mavzu soat juftlik Rivojlanish va ta’lim psixologiyasi faninig mazmuni, maqsadi va bolaning rivojlanishi


Kichik maktab yoshining umumiy tavsifi



Yüklə 2,56 Mb.
səhifə26/39
tarix05.03.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#101979
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   39
Rivojlanish 1-mavzu

Kichik maktab yoshining umumiy tavsifi
Kichik maktab yoshi (7-11 yosh ) – 1-4 sinf (boshlang‘ich maktab)ga to‘g‘ri keladi. Maktabgacha yosh bilan taqqoslaganda asosiy faoliyat turi o‘qish hisoblanadi. Asosiy faoliyat turining almashinuvi bolaning psixologik rivojlanishiga ham ta’sir etadi. Har qanday o‘tish yoshi kabi bu yosh ham o‘z vaqtida ilg‘ash va qo‘llab-quvvatlash zarur bo‘lgan rivojlanishning yashirin imkoniyatlariga boy.
Kichik yoshdagi maktab o‘quvchisining jismoniy xususiyatlari quyidagilardan iborat: umurtqa pog‘onasining barcha bukumlari shakllanadi, skeletning suyaklanishi hali yakunlanmaydi, 1-2-sinf o‘quvchilari tez charchaydi (ayniqsa, yozma ishlarda), yurak mushaklari qon bilan yaxshi ta’minlanadi, bosh miya, ayniqsa, boshning peshona qismi kattalashadi.
Maktab hayotining birinchi bosqichi uchun shu narsa xarakterliki, bola sinfdagi va uydagi xulqini nazorat qiluvchi o‘qituvchining yangi talablariga bo‘ysunadi, shuningdek, o‘quv fanlarining mazmuniga qiziqa boshlaydi.
Birinchi sinf o‘quvchilari boshdan kechiradigan uch asosiy qiyinchilik bor: qiyinchilikning birinchi turi yangi maktab rejimi bilan bog‘liq (o‘z vaqtida uyg‘onish va turish kerak, dars qoldirish mumkin emas, barcha darslarda jim o‘tirish talab etiladi, uy vazifalarini bajarish lozim va boshqalar). Ikkinchi tur qiyinchilik o‘qituvchi, sinfdoshlar va oiladagi o‘zaro munosabatlar xususiyatidan kelib chiqadi. Qiyinchiliklarning uchinchi turi – o‘quv yili o‘rtalaridan o‘quv materiali oshib boradi.
Maktabga qadam qo‘yish bilan bola hayotida muhim psixologik o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. U yangi rejimning ayrim muhim odatlarini o‘zlashtiradi, o‘qituvchi va o‘rtoqlari bilan ishonchli munosabatlar o‘rnatadi. O‘quv materiali mazmuniga nisbatan paydo bo‘lgan qiziqish asosida unda o‘qishga bo‘lgan ijobiy munosabat mustahkamlanadi.
Kichik yoshdagi o‘quvchining o‘quv faoliyati
O‘quv faoliyatining mazmunini ilmiy tushunchalar, fan qonuniyatlari va ularga tayangan amaliy masalalarni hal etish uslubi tashkil etadi. Shunday qilib, o‘qish – bu bilim, malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishga yo‘naltirilgan jarayon.
O‘quv faoliyati aniq bir tuzilishga ega. Uning tarkibiy qismlari quyidagilar: 1) o‘qish vaziyati (yoki vazifalari), 2) o‘qish harakati, 3) nazorat, 4) baho.
Kichik maktab yoshi davomida bolalarning o‘qishga munosabatida muayyan dinamika kuzatiladi. Dastlab ular o‘qishga umumiy holda ijtimoiy faoliyat sifatida intilishadi. Keyin esa ularni o‘quv ishining alohida usullari jalb etadi. Nihoyat, bola o‘quv faoliyatining ichki mazmuniga qiziqib, o‘quv-nazariy vazifalarni aniq-amaliy vazifalarga mustaqil o‘zgartiradi.

Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə