Mavzu: sotsiologiya fanining asosiy vazifalari


Sotsiologiya fanining ijtimoiy fanlar tizimida tutgan o’rni



Yüklə 197,78 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix04.01.2022
ölçüsü197,78 Kb.
#82571
1   2   3   4
sotsiologiya-fanining-asosiy-vazifalari (1)

3.Sotsiologiya fanining ijtimoiy fanlar tizimida tutgan o’rni. 

 

Sotsiologiya fani 



olamni anglash  jarayonini  chuqurroq  

o’zlashtirish maqsadida tarix,  falsafa,  psixologiya, etnografiya, 

sanhatshunoslik va jamiyatshunoslik fanlari bilan yaqin hamkorlikda 

faoliyat  yuritadi. 

 Zero, har qanday amaliyotga murojaat, har bir 

ilmiy tahlil natijaviy mo’ljalni nazarda tutmog’i, obhektiv voqelik 

xususidagi bilimlarimizni kengaytirmog’i, ijtimoiy muammolarni hal 

etishga ko’maklashmog’i, taraqqiyot   istiqbollarini aniqroq belgilashga 

yordam bermog’i lozimdir.  

Sotsiologiya fanining tobora taraqqiy etishi, ilmning differentsiallashuvi, 

ko’plab alohida va maxsus sotsiologik nazariyalarning tarkib  topishga 

ham olib keladi. Masalan; siyosat sotsiologiyasi, iqtisod sotsiologiyasi, 

sanhat sotsiologiyasi va boshqalar shular jumlasidandir. 

Sotsiologiya XIX  asrning birinchi yarmida alohida fan sifatida 

shakllangunga qadar, falsafa fani ichida  rivojlangan. 



Sotsiologiya jamiyat  hayotining turli jabhalarini tadqiq etish jarayonida,  

falsafa fani doirasida ishlab chiqilgan ilmiy  bilishning  asosiy shakl va 

va usullaridan keng foydalanadi. 

Sotsiologiya 

va falsafa fanlari o’zaro aloqasi xususida ulug’ alloma 

Abu Nasr al-Forobiyning  fikrlari ehtiborga loyiqdir. “Har bir falsafiy 

ilmni o’rganishga 

jazm  qilgan kishi 

quyidagi talablarni to’la  

bajarmog’i lozimdir”. 

                                   birinchisi - falsafadagi mavjud maktablar 

nomlarini va mazmunini 

bilib olish; 

ikkinchisi – o’qilgan har bir kitobning maqsadini tushunib yetmoq; 

uchinchisi - 

falsafiy o’rganishga asos bo’luvchi ishlarni 

o’zlashtirmoq; 

to’rtinchisi - falsafani ‘rganishdan maqsad  nima ekanligini 

bilmoq; 

beshinchisi  -  falsafa sirlarini o‘rganish borasida tanlangan yo’lni 

aniq bilib olmoq; 

oltinchisi  -  Aristotelning  har   bir kitobidan o’ziga xosligini 

aniqlay 

olmoq; 


ettinchisi  -  kitobdagi noaniqliklarni bartaraf etishni Aristotel 

asarlari orqali  bilib olmoq;  

sakkizinchisi - falsafiy bilimlarga ega bo’lgan kishining jamiyatda 

tutishi lozim bo’lgan o’rnini bilmoq; 

Sotsiologiya  

fani iqtisodiyot  fani bilan aloqada bo’ladi. 

 

 

Mahlumki, iqtisodiyot  fani ishlab chiqarish munosabatlarining shakl va 



qonuniyatlarini o’rganadi.  Ishlab chiqarish shakllari esa ijtimoiy 

 

munosabatlarning asosini tashkil etadi.SHunday ekan, iqtisodiy 




izlanishlarning sotsiologiya fani bilan  bog’liq bo’lishi  tabiiy  holdir. 

CHunki  sotsiologiya  fani mehnat jarayonlarining o’ziga xos 

tomonlarini, ishlab chiqarish  jamoalarini, kishilarni  samarali mehnatga 

qiziqish va mayllarini o’rganar ekan shubhasiz iqtisodiyot nazariyasini 

boyitadi. 

Yahni jamiyatning  bugungi  kundagi muammolarini samarali hal 

qilish uchun, ularning kelib chiqish sabablarini chuqur o’rganish kerak 

bo’ladi. Buning uchun sotsiologlar, albatta o’tmishga murojat qiladilar. 

Sotsiologiya 

fani umumiy psixologiya fani bilan ham yaqin  

hamkorlikda bo’lishni taqozo qiladi. 

Zero, u yoki bu jamoadagi mehnat unumdorligini o‘rganishni maqsad 

qilib sotsiologik tadqiqot  o’tkazilayotganda 

mazkur jamoa 

tarkibidagi individlarning hatti-harakatlari motivlarini aniqlash,ularni 

temperamentlari xususiyatlaridan  kelib  chiqqan  holda umumiy  xulosa 

qilishda, odamlar bilan jamoada muomala qilishni tashkil etish va 

ijtimoiy  huquqni boshqarishda, albatta ijtimoiy psixologiya  

qonuniyatlarini chetlab o’tishi 

mumkin emas. 

Sotsiologiya 

fani  statistika  fani bilan ayniqsa yaqin aloqada 

rivojlanadi. Har bir sotsiolog muayyan mavzuda sotsiologik tadqiqot 

o’tkazishni  maqsad qilib  qo’yar ekan u albatta shu sohadagi 

predmetning konkret holatini, real voqelik manzarasini statistik 

manbalardangina topa oladi. Keng ko’lamdagi konkret  sotsiologik  

tadqiqotlarning sotsiolog tomonidan statistik idoralar   xodimlari bilan 

hamkorlikda o’tkazilishi ijobiy  samaralar berishi shubhasizdir.  

 So’nggi yillarda sotsiologiya fanida konkret sotsiologik  tadqiqotlar 

amaliy natijalarining  hayotga  faolroq va  ko’proq tadbiq etila borishi  




uning axloq, estetika, tibbiyot va pedogogika, rejalashtirish nazariyasi  

va boshqaruv, huquqshunoslik, ruhiyatshunoslik singari  fanlar bilan 

aloqasini yanada mustahkamlamoqda. Sotsiologiya 

fani ushbu  fanlar  

natijasiga suyanadi. Tadqiqot o’tkazish  jarayonlarida  esa statistik 

mahlumotlardan, to’plangan mahlumotlarni o’zlashtirishda matematik 

modellashtirish usullaridan va  metodlaridan foydalaniladi. 

Sotsiologiya 

fanining boshqa fanlar bilan yaqin aloqada 

ekanligi uni  yangi tarmoqlari   “boshqaruv sotsiologiyasi”, «oila 

sotsiologiyasi”, ”jinoyatchilik sotsiologiyasi”, ”sotsial ekologiya” va 

hokazolarning jadal  rivojlanish misolida ham ko’rish mumkin. 

Sotsiologiyaning boshqa fanlar bilan ko’p tomonlama  aloqalari, 

jamiyatdagi muammolarni samarali yechishda katta yordam beradi.  

Sotsiologiya 

fani sohaviy tasnif etilganda turli yo’nalishlar 

mohiyatiga ega bo’lgan ilmiy tarmoqlarga bo’linadi. 

Birinchi bosqichdagi ilmiy tarmoqlar tarkibiga umum nazariy, 

 

umummetodologik va sotsiologik fanlarini kiritish mumkin. Ular 



jumlasiga: akademik, matematik, tarixiy, amaliy va mintaqaviy 

 

sotsiologiya sohalari kiradi. 



Ikkinchi bosqichdagi  zamonaviy  sotsiologik  ilmiy tarmoqlar qatoriga 

shaxs sotsiologiyasi, siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, demokratik, ekologik 

hamda instituttsional sohalarni ko’rsatish mumkin. 

Uchinchi bosqichdagi sotsiologik ilmiy tarmoqlar turli xil sohaviy  

hamda ilmiy sotsiologik  yo’nalishlarni  o’z ichiga oladi, ular 

quyidagilar: tahlim madaniyat, fan, din, sanhat 

va boshqa  sotsiologik  

yo’nalishlar.                          

To’rtinchi bosqichdagi sotsiologik ilmiy  tarmoqlar  qatoriga  regional



 

va jamoaviy xususiyatga ega bo’lgan yo’nalishlarni kiritish

 

mumkin. Ular quyidagilar: yoshlar, oila, shahar va qishloq 



sotsiologiyasi. 

Hozirgi zamon sotsiologik tarmoqlar tizimida jamoatchilik fikri 

sotsiologiyasi muhim o’rin tutadi va katta ahamiyatga egadir.  

Jamoatchilik fikri sotsiologiyasi ijtimoiy hayotdagi barcha sohalar va 

umumnazariy metodologik va xususiy sotsiologik maktablar bilan 

bevosita ish yuritadi. 

 SHunday qilib, murakkab   umumiy   va xususiy sotsiologiya 

fanlaridan iborat bo’lgan zamonaviy sotsiologiya tizimi uni ko’plab 

ijtimoiy  gumanitar fanlar bilan keng aloqalarni taqozo etadi. Bu 

aloqalar ham umummetodologik bosqichda ham maxsus xususiy fanlar 

va ilmiy yo’nalishlar bo’yicha olib boriladi. Bu esa uni zamonaviy 

ijtimoiy gumanitar fanlar tizimidagi o’rnini aniqlab 

beradi. 

Sotsiologiya ijtimoiy  gumanitar fanlar ierarxiyasida 

eng yuqori 

bosqichni egallaydi. Falsafa va tarix bilan birgalikda, u ijtimoiy fanlar 

tizimining umummetodologik negizini shakllantiradi.Lekin shu  bilan  

birga  ushbu tizimda jamiyat rivojlanishi qonuni va qonuniyatlarini 

o’rganuvchi umumfundamental bo’lgan falsafaning  alohida o’rnini 

tahkidlab O’tish zarur. 





Yüklə 197,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə