Mavzu: So'z turkumlari va ularni guruhlash tamoyillari


Masalan: To'g'ri so'z qilichdan o'tkir



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə13/22
tarix08.03.2022
ölçüsü0,76 Mb.
#84382
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22
Mavzu

Masalan: To'g'ri so'z qilichdan o'tkir.

Boya yelday uchib ketayotgan odam endi shoshilmasdi. (SH)

Talabalarimiz shahardagi yigirma to'rtinchi maktabga amaliyotga chiqishdi.

Sintaktik tamoyil

  • Predmet, belgi, miqdorning mavjudligiga ishora qiluvchi, ular o'rnida almashinib qo'llanuvchi so'zlar, ya'ni olmoshlar ham gapda turli xil grammatik shakllarda kelib, gap bo'lgan (ega, kesim, to'ldiruvchi, aniqlovchi, hol) vazifasini bajaradi.
  • Masalan: Hech kim atrofga qaramaydi. (K.I.)
  • Qanday bilay, birovning yuragini bilib bo'ladimi? (Oydin).
  • Seni mehnat yengmasin, sen mehnatni yeng (Maqol).
  • Tilda mavjud bo'lgan ayrim so'zlar leksik ma'no ifodalamaydi, morfologik shakllarga ega emas. Demak, ular gapda sintaktik vazifa bajarmaydi. Bunday ko'makchi, bog'lovchi, yuklamalar kiradi. Bunday so'zlar yuqorida sanab o'tilgan uch xususiyatga ega emas. Bunday so'zlar leksik ma'no anglatuvchi so'zlar orasidagi grammatik munosabatni shakllantiradi, gap yoki uning tarkibidagi ayrim so'zlarga qo'shimcha ma'no qo'shadi.
  • Masalan: O'qituvchi va o'quvchilar zalga yig'ilishdi.
  • Ukam uchun kitob oldik. Bu binoni men ko'rganman! -Sen-a?
  • Ayrim so'zlar (bor, yo'q, kerak, oh, uf, voy, duk-duk, piqir-piqir) biror hodisaning nomi bo'lmasa ham gapda gap bo'lagi, so'z-gap sifatida qo'llanadi. Masalan: Uzoqdan duk-duk ovoz kelardi. Boyagidek dupur bor, lekin qayoqdagi kelayotgani ma'lum emas. (M.Ism). Suv shildir-shildir oqmoqda.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə