mavzu soat juftlik Rivojlanish va ta’lim psixologiyasi faninig mazmuni, maqsadi va bolaning rivojlanishi



Yüklə 2,56 Mb.
səhifə2/39
tarix05.03.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#101979
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Rivojlanish 1-mavzu

Internet saytlari:

  1. www.wеbofscience.cоm- Xalqaro ilmiy maqolalar platformasi.

  2. www.scopus.cоm – Xalqaro ilmiy maqolalar platformasi.

  3. www.elibrary.ru – Rossiya ilmiy maqolalar indeksi.

  4. www.ziyonet.uz – Axborot ta’lim tarmog‘i yoshlarni, murabbiylarni, shuningdek, aholining turli qatlamini kerakli axborot bilan ta’minlash bazasi.

Asosiy tayanch iboralar
Rivojlanish (development)
Bola shaxsi (child identification)
Jismoniy rivojlanish (physical development)
Kognitiv rivojlanish (cognitive development)
Ijtimoiy-emotsional rivojlanish (socio-emotional development)
Sifat o`zgarishi (quality change)
Miqdor o`zgarishi (quantity change)
Tabiat (nature)
Temperament (temperament)
Biologik nazariya (biological theory)
Bixevorizm (behaviorism)
Ijtimoiy ta`lim nazariyasi (theory of social education)
Psixodinamik nazariya (psychodynamic theory)
Kognitiv rivojlanish nazariyasi (cognitive development theory)
Ijtimoiy-madaniy nazariya (socio-cultural theory)
Rivojlanish tizimi nazariyasi (development system theory)
Yosh davrlari (age cycles)



    1. Bolani rivojlantirish sohasi

Inson taraqqiyotini o`rganish odamlarning konsepsiya paytidan boshlab, yetuk yoshgacha, qarilik va o`limga qadar qanday o`zgarishini tushunishga yordam beradi. Bola rivojlanishi haqidagi asosiy tadqiqotlar bolalar va o`spirinlarning jismoniy, kognitiv va ijtimoiy-emotsional rivojlanishidagi doimiy va progressiv o`zgarishlarni aniqlash va tushuntirishga intiladi. Xo`sh, rivojlanish nima? Rivojlanish oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi holatlarga o’tish, yangilanish, yangining paydo bo’lishi, eskining yo’qolib borishi, miqdor o’zgarishining sifat o’zgarishiga o’tishini ta’minlovchi murakkab harakat jarayoni sanaladi. Rivojlanishning manbai esa qarama-qarashliklar o’rtasidagi kurashdan iborat. Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir, degan falsafiy ta’limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak, uning rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning rivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta’sir etadi, ularni bir-biridan ajratib bo’lmaydi.
Bolaning rivojlanish yo`li to`rt omilga asoslanadi:

  • Tabiat – bolaning o`sishiga ta`sir qiluvchi genetik meros.

  • Tarbiya – bola yashaydigan ijtimoiy va jismoniy muhitning o`ziga xos xususiyatlari.

  • Bola uchun mavjud sharoitlar – yangi yutuqlarni barpo etishning fiziologik va psixologik asoslari.

  • Bolaning o`z faoliyati – bolaning tanlovi, aqliy jarayonlari, hissiy reaksiyalari va xatti-harakatlari.

Rivojlanish bolalar va o`spirinlarning ko`pchiligiga xos bo`lgan o`zgarishlarni o`z ichiga oladi. Ular quyidagi ko`rinishlarda bo`lishi mumkin:

  • Bir kishining boshidan kechiradigan o`zgarishlar.

  • Bolalar va o`smirlar o`rtasidagi o`zaro munosabatlarda muammolarni bartaraf etish uchun o`qituvchi yoki ota-onalardan yordam olish.

  • Ba`zi o`quvchilarning maktabdan chiqib xavfli ishlarga qo`l urishi.

Bolalar rivojlanishining tavsiflari asosan psixologiya, biologiya, sotsiologiya, antropologiya, ta`lim, bolalar va oilani o`rganish, balog`atga yetmagan bolalar ishlari bo`yicha sud ishlari, ijtimoiy va tibbiyot sohalaridagi tadqiqotlardan kelib chiqadi.
Barcha bolalar va o`spirinlarda sog`lom, optimal rivojlanishni amalga oshirishda quyidagi ikki maqsadni amalga oshirishimiz kerak. Birinchidan, bolalar va o`spirinlarning turli yoshdagi fikrlari, hislari va harakatlarini o`rganish kerak. Ikkinchidan, olingan bilimlarni sinf yoki o`quvchilar jamoasida qo`llay olish kerak.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə