Menejment va marketing


-rasm Kompaniya Boshqaruvi tarkibi11



Yüklə 250,56 Kb.
səhifə8/19
tarix19.12.2023
ölçüsü250,56 Kb.
#152588
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
korxonalarda tavakkalchilikni boshqarish (1) (3)

7-rasm Kompaniya Boshqaruvi tarkibi11.


Bugungi kunda kompaniyada mehnat qilayotgan jami xodimlar soni 280 kishini tashkil etib, shundan 203 nafari oliy ma‟lumotga ega. Jumladan, 77 nafar xodim oliy iqtisodiy ma‟lumotga, 55 nafar xodim oliy texnik ma‟lumotga, 28 nafar xodim oliy yuridik ma‟lumotga, 3 nafar xodim “fan nomzodi” ilmiy unvoniga ega.







11 “O`zqishloqxo`jalikmashlizing” ALK 2015-yilga mo`ljallangan biznes-rejasi.
Kompaniya Boshqaruvi rahbarlikni amalga oshirish, Kompaniya faoliyati bilan bog`lik barcha jarayonlarni boshqarish va nazorat qila olish bo`yicha zarur darajadagi bilim va malakaga ega.
Kompaniya tizimida boshqaruvni amalga oshirish, buxgalteriya hisobi va xisoboti, shartnoma- da‟vo ishlarini olib borish, kompaniya mulki hisoblangan va shu kabi boshqa yo`nalishlar yetarli darajadagi bilim va ko`nikmalarga, ish tajribasiga ega bo`lgan xodimlar bilan ta‟minlangan. Ish faoliyatida kompyuterlardan foydalanish bilan bog`lik bo‟lgan barcha xodimlar axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo`yicha lozim darajadagi bilim va ko`nikmalarga ega. Kompaniya tomonidan amalga oshirilayotgan lizing operatsiyalari hajmi yildan-yilga keskin ortib borayotgan bir vaqtda xodimlar sonining chegaralanganligi mavjud mehnat resurslaridan samarali foydalanishni, shu bilan birga xodimlar malakasi oshirilishini talab etadi. Shu maqsadda 2015 yilda mavjud kadrlar tarkibi qayta ko‟rib chiqiladi, vakant turgan lavozimlar to`ldirilib, mehnat sohasida sog`lom ichki raqobat vujudga keltiriladi. Yil davomida o`tkaziladigan qisqa muddatli kurslarda xodimlar malakasini oshirish ishlari davom ettiriladi, ular chet elda lizing sohasi bo`yicha o`tkaziladigan xalqaro konferensiya va seminarlarga yuboriladi. Kasb-xunar kolleji va Moliya instituti talabalarining Kompaniya ijro etuvchi apparati va hududiy filiallarda amaliyot o`tashlari bo‟yicha yo‟lga ko‟yilgan ishlar davom ettiriladi.
2015 yilda Kompaniya tomonidan hududiy filiallarni Kompaniya imidjiga mos keluvchi binolarda faoliyat ko‟rsatishi, moddiy-texnik bazasi mustahkamlanishi, xodimlar uchun talab darajasidagi ish sharoitini yaratish choralari ko‟riladi. Jumladan, Kompaniyaning Qoraqalpog`iston Respublikasi va Buxoro viloyati filiali uchun zamonaviy va har jihatdan talabga javob beradigan yangi bino foydalanishga topshirilishi belgilangan. Shuningdek, O`zbekistan Respublikasi Vazirlar Maxkamasida 2012-yil 9-iyulda o‟tkazilgan 134-sonli yig`ilish bayonining 6-bandi ijrosini ta‟minlash maqsadida, 2015 yilda Qashqadaryo, Samarqand va Namangan viloyatlarida umumiy qiymati 10500,0 mln.sum bo`lgan namunaviy loyihada ofis binosi ko`rilishi rejalashtirilgan.

    1. Yüklə 250,56 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə