Menejment va marketing


“O`zqishloqxo`jalikmashlizing”ALKning iqtisodiyotda tutgan o`rni



Yüklə 250,56 Kb.
səhifə9/19
tarix19.12.2023
ölçüsü250,56 Kb.
#152588
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
korxonalarda tavakkalchilikni boshqarish (1) (3)

“O`zqishloqxo`jalikmashlizing”ALKning iqtisodiyotda tutgan o`rni


O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 30 oktyabrdagi 486-sonli karoriga asosan “O`zkishloqxo`jalikmashxolding” kompaniyasi, Germaniyaning qishloq xo`jaligi mashinasozligi va urug`chilik korxonalari “Zelko” uyushmasi xamda “O`zsanoatmashimpeks” davlat aksiyadorlik tashqi savdo kompaniyasi tomonidan “O`zkishloqxo`jalikmashlizing” aksiyadorlik lizing kompaniyasi tashkil etildi. Mashina- traktor parklariga, qishloq xo`jalik korxonalariga, dehqon va fermer xo`jaliklariga ularning topshiriqnomalari bo`yicha sotib olinadigan qishloq xo`jaligi mashinalarini va boshqa mexanizatsiya vositalarini lizingga berish “O`zkishloqxo`jaliqmashlizing” lizing kompaniyasining asosiy vazifasi etib belgilangan. Kompaniya haqida ma‟lumotlar
Kompaniyaning to`liq nomi - Aksiyadorlik jamiyati “O`zqishloqxo„jalik- mashlizing” aksiyadorlik lizing kompaniyasi;
Qisqartirilgan nomi - AJ “O„zqishloqxo„jalikmashlizing”ALK.
Kompaniyaning yangi taxrirdagi Ustavi 2014 yil 10 iyunda Shayxontoxur tuman xokimligi huzuridagi Tadbirkorlik sub‟ektlarini ro`yxatdan o‟tkazish Inspeksiyasi tomonidan R-09-000205-reestr raqami bilan ro`yxatga olingan, ustavga qo`shimcha 2014-yil 22-oktyabrda ro`yhatga olingan.
Guvohnoma 2002 yil 20 martda 09-000205-reestrdagi tartib raqami bilan Toshkent shaxar Shayxontoxur tuman hokimining 2002 yil 19 martdagi 249-son qarori bilan berilgan.
Tashkiliy huquqiy shakli:
Aksiyadorlik lizing kompaniyasi (OPF - 1150) Mulkchilik shakli
Aralash (FS - 144)
Joylashgan yeri (pochta manzili SOATO - 1726277):
100011, Toshkent shaxar, Shayxontoxur tumani, Abay kuchasi 4a uy
(Bino “O`zagromashservis” uyushmasiga tegishli, Kompaniya binodan ijara asosida foydalanadi);
Yuridik shaxs kodi (OKPO - 17489494, SOOGU - 13834) Tarmoq kodi
Lizing (OKONX - 80300)
Bank rekvizitlari:
x/r 20210000904021251001, MFO 00394,
“Agrobank” ATB bank operatsiyalari bo‟limi Davlat soliq xizmati organi
Shayxontohur tumani Davlat Soliq inspeksiyasi, stir 203071206 Boshqaruv raisi: Otajonov Nodir Sobirovich
Telefon: 244 - 62 - 73, faks: 244 - 49 - 89 Bosh buxgalter: Atabaev Nurilla Narzullaevich Telefon: 244 - 64 - 87
Elektron pochta info@agroieasing.uz, veb-sayt www.agroleasing.uz
Kompaniya Qoraqalpogiston Respublikasi va viloyatlarda o`z filiallariga ega, bundan tashqari Kompaniya ta‟sischiligida “Sarkorning sahovat nuri” MCHJ, “Lizing axborot texnologiyalari” MCHJ va “O`zMashlizing” MCHJ shu‟ba korxonasi faoliyat yuritadi.



Ta‟sischi nomi

Ulush summasi, mln.sum

Kompaniya ustav kapitalidagi ulushi%daa
foizda

1

“Davlat aktivlarini boshqarish markazi” Davlat unitar korxonasi

40621,1

78,22

2

“Bluecourt Investments” LLP

2233,5

4,30

3

Aksiyadorlik tijorat “Turon bank”

1052,2

2,03

4

“O'zagrosug'urta Davlat-aksiyadorlik sug'urta kompaniyasi”

813,8

1,57

5

“Ansher Investments” LLP

813,0

1,56

6

ATB “Agrobank”

688,6

1,33

7

“IPOTEKA BANK” ATIB

617,2

1,19




Boshkalar (jami 650 ta jismoniy va yuridik shaxs)

5092,4

9,80




JAMI

51931,8

100,0

Jamiyatning ustav fondi miqdori 51 931 818 805,0 so`mni tashkil etadi. Kompaniya ta‟sischilari yuridik va jismoniy shaxslar bo`lib, eng yirik aksiyadorlar quyidagi jadvalda ko‟rsatilgan.
Kompaniya o`z oldiga qo`yilgan maqsadlarga muvofiq resurs bazasining texnik, tashkiliy, texnologik imkoniyatlarini kengaytirish bo`yicha yetarli moddiy texnik bazaga ega. Xodimlar zamonaviy kompyuterlar bilan ta‟minlangan. Lokal tarmoqda xodimlar bo‟yicha ichki va internetda ulanish uchun pochtalar mavjud. Filiallar bilan o`zaro ichki elektron axborot aylanish tizimi yo`lga qo`yilgan. Xodimlar doimiy yangilanib boriladigan “Norma” huquqiy tizimdan foydalanadilar.
Kompaniya “Uztelekom” AK tomonidan taqdim etiladigan yuqori sifatli telefon aloqasiga ega. Bundan tashkari ko`plab nusxa ko`chiruvchi, faks, printer, modem va boshqa orgotexnika vositalari bilan ta‟minlangan.
Kompaniya tomonidan 2001-2014 yillar mobaynida respublikamiz qishloq xo`jaligiga lizingga yetkazib berilgan texnikalar va lizing oluvchilar soni quyidagi jadvalda ko‟rsatilgan.
2-jadval



Yillar

Lizinga berilgan texnika turlari

Lizing oluvchilar soni

Lizingga berilgan texnikalar soni

2001

7

2108

3314

2002

11

3828

5607

2003

13

5189

7685

2004

14

7352

10933

2005

17

10376

14814

2006

18

13947

18805

2007

18

17700

22634

2008

20

20632

26095

2009

21

23375

29228

2010

23

25684

32664

2011

30

30930

37973

2012

47

33739

42831

2013

43

37085

48091

2014

47

39013

52154

Kompaniya faoliyatining oxirgi besh yillik tahliliga ko`ra, lizingga berilgan texnikalar hajmi va xo`jalik faoliyatidan olingan foydasi o`sib borganligini 3- jadvalda kurish mumkin.




2010 y.

2011 y.

2012 y.

2013 y.

2014.

2015
yilga reja

Lizingga berilgan texnika kiymati (mln.sum)

100 258,0



133 117,0



167 706,9



271 977,7



274 484,6



335 000,0



oldingi yilga nisbatan usish (foiz x,isobida)

196

134

126

162

101

122

Kompaniya daromadlari (mln.sum)



13206,0



17206,0



19629,0



27673,0



34644,0



38108,0

oldingi yilga nisbatan usish (foiz xisobida)

124

130

125

141

125

110

2015 yilda Kompaniyani rivojlantirishning yuqori sur‟atlarini saqlab qolish va iqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash maqsadida 2015 yil uchun kuyidagilar eng muhim ustuvor vazifalar etib belgilangan:



      1. 2015 yil uchun qishloq xo`jalik tehnikalarini lizingga yetkazib berish bo`yicha belgilangan reja ko`rsatkichlarining so`zsiz bajarilishini ta‟minlash;

      2. 2015 yilda lizing to`lovlaridan bo`lgan qarzdorlikni keskin qisqartirish, barcha manbalar hisobidan to`lovlarni amalga oshirishni doimiy ta‟minlash va nazorat yetib borish;

      3. Respublikada hozirgi zamon talabidan kelib chiqqan holda, yerlarni haydashda ishlatiladigan omochlar, mahalliy o`gitlarni sepadigan moslamalar, zamonaviy yuqori unumli haydov traktorlari va chorvachilik yem- hashak o`rish texnikalarini lizingga berish hajmlarini yanada ko`paytirish, meva-sabzavot va bog`dorchilik sohasi uchun zarur bo`lgan mini traktorlar hamda chorva ozuqasini qayta ishlash uskunalarini lizingga berishni yo`lga qo`yish haydov traktorlari va g‟alla o`rish kombaynlariga qayta agregatlanadigan va xar xil funksional jarayonlarni bajarish imkoniyatiga ega bo`lgan shleyf texnikalarni lizingga berishni yanada ko`paytirish;

      4. Kompaniya ustav jamgarmasini orttirish bo`yicha ish olib borish;

      5. Kadrlar sifat tarkibini yaxshilash, malakasini oshirish, shu jumladan, xorijiy davlatlarda konferensiya va seminarlarga tizimli ishtiroklarini yo`lga qo`yish;

      6. 2015 yil uchun “Davlat dasturi” ijrosini amalga oshirish;

      7. Kompaniya va hududiy filiallarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

2015 yilda respublika qishloq xo`jaligi korxonalariga umumiy qiymati 424,9 mlrd.sumlik 5191 dona texnikani lizing shartlarida yetkazib berish ko`zda tutilgan bo`lib, bu qiymat jihatidan 2010 yilga nisbatan 3,5 barobarni, 2014 yilga nisbatan esa 1,2 barobarni tashkil etadi.
Kompaniyaning o`z mablag`lari va jalb qilinadigan mablag`lari hisobidan 3302 dona texnika lizingga beriladi.
Kompaniya daromadini oshirish, qishloq xo`jalik korxonalarining texnikaga bo`lgan talabini to`laroq qondirish maqsadida qo`shimcha manbalardan, bank kreditlaridan foydalaniladi. Quyidagi jadvaldan Kompaniyaning 2011-2014 yillarda banklardan jalb qilingan kreditlarini ko`rish mumkin. Kredit resurslari qishloq xo`jaligi texnikasi yetkazib beruvchi zavodlarga yo`naltirilib, ishlab chiqarish quvvatlarini oshirishga xizmat qiladi va buyurtmalarga asosan lizingga texnikalarni o`z vaqtida yetkazib beradi. Bu o`z navbatida hukumatimiz tomonidan kompaniya oldiga qishloq xo`jalik texnikasini yetkazib berish bo`yicha berilgan topshiriqni bajarilishiga o`zining ijobiy ta‟sirini ko`rsatmoqda.



    1. Yüklə 250,56 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə