o‘z o‘rnini topishga kirishishadi – shaxs xususiyatlari aktiv shakllanadi. Yoshlar o‘zlarini anglashdek murakkab muammoni yolg‘iz emas, ota-ona, tengdoshlar, o‘qituvchilar bilan muloqotda, ularning qo‘llab-quvvatlashlari ostida hal qiladi.
Emotsional, axloqiy qadriyatlar, yo‘l topish sohasida o‘spirinlar o‘z huquqlari va mustaqilligini himoya qiladilar. Ba’zan ular faqat originallikka da’vogarlik uchungina ataylab qo‘rslik qilishadi. Aslida ota-ona ta’siri ustunligicha qolaveradi. Avlodlar o‘rtasidagi farq moda, did, ko‘ngil ochish usullari kabi nisbatan yuzaki masalalarda juda sezilarlidir. Lekin ancha teran masalalar – siyosiy qarashlar, dunyoqarash, kasb tanlashda ota-ona mavqei ahamiyatliroq bo‘ladi va, odatda, tengdosh-o‘rtoqlar ta’siridan ustunlik qiladi.
Jamoa hayotining ahamiyati o‘sib borishi bilan bir qatorda, erta yoshlikda individual intim do‘stlikka talab keskin kuchayadi. Yoshlikdagi do‘stlik intimlik, emotsional iliqlik, samimiyatni birinchi o‘ringa olib chiqadi. O‘z-o‘zini anglashning rivojlanishi va unga xos bo‘lgan ziddiyatlar yengib bo‘lmaydigan «ko‘ngil izhori» talabini uyg‘otadi. Xuddi mana shundan do‘stni xuddi o‘zidek alter ego (boshqa «men») tushunish paydo bo‘ladi. Bunday ehtiyoj aynan erta yoshlikda paydo bo‘ladi.
Sevgi. O‘g‘il bola va qiz bola o‘rtasida o‘spirinlikda cheklangan o‘zaro munosabatlar erta yoshlikda sezilarli darajada faollashadi. Dastlabki jiddiy qiziqish, sevgi va chuqur hissiyotlarga katta ehtiyoj paydo bo‘ladi.
Erta yoshlik – dunyoqarashning shakllanishida hal qiluvchi yosh. Albatta, dunyoqarash asoslari ancha ilgari - bolalikda quriladi. Lekin faqat yoshlikdagina shaxs sifatlarining ancha yuqori darajada shakllanishiga asoslanib, dunyoga nisbatan munosabatni aniqlash mumkin. Umumiy dunyoqarash tushunchalari rejalarda hayotiylashadi va aniqlashadi. Biroq yoshlar ularga yig‘ilgan bilim-tajribani yetkazib beruvchi kattalar yordami va rahbarligiga doimo muhtoj bo‘ladilar. Yoshlik xususiyatlari qanchalik inobatga olinsa va uning faollikka intilishiga suyanilsa, tarbiya ham shunchalik samarali bo‘ladi.

Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə