Menejment va marketing



Yüklə 250,56 Kb.
səhifə2/19
tarix19.12.2023
ölçüsü250,56 Kb.
#152588
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
korxonalarda tavakkalchilikni boshqarish (1) (3)

II BOB.

O`ZQISHLOQXO`JALIKMASHLIZING” ALKDA
TAVAKKALCHILIKNI BOSHQARISH AMALIYOTI



31

2.1

“O`zqishloqxo`jalikmashlizing” ALKning boshqaruv strukturasi..

31

2.2

“O`zqishloqxo`jalikmashlizing”ALKning iqtisodiyotda tutgan
o`rni...............................................................................................



34

2.3

“O`zqishloqxo`jalikmashlizing”ALKda tavakkalchilikni boshqarish
amaliyoti…………………………………………………………

38

III BOB.

KORXONALAR TAVAKKALCHILIGI VA UNI




BOSHQARISH ISTIQBOLLARI

55

    1. Tavakkalchilikdagi xavfni kamaytirish va rentabellikni oshirish yo`llari...........................................................................................

    2. Innovatsion faoliyat va tavakkalchilik uyg`unligini ta`minlash

istiqbollari......................................................................................

55


62

XULOSA……………………………………………………………………

67



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‟YXATI 70

KIRISH


Mavzuning dolzarbligi. Bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiy tavakkalchilikni hisobga olish va baholash boshqaruv nazariyasi va amaliyotining muhim tarkibiy qismi sifatida mustaqil nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Aksariyat boshqaruv qarorlarining tavakkalchilik sharoitida qabul qilinishi to„liq axborotlarning mavjud emasligi, o„zaro qarama-qarshi g„oyalar, ehtimollik elementlari va boshqa shu kabi ko„plab omillarga bog„liq bo„ladi.
Ma‟lumki, tadbirkorlik olamidagi yutuqlar ko„p hollarda tadbirkorlik faoliyatining tanlangan strategiyasini qanchalik darajada to„g„ri va asosli ekanligiga bog„liqdir. Bunda jiddiy vaziyatlar hisobga olinishi lozim. Tadbirkorlik faoliyatini esa tavakkalchiliksiz tasavvur etish iqtisodiy savodsizlikning bir ko„rinishi bo„ladi deb o„ylaymiz. Umumjahon amaliyotida qabul qilingan tadbirkorlik va ishbilarmonlik faoliyati to‟g‟risidagi qonunchilik hujjatlarida tadbirkorlikka mulkiy mas‟uliyat va o„zining tavakkalchiligi bilan amalga oshiriluvchi, daromad olishga yo„naltirilgan fuqarolar va ular guruhlarining mustaqil, tashabbuskor faoliyati deb ta‟rif beriladi.
Ko„p hollarda tadbirkorlik mustaqillik, tashabbuskorlik, mas‟uliyatlilik, faol izlanuvchanlik, jo„shqinlik va chaqqonlik kabi xislatlar bilan tavsiflanadi. Bu xislatlarning yagona jamlanmasi iqtisodiy faoliyatga xos bo„lib, to„liq asosli holda tadbirkorlik yoki biznes deb ataladi. Tadbirkor uzluksiz ravishda mehnat yutuqlarini ta‟minlash uchun o„z xatti-harakatlarini takomillashtirib boradi, chunki yutuqlar ishlab chiqarish texnologiyalari va tovar sifatini o„zgartirishga, narx, iste‟molchilar doirasi va boshqa ko„plab omillarga bog„liq bo„ladi.
Muammolar yechimining turli yo„llarini topish, tanlash va o„zgartirish faqat muqobil variantlar mavjudligidagina mumkin bo„ladi. Shu sabab tadbirkorlikning zaruriy sharti izlanishda va turli-tumanlik holatida iqtisodiy faoliyatning usullarini tanlash erkinligida namoyon bo„ladi. Biznesni tavakkalchiliksiz tasavvur etish mumkin emas.
Tavakkalchilikning kuchayishi – bu mohiyatan tadbirkorlik erkinligining
aksi bo„lib, buning uchun o„ziga xos to„lov hamdir. Bozor munosabatlari sharoitida yashab qolish uchun texnikaviy yangilanish, dadillik va jo„shqin harakatga tayaniladi, bu esa o„z navbatida tavakkalchilikni kuchaytiradi. Yurtboshimiz ta‟kidlaganidek “Ma‟lumki, biz mamlakatimizdagi ishlab chiqarish korxonalarini modernizatsiya qilish va yangilash, zamonaviy innovatsiyalarga asoslangan va yuksak samarali texnologiyalarni joriy etish bo„yicha o„z oldimizga katta maqsadlar qo„yganmiz” 1.
Demak, bundan tadbirkor tavakkalchilikdan qochmasligi, balki uning darajasini baholay bilishi va tavakkalchilikni pasaytirish maqsadida uni boshqara bilishi lozimligi kelib chiqadi.
Tadbirkorlikning bosh xislati tavakkalchilikdan qochmaslikda, balki uni oldindan ko„ra bilishda va uni eng past darajagacha pasaytira olishda namoyon bo„ladi.

Yüklə 250,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə