Maxsus tarix fanidan


I BOB. O’zbekistonda arxiv ishining tarixi



Yüklə 43,69 Kb.
səhifə2/6
tarix22.05.2023
ölçüsü43,69 Kb.
#112065
1   2   3   4   5   6
B.Mirzobek maxsus tarix kurs ishi

I BOB. O’zbekistonda arxiv ishining tarixi
1.1. 1925-1990 yil davrida O'zbekistonda tashkil etilgan arxivlar, ularning asosiy maqsadlari va faoliyati.
1924-yilda O‘rta Osiyoda milliy-hudidiy chegaralanishi o‘tkazilishi natijasida sovet respublikalari tashkil qilindi. Arxiv hujjatlari yangi tuzilgan respublikalar o‘rtasida quyidagi tartibda bo‘lindi. O‘rta Osiyo va ittifoq ahamiyatiga ega bo‘lgan arxiv fondlari O‘rta Osiyo Markaziy davlat arxivida – Toshkentda saqlanadigan bo‘ldi. Har bir respublikaga oid arxiv fondlari shu respublikaga beriladigan bo‘ldi. Turkiston Respublikasining Yagona davlat arxivi fondi shu tarzda bo‘linib ketdi. 1924-yil 28-dekabrda maxsus qaror bilan O‘zSSR MITK huzurida O‘zSSR Arxiv ishi markaziy boshqarmasi tashkil qilindi. O‘zbekiston hududida tashkil topgan barcha viloyat arxiv fondlari O‘zSSR Arxiv ishi markaziy boshqarmasiga topshirildi. Shuningdek, O‘rta Osiyo ahamiyatiga ega bo‘lgan arxiv fondlari ham O‘rta Osiyo markaziy davlat arxivi tuzilmaganligi uchun O‘zbekiston arxiv boshqarmasiga topshirildi, chunki ushbu O‘rta Osiyo arxiv fondlari Toshkentda vujudga kelgan edi. Shunday qilib, O‘zSSR arxivida faqat respublika tarixiga oid hujjatlargina emas, balki butun O‘rta Osiyo tarixiga doir materiallar saqlana boshladi. O‘zSSR MIK va XKSning 1925-yil 22-iyul qarori bilan “O‘zSSR Arxiv ishi markaziy boshqarmasi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Bu nizomga ko‘ra, respubikada Yagona davlat arxiv fondi (YaDAF) tashkil qilindi. Bu fondga hukumat, savdo, sanoat, kooperativ, kasaba uyushmalari tashkilotlari arxivlari, shuningdek diniy va shaxsiy arxivlar kiritildi, deb ko‘rsa- 133 tildi. Viloyatlarda viloyat arxiv byuro’lari (1925-yilda -Farg‘ona, Samarqand, Toshkent, Zarafshon, 1926-yilda – Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo) tashkil qilindi. O‘rta Osiyoda milliy hududiy chegaralanish o‘tkazilishi natijasida va Turkiston, Buxoro va Xorazm respublikalarining tugatilishi munosabati bilan bu respublikalar davlat idoralari arxiv materiallarini qabul qilish, ularni respublika poytaxti Samarqandga olib borib topshirdilar. 1925-yil yanvar oyining o‘zida Arxiv ishi markaziy boshqarmasiga 50 mingga yaqin saqlov birligidagi arxiv materiallari topshirildi. Davlat arxivlarini arxiv materiallari bilan butlash ishlari olib borilishi barobarida 1925-1929-yillarda 134 ta arxiv fondi qabul qilindi. 1929-yili Arxiv ishi markaziy boshqarmasi 863 ta arxiv fondi va 764 ming yig‘ma jild qabul qilgan. Viloyatlar arxivlarida 924 ta arxiv fondi va 994 ming yig‘ma jild saqlangan. 1930-yil 9-apreldagi O‘zSSR MIK Prezidiumi qarori bilan O‘zSSR Arxiv ishi markaziy boshqarmasi O‘zSSR Markaziy arxiv boshqarmasi deb o‘zgartirildi. Sovet davri arxivlarining ko‘payib borishi bilan SSSR MIK va XKS qarori asosida 1929-yil aprelda Davlat arxiv fondi kelib chiqishi bo‘yicha inqilobgacha va sovet davri arxiv fondlariga hamda ahamiyati bo‘yicha markaziy va mahalliy arxiv fondlariga bo‘lindi. 1931-yil 20-mayda O‘zSSR MIK O‘zSSR Markaziy arxiv boshqarmasi va uning mahalliy idoralari to‘g‘risida nizom haqida qaror qabul qildi. O‘zSSR Markaziy arxiv boshqarmasi huzurida O‘zSSR Oktyabr inqilobi markaziy davlat arxivi va Markaziy davlat tarix arxivi tashkil qilindi. 1934-yil iyulida SSSR MIK qarori bilan O‘zbekiston Markaziy arxiv boshqarmasi tarkibida O‘zbekiston harbiy arxivi tashkil qilindi. 1945-yilda bu arxiv tugatildi va barcha arxiv fondlari Moskvadagi SSSR Qizil Armiya markaziy davlat arxiviga topshirildi. 1939-yili respublika arxiv tashkilotlari O‘zSSR MIK huzuridan O‘zSSR ichki ishlar xalq komissariati (IIXK - NKVD) qaramog‘iga o‘tkazildi. Shu munosabat bilan O‘zSSR Markaziy arxiv boshqarmasi o‘rniga O‘zSSR Ichki ishlar xalq komissariati Arxiv bo‘limi tashkil qilindi. Arxiv ishlarini takomillashtirish sari qo‘yilgan qadamlar natijasida 1936-yilga kelib respublika arxivlarida 1534 ta arxiv fondlari va 1 mln 001 ming 680 saqlov birligida hujjatlar saqlanardi. 1941-yilga kelib fondlar soni 4116 taga yetdi, hujjatlar esa, 1 mln 580 ming 450 saqlov birligidan oshib ketdi. 134 Urush yillarining og‘ir damlariga qaramay respublika hukumati arxiv ishini yaxshilash sohasida ancha ishlarni amalga oshirdi. O‘zSSR XKSning 1943-yil 18-fevral qarori bilan O‘zSSR kino-fotofono-hujjatlar markaziy davlat arxivi tashkil qilindi. Arxivlarni hujjatlar bilan butlash ishlari davom ettirildi. 1941- 1942-yillarda respublika davlat arxivlariga 0,5 (yarim) million saqlov birligida hujjatlar qabul qilindi. 1944-1945-yillarda esa 48 ming saqlov birligida hujjatlar qabul qilindi. Lekin hujjatlarni tartibga solish ishlari ancha sust edi. Urushdan keyingi yillarda mavjud arxiv fondlarini tartibga solish sohasida anchagina ishlar qilindi. 1945-1951- yillarda 280 mingga yaqin saqlov birligi tartibga keltirildi. O‘zSSR Markaziy davlat tarix arxivining ko‘rsatkichi tayyorlandi va O‘zSSR Oktyabr inqilobi markaziy davlat arxivi ko‘rsatkichi ustida ish boshlandi. Bundan tashqari, 10 dan ortiq arxiv fondlarining sharhi-axborotnomasi tuzildi, tematik sharhlar yozildi. 1963-yil 14-oktyabrda O‘zSSR Ministrlar Soveti “O‘zSSRda arxiv ishini yaxshilash tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi. Bu qaror idoraviy arxivlar, ya’ni tashkilotlar arxivlari ishini yaxshilashda muhim ro’l o‘ynadi. Unga ko‘ra, idora arxivlarini 2-3 yil ichida tartibga solishni tugatish, doimiy saqlanadigan hujjatlarni davlat arxivlariga topshirish, arxivlarning o‘zini esa, hujjatlarini beshikast saqlashga yaraydigan binolarga joylashtirish va ularni malakali kadrlar bilan ta’minlash keng yo‘lga qo‘yildi. 1964- yili MDAga yangi bino qurilib foydalanishga topshirildi. 1970- yili O‘zSSR kino-foto-fono-hujjatlar MDAga maxsus bino qurib berildi. Davlat arxivlariga hujjatlarni qabul qilish sohasida ham anchagina ishlar qilindi. 1946-1955-yillarda 600 mingdan ortiq saqlov birligidagi hujjatlar vazirliklar, idoralar arxivlaridan qabul qilindi. Ministrlar Sovetining 1961-yil 9-maydagi qarori bilan O‘zbekiston Ichki ishlar ministrligining arxiv boshqarmasi O‘zbekiston Ministrlar Soveti huzuridagi Arxiv boshqarmasi deb qayta tashkil qilindi. Shu qaror asosida mahalliy arxiv tashkilotlari Qaraqolpog‘iston ASSR Ministrlar Soveti va viloyatlar ijroiya qo‘mitalari Arxiv bo‘limlari qilib qayta tashkil qilindi. Arxiv tashkilotlarini Ministrlar Soveti va viloyatlar ijroiya qo‘mitalari ixtiyoriga o‘tkazilishi ularni davlat apparati tuzimidagi ro’lini orttirdi va arxiv ishi taraqqiyotida yangi bosqichni boshlab berdi. 135 Arxiv tashkilotlari hujjatlar qimmatdorligini ekspertiza qilishga va ular bilan davlat arxivlarini butlashga katta e’tibor qaratdi. Respublika davlat arxivlari hujjatlari qabul qilinadigan va qabul qilinmaydigan tashkilotlar, muassasalar, korxonalarning ro‘yxatlarini tuzib chiqdilar, endilikda shu ro‘yxat asosida davlat arxivlariga hujjatlarni qabul qiladigan bo‘ldilar. Davlat arxivlarining ekspert tekshiruv komissiya (ETK) lari vazifalari tubdan o‘zgardi. 1986-1990-yillarda davlat arxivlarini butlash sohasida ancha ish amalga oshirildi. 1990-yilda arxivlarni butlash manbalari soni respublika bo‘yicha 9576 taga yetdi. 1986-1990-yillarda respublika davlat arxivlari saqloviga 635 ming doimiy saqlanadigan yig‘majildlar qabul qilindi. 1962-yilda Toshkentda O‘zbekiston meditsina hujjatlari markaziy davlat arxivi tashkil qilindi. 1990-yilda respublika arxiv tashkilotlari shaxobchalari O‘zSSR Ministrlar Soveti huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ministrlar Soveti huzuridagi Arxiv boshqarmasi, 11 viloyatlar ijroiya qo‘mitalari arxiv bo‘limlari, 3 ta markaziy davlat arxivlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy davlat arxivi, 11 viloyatlar arxivlari, 40 dan ortiq viloyatlar davlat arxivlari filiallaridan iborat edi.
1917-yilgi oktyabr voqealariga qadar hujjatlar har bir idorada va tashkilotning o‘zida saqlangan. Arxivlar tarqoq holda bo‘lib, hujjatlar bir joyda yig‘ilmagan, markazlashmagan edi. Hukumat manbalarini saqlash va ulardan har tomonlama foydalanish maqsadida RSFSR Xalq Komissarlari Sovetining 1918-yil 1-iyunda “RSFSRda arxiv ishini qayta qurish va markazlashtirish haqida” deb atalgan dekreti e’lon qilindi. Shu chiqarilgan dekretga asosan RSFSRda Davlat arxiv fondi (DAF) tashkil etildi. Keyinchalik bu DAF tarkibiga inqilobgacha bo‘lgan davr va inqilobdan keyingi barcha sovet tashkilotlari faoliyati, muassasalar va ayrim shaxslar, shuningdek tarixiy yozma yodgorliklar, huquq, san’at, adabiyot va SSSR xalqlarining maishiy, ma’naviy madaniyati, kino foto hujjat fondlari kinofilm negativlari, fotosuratlari, ularni to‘latuvchi pozetivlar, grammafon, potifon, plastinkalari va yozib olingan ovoz materiallari, ilmiy-tarixiy va amaliy ahamiyatga ga bo‘lgan: illyustratsiyalar, qo‘l yozma negativlar, shunigdek, ogitatsiya va propoganda maqsadida nashr qilingan plakatlar, varaqalar, chaqiriqlar, e’lonlar va boshqalar, mikrofoto hujjatlar kiritilgan. Shundan kelib chiqqan holda Turkiston Avtonom Sovet Respublikasi Markaziy Ijroiya Komiteti (MIK) 1919-yil 5-noyabrda “Arxiv ishini qayta qurish va markazlashtirish to‘g‘risida” qaror qabul qildi. Bu qarorga asosan 1917-yilga qadar bo‘lgan barcha idoraviy arxivlar tugatildi, arxiv hujjatlari Turkiston Avtonom Sovet Respublikasining Yagona davlat arxiv fondi (YADAF) ni tashkil qiladi, deb e’lon qilindi. YADAFni boshqarish uchun Turkiston Respublikasi Arxiv ishi bosh boshqarmasi tashkil qilindi. YADAFga 1917-yil 25-oktyabrgacha bo‘lgan barcha hujjatlar topshirilishi kerak edi. Yuqorida ta’kidlangan qarorda arxiv hujjatlarini yo‘q qilish tartibi o‘rnatildi. Davlat idoralari Arxiv ishi bosh boshqarmasi ruxsatisiz o‘z hujjatlarini yo‘q qilish huquqiga ega emas, deb ko‘rsatilgan. Sovet idoralarida tashkil bo‘lgan hujjatlar YADAFning tarkibiy qismi deb qayd qilingan. Bu hujjatlarni arxiv ishi bosh boshqarmasiga nazorat qilib turish topshirilgan. Bu boshqarma Maorif xalq komissarligi huzurida tashkil qilingan. YADAF 8 ta seksiya va 4 ta bo‘limdan iborat edi. Bo‘limlar quyidagilardan iborat bo‘lgan:
1-bo‘lim. Ma’muriy-diplomatik (yuridik seksiyalarni birlashtiradi);
2-bo‘lim. Harbiy seksiya;
3-bo‘lim. Maorif va iqtisodiyot seksiyalari;
4-bo‘lim. Tarixiy-inqilobiy, Sharq va matbuot seksiyalaridan iborat bo‘lgan.
Davlat arxivi fondiga faqat 1917-yildan oldingi tashkilotlar arxiv hujjatlarigina emas, balki sovet tashkilotlari arxiv hujjatlari ham qabul qilingan. Tashkilotlarda hujjatlar 5 yil saqlanishi va keyin davlat arxiviga topshirilishi belgilangan. Shu davrdan boshlab YADAF tarkibidagi arxiv hujjatlari ekspertiza qilinib, doimiy saqlash uchun ajratilgan hujjatlar tartibga solindi va ro‘yxatlashtirildi. 1920- 1922-yillarda YADAFda 150 mingga yaqin hujjatlar ro‘yxatga olingan. 1924-yilga kelib butun saqlanayotgan arxiv materiallarining uchdan bir qismi tartibga solingan edi. Shunday qilib, arxiv hujjatlarini tartibga solish, ulardan ilmiy va amaliy maqsadda foydalanish imkoni berildi. Arxivning ilmiy xodimlari bir necha ilmiy ishlar tayyorlashdi. Masalan, A.A. Galperin “1918 yil martda Kolesovning Buxoroga yurishi” asarini yozgan edi. Arxiv ma’lumotlarini bosmadan chiqarish say-harakatlari 1922-yilda “Qizil arxiv” deb nomlanuvchi jurnalning nashr qilinishi bilan boshlangan. Uning birinchi galdagi vazifasi hech qanday yashirin sirning yo‘qligini ko‘rsatish edi. Jurnalda imperiyadagi mavjut korrupsiya va tengsizliklarni takidlaydigan izohlar bilan birgalikda chor Rossiyasi hujjatlari ham nashr qilingan. Ba’zi maqollalar esa masxara qilish uchun nashr qilingan. O‘rta Osiyo qo‘zg‘olonining yigirma yilligiga bag‘ishlangan, 1936 yilda nashr qilingan maqolada Farg‘ona viloyat harbiy gubernatori general-letenant Gippiusning tartibsizliklarni bostirish yo‘lidagi sayharakatlari aks ettirilgan



Yüklə 43,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə