mavzu soat juftlik Rivojlanish va ta’lim psixologiyasi faninig mazmuni, maqsadi va bolaning rivojlanishi



Yüklə 2,56 Mb.
səhifə28/39
tarix05.03.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#101979
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   39
Rivojlanish 1-mavzu

Tasavvurning rivojlanishi. Tasavvur qobiliyatining rivojlanishi ikki bosqichda kechadi. Dastlab yaratiluvchi obrazlar real ob’yektga yaqin tavsiflanadi (detallarga boy bo‘lmagan holda). Ikkinchi sinf oxiri, keyin esa uchinchi sinfda ikkinchi bosqich boshlanadi. Avvalo, alomatlar va tarkibiy qismlar miqdori sezilarli tarzda oshadi.
Yaratuvchi (reproduktiv) tasavvur kichik maktab yoshida barcha mashg‘ulotlarda rivojlanadi. Kichik maktab o‘quvchilarining biror predmetning kelib chiqishi va qurilishi shart-sharoitini ko‘rsatishga harakat qilishi - ularda ijodiy (reproduktiv) tasavvur rivojlanishida muhim psixologik asosdir.
Fikrlashning rivojlanishi. Kichik yoshdagi maktab o‘quvchilari fikrlashining rivojlanishida ikki asosiy bosqich kuzatiladi. Birinchi bosqichda (1-2-sinf) fikrlashda ko‘rgazmali-harakatlilik ustunlik qiladi, uni yana amaliy-harakatlilik yoki hissiylik deb ham atashadi. Bu bosqichda bolalarning narsalarni umumlashtirishi predmetlarning yaqqol belgilari ta’siri ostida ro‘y beradi. Fikrlash rivojlanishining ikkinchi bosqichi (3-sinf) o‘quvchilar tomonidan tushunchalarning alohida xususiyatlari orasidagi o‘zaro munosabatni bilib olish, ya’ni tasniflashga (masalan, «stol» – ot so‘z turkumi) bog‘liq. Bolalar o‘qituvchiga u yoki bu tasnifni qanday o‘zlashtirganliklari haqida hisob beradilar. Abstrakt, mavhum va nazariy fikrlash nisbatan murakkab fikrlash turining keyingi bosqichi bo‘lib hisoblanadi.
Kichik yoshdagi o‘quvchilar shaxsining rivojlanishi
Axloqiy me’yor va qoidalarni o‘zlashtirish. Maktabda bola doimiy va maqsadli nazorat qilinuvchi aniq va keng axloqiy talablar tizimiga duch keladi. Yetti-sakkiz yoshli bolalar me’yor va qoidalar mohiyatini aniq tushunadi va ularni har kuni bajarishga psixologik jihatdan tayyor bo‘ladi. Lekin o‘qituvchi bundan har doim ham to‘g‘ri va o‘z vaqtida foydalana olmaydi. O‘quvchini kichkina deb hisoblaydi va hokazo. Shuning uchun o‘qituvchida aniq va ravshan tarbiya tizimi bo‘lishi kerak.

Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə