Mavzu:
Standartlarni ishlab chiqish tartib qoidalari.
Reja:
1.
Standartlarni ishlab chiqish bosqichlari.
2.
Standartlarni tasdiqlash va davlat ro‟yxatidan o‟tkazish.
3.
Ishlab chiqarishda standartlarni taqdim etadigan afzalliklari.
1.
Standartlarni ishlab chiqish bosqichlari.
O„zRST 1.1 – 92 “O„zbekiston Respublikasining
standartlashtirish davlat
tizimi. O„zbekiston Respublikasining standartini ishlab chiqish,
kelishib olish,
tasdiqlash va ro„yxatdan o„tkazish tartibi” standartiga binoan O„zbekiston
Respublikasi standarti (bundan keyin standart deb yuritiladi) standartlashtirish
bo„yicha texnikaviy qumitalar (bundan keyin TQ), standartlashtirish bo„yicha
tayanch
tashkilotlar, vazirliklar,
idoralar, uyushmalar,
konsernlar, davlat, shirkat,
pudratchi, aktsioner, qo„shma
korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan
ishlab chiqiladi.
Standartni har xil tashkilotlar mutaxassislarining ishchi guruhlari tomonidan
ishlab chiqishga yo„l qo„yiladi.
Standartning bir nechta tashkilot tomonidan ishlab
chiqilishida yetakchi
ishlab chiquvchi tashkilotlar (ijrochilar ro„yxatida birinchi o„rinda turadi)
hamkorlikda ish bajaruvchi har bir tashkilot bilan ish kulamini va muddatlarini
aniqlaydi.
Standart respublika hududida kimga qarashli
ekanligi va mulk shaklidan
qat‟iy nazar, mahsulotlarni chiqaradigan va iste‟mol qiladigan hamma korxona va
tashkilotlar uchun majburiydir.
Standartga kiritiladigan o„zgarish asosiy standart uchun belgilangan tartibda
majburiy kelishib olinishi, tasdiqlanishi va ro„yxatdan o„tkazilishi lozim.
Standartlarning tuzilishi, mazmuni, bayon etilishi
va rasmiylashtirilishi
GOST 1.5 – 85 ga muvofiq bajariladi.