Mavzu. Tadbirkorlik faoliyatining turlari va shakllari


Kooperativ - bu kooperatsiyaning birlamchi bo‘g‘ini. Kooperatsiya esa



Yüklə 134,39 Kb.
səhifə17/19
tarix28.07.2023
ölçüsü134,39 Kb.
#120071
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
mavzu

Kooperativ - bu kooperatsiyaning birlamchi bo‘g‘ini. Kooperatsiya esa:

  • mehnatni tashkil etish shakllaridan biri, ko‘pchilik xodimlar bir mehnat jarayonida yoki o‘zaro bog‘liq turli mehnat jarayonlarida hamkorlikda ishtirok etadilar;

  • guruh mulkchiligiga asoslangan xo‘jalik yuritish sharti;

  • ma’lum bir mahsulotni o‘zaro hamkorlikda tayyorlash bilan band bo‘lgan

korxonalar o‘rtasidagi uzoq muddatli va barqaror aloqalar shakli.
Kooperativ - bu yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan, xo‘jalik yurituvchi sub’ekt. U jamoa mulki huquqidagi mulkka egalik qiladi, undan foydalanadi va tasarruf etadi.
Kartel - bu monopolistik birlashma shakli. Bir tarmoqdagi mustaqil korxonalar narxlar, bozor, ishlab chiqarishning umumiy hajmida har bir ishtirokchining hissasi, ish kuchi yollash, patentlar va boshqa masalalarda o‘zaro bitim tuziladi. Bu tuzilmaning maqsadi monopol foyda olishdir.
Sindikat - bu monopolistik birlashmaning bir turi. Ular bir tarmoq korxonalari huquqiy va ishlab chiqarish mustaqilligini saqlab qolgan holda:

  • buyurtmalarni taqsimlash;

  • xom ashyo sotib olish;

  • ishlab chiqarilgan mahsulotni sotish uchun o‘zlarining tijorat faoliyatlarini birlashtirib, yagona idora tuzadilar.

Venchur korxonalar - bu kichik Biznesning bir turi bo‘lib, ular:

  • ilmiy muhandislik ishlarini bajarish;

  • yangi texnika, texnologiya, tovar namunalarini yaratish;

  • ishlab chiqarishni boshqarish;

  • tijorat ishini tashkil etish usullarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;

  • yirik firmalar va davlat ijara kontrakti buyurtmalarini bajarish kabi ishlarni amalga oshiradilar.

Bu vazifalarni ular davlat va yirik firmalar buyurtmasiga binoan kontraktbitimlar asosida bajarishadi. Venchur korxonalar texnikaning yangi yo‘nalishlarida faollik ko‘rsatadi va bu bilan fantexnika taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shadi.

Yüklə 134,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə