Menejment va marketing



Yüklə 250,56 Kb.
səhifə4/19
tarix19.12.2023
ölçüsü250,56 Kb.
#152588
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
korxonalarda tavakkalchilikni boshqarish (1) (3)

Tadqiqot predmeti “O`zqishloqxo`jalikmashlizing” ALK faoliyatini boshqarishda tavakkalchilikni o`rni, boshqarish jarayonini optimal tashkil etish, kadrlar siyosati, innovatsion va salohiyatini takomillashtirish takomillashtirish masalalari olingan.
Mavzuning nazariy-amaliy ahamiyati. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida tavakkalchilikni boshqarish borasidagi nazariyalarni amaliyotga tadbiq etish, tavakkalchilikni boshqarishda iqtisodiy parametrlarni formulalar, tenglik va tengsizliklar orqali tahlil qilishni yo„lga qo„yish. Sanoat tarmoqlarini boshqarishda ilm-fanda erishilayotgan yutuqlarning amaliy ahamiyatini ochib borish va tadbiq qilish.
O‟rganilganlik darajasi. Iqtisodiyotda sifat menejmenti tavakkalchilikni boshqarishni takomillashtirishga doir fikr-mulohazalar sohaning xorij olimlaridan M.A.Rogov, L.N.Tepman, A.S.Shapkin, L.E.Basovskiy, V.M.Mishin, I.M.Lifits, V.M.Klevleev, A.V.Raychenko, M.I.Knish, V.V.Puchkov, Yu.P.Tyutikov, D.Yermax, R.Lazer, D.Lorsh, K.Meyr, P.Milgrom, B.Meyn, D.Seyler, D.Sellivan, D.Tobin, M.Xessel, D.Charxem, A.Shleyfer kabilar asarlarida targ„ib etilgan jihatlari atroflicha o„rganilgan. Bitiruv malakaviy ishi mavzusini boyitish maqsadida M.Sh.Sharifxo„jaev, G„.Hojahmedov, I.Yaxyayeva, M.Umarova, A.Usmonov, G„.H.Hojiahmedov,
I.K.Yaxyayeva, M.N.Umarova, A.A.Usmonov, D.Suyunov, M.B.Xamidulin, K.Tolipov, M.Bo„taboev, Sh.Boboxo„jaev, A.Obidov, D.S.Kosimova kabilarning ilmiy izlanishlari va o„quv adabiyotlaridan samarali foydalanilgan.
Bitiruv malakaviy ishining tarkibi va tasnifi: Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi: kirish uchta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati va ilovalardan iborat. BMI matni 72betni tashkil etib, 3ta jadval, 9ta rasm keltirilgan.

I BOB. Tavakkalchilikni boshqarishning nazariy asoslari

    1. Boshqaruv ilmida tavakkalchilik tushunchasi va uning nazariy jihatlari


Umumjahon amaliyotida qabul qilingan tadbirkorlik va ishbilarmonlik faoliyati to„g„risidagi qonunchilik hujjatlarida tadbirkorlikka mulkiy mas‟uliyat va o„zining tavakkalchiligi bilan amalga oshiriluvchi, daromad olishga yo„naltirilgan fuqarolar va ular guruhlarining mustaqil, tashabbuskor faoliyati deb ta‟rif beriladi.
Ko„p hollarda tadbirkorlik mustaqillik, tashabbuskorlik, mas‟uliyatlilik, faol izlanuvchanlik, jo„shqinlik va chaqqonlik kabi xislatlar bilan tavsiflanadi. Bu xislatlarning yagona jamlanmasi iqtisodiy faoliyatga xos bo„lib, to„liq asosli holda tadbirkorlik yoki biznes deb ataladi. Tadbirkor uzluksiz ravishda mehnat yutuqlarini ta‟minlash uchun o„z hatti-harakatlarini takomillashtirib boradi, chunki yutuqlar ishlab chiqarish texnologiyalari va tovar sifatini o„zgartirishga, narx, iste‟molchilar doirasi va boshqa ko„plab omillarga bog‟liq bo„ladi.
Muammolar yechimining turli yo„llarini topish, tanlash va o„zgartirish faqat muqobil variantlar mavjudligidagina mumkin bo„ladi. Shu sabab tadbirkorlikning zaruriy sharti izlanishda va turli-tumanlik holatida iqtisodiy faoliyatning usullarini tanlash erkinligida namoyon bo„ladi. Biznesni tavakkalchiliksiz tasavvur etish mumkin emas.
Tavakkalchilikning kuchayishi - bu mohiyatan tadbirkorlik erkinligining aksi bo„lib, buning uchun o„ziga xos to„lov hamdir. Bozor munosabatlari sharoitida yashab qolish uchun texnikaviy yangilanish, dadillik va jo„shqin harakatga tayaniladi, bu esa o„z navbatida tavakkalchilikni kuchaytiradi. Demak, bundan tadbirkor tavakkalchilikdan qochmasligi, balki uning darajasini baholay bilishi va tavakkalchilikni pasaytirish maqsadida uni boshqara bilishi lozimligi kelib chiqadi.
Ishlab chiqarishning barcha sohalarida, ayniqsa kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda tavakkalchilik holatini o„rganish foydani oshirishga keng imkoniyat yaratadi. Sobiq ittifoqda boshqarish va iqtisodiyot nazariyasida tavakkalchilik voqeligiga mutlaqo e‟tibor berilmagan. Shu sababli iqtisodiyot
katta yo„qotishlarga uchragan.
Yuqorida ta‟kidlanganidek, mamlakatimizning mustaqillikka erishishi, bozor munosabatlariga o„tishi iqtisodiyotga oid fanlar turkumiga “risk” – tavakkalchilik tushunchasining kirib kelishiga sabab bo„ldi.
Hozirgi kunda, respublikamiz universitet va institutlarida umumiy “risk menejmenti” bilan bir qatorda tarmoq va soha tavakkalchiliklari ham alohida fan sifatida o„qitilmoqda.
Mavjud adabiyotlarda tavakkalchilikning xislat, xususiyat va elementlari obyektiv va subyektiv jihatlari, o„zaro munosabatlari va mazmunini anglash turlicha tavsiflangan.
Tavakkalchilikning mohiyati to„g„risidagi xilma-xil fikrlar ko„p hollarda bu hodisaning serqirraligi, amalda mavjud xo„jalik faoliyati qonuniyatlarida uning to„liq tan olinmasligi, shuningdek real iqtisodiy amaliyotda va boshqaruv faoliyatida yetarlicha qo„llanilmasligi bilan sharhlanadi.
Bundan tashqari tavakkalchilik - bu bir-biriga mos kelmaydigan, ba‟zida hatto qarama-qarshi real holatlar yig‟indisidan iborat murakkab jarayondir. Tavakkalchilik tushinchasi rus tilidagi “risk” so„ziga ekvivalent sifatida olinadi. Endi “risk” toifasidagi tushunchaga nisbatan mavjud ba‟zi-bir yondashuvlarni qarab chiqamiz.
Shunisi diqqatga sazovorki, maxsus lug„atlarda (falsafa, harbiy, iqtisodiy va h.k.z.) “risk” tushunchasi umuman uchramaydi. U hatto katta sovet ensiklopediyasi va Sovet ensiklopedik lug„atining oxirgi nashrlarida, besh tomli falsafiy ensiklopediya va falsafiy ensiklopedik lug„atda hamda “Ilmiy-texnik taraqqiyot lug„ati” va boshqalarda ham uchramaydi. Tahlillar adabiyotlarda “risk” to„risidagi tushunchaga omadsizlik yoki xavf-xatarga (xavf-xatar holati) imkoniyat degan ta‟rif keng tarqalganligini ko„rsatadi. Iqtisodiy adabiyotlarda ham shunday hol ko„zatiladi.Jumladan, “Moliyaviy menejment” kitobida unga quyidagicha ta‟rif beriladi: “Risk - tavakkalchilik - bu bashorat qilinayotgan variantlarga nisbatan daromad ololmaslik yoki zararlarning paydo bo„lish ehtimoliyatidir. “Zamonaviy biznesda tavakkalchilik” kitobida: tavakkalchilikka
ma‟lum bir ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatni amalga oshirish natijasida qo„shimcha xarajatlarning paydo bo„lishi yoki daromadning olinmasligi hamda tashkilot tomonidan o„z resurslarini yo„qotish ehtimolligini anglash deb ta‟rif beriladi2.
Yuqorida keltirilgan barcha ta‟riflardan: “tavakkalchilikni xavf-xatar, zarar ko„rish holati” - degan xususiy xislatini ajratib ko„rsatish mumkin bo„ladi. Lekin keltirilgan ta‟riflar tavakkalchilikning barcha mazmuni va mohiyatini to„liq ifodalay olmaydi.
“Tavakkalchilik” ta‟rifini to„liq belgilash uchun, oldin “tavakkalchilik vaziyati” tushunchasiga ta‟rif berishimiz kerak, chunki bu bevosita “tavakkalchilik” atamasi mazmuni bilan uzviy bog‟liqdir.
Biz rus lug„atida qabul qilingan “risk” so„zini “tavakkalchilik” deb tarjima qildik. Bu atamaga yana ekvivalent o„zbek tilida «qaltislik» va «risk»ni o„zini ishlatish kerak degan fikrlar bor. Chunki «Tavakkalchilik» so„zi «Risk»ni to„la mazmunini o„zbek tilida ifodalay olmaydi. Kelajak o„zbek tilida qaysi so„zni tanlashni ko„rsatib berar. «Vaziyat» tushunchasi u yoki bu faoliyat uchun imkoniyat yaratuvchi turli holat va shart-sharoitlar jamlamasining birikuvi deb ta‟rif berish mumkin. Bunday holda vaziyat mazkur faoliyatini amalga oshirish uchun imkoniyat yaratish yoki unga to„sqinlik qilishi mumkin.
Har xil vaziyat turlari ichida, tavakkalchilik vaziyati alohida o„rin tutadi.
Aksariyat iqtisodiy jarayonlarni amal qilish va rivojlanishi noaniqlik ya‟ni mavhumlik elementlarga tayanadi. Bu esa bir xil yechimi bo„lmagan vaziyatlarni yuzaga kelishiga asos bo„ladi.
Agar u yoki bu vaziyatni ehtimoliyati darajasini miqdor va sifat jihatdan aniqlash imkoniyati mavjud bo„lsa u tavakkalchilik vaziyati bo„ladi.
Tavakkalchilik vaziyatlardan «chiqish uchun», subyekt tanlov o„tkazadi va uni amalga oshirishga harakat kiladi. Tavakkalchilik tushunchasini anglash aynan shu jarayonda o„z ifodasini topadi. Subyektning faoliyat rejasi esa bu jarayon tavakkalchilik tushunchasini anglashda o„z ifodasini topadi. Amalga



2 Xodiev B.Yu., Karlibaeva R.X., Akramova N.I. “Korporativ boshqaruv” T.: “Cho„lpon”, 2011. – B.302.
oshirishga harakat qilish uchun qaror tanlovi bosqichida bo„lganidek, amalga oshirish bosqichida ham mavjud bo„ladi.
Bu va boshqa hollarda tavakkalchilik konkret ziddiyatlarni noaniq vaziyatda rivojidagi qarama-qarshi intilishlari orqali amaliy yechimini topish usuli bilan subyekt tomonidan noaniqliklarni olish modelini ifodalaydi. Bunday sharoitda «Bozor va tavakkalchilik» kitobida keltirilgan «tavakkalchilik» tushunchasining ta‟rifi ancha to„liq ifodalanadi. Tavakkalchilik- bu omadsizlik holatida vaqtincha tanlovga qadar bo„lgan holdan ham yomon vaziyatda bo„lish imkoniyati mavjud bo„lganida tanlov sharoitida amalga oshiriluvchi faoliyat (xatti-harakat)dir. Bu ta‟rifda omadsizlik xavf-xatar holati bilan bir qatorda, alternativlik (muqobillik) kabi xislat ham ishtirok etadi.
Bizning fikrimizcha tavakkalchilikning ancha to„liq ta‟rifi «Tavakkalchilik va uning jamiyat hayotidagi roli» kitobida berilgan.
Tavakkalchilik- bu muqarrar tanlov vaziyatidagi noaniqliklarni bartaraf etish bilan bog„liq jarayonda ko„zlangan natijalarga erishish omadsizlik va maqsaddan chekinish ehtimolini miqdor va sifat jihatdan baholash imkoniyati mavjud holdagi faoliyatidir.
«Tavakkalchilik»- hodisasida uning mohiyatini tashkil etuvchi va o„zaro bog„liq bo„lgan quyidagi asosiy elementlarini ajratib ko„rsatish mumkin:
-tanlangan muqobillikni (alternativni) amalga oshirish maqsadida ko„zlagan maqsaddan chekinish mumkinligi;
-ko„zlagan natijaga erishishning ehtimolligi.
-ko„zlagan maqsadga erishish uchun ishonchsizlik (ishonchning yo‟qligi)
-muqobillikni noaniq sharoitdagi tanlovni amalga oshirish bilan bog„liq moddiy, ma‟naviy va boshqa yo„qotishlarning mavjudligi.
Tavakkalchilikning muhim elementlaridan biri bu tanlangan maqsaddan chekinish ehtimolini borligidir. Bunday holdagi farqlanish ijobiy va salbiy xislatda bo„lishi mumkin.
Ko„rsatib o„tilgan elementlar, ularning o„zaro bog„liqligi va o„zaro ta‟sirchangligi tavakkalchilikning mazmun mohiyatida namayon bo„ladi.
Shu bilan bir qatorda tavakkalchilikga uning mohiyatini anglash imkonini beruvchi bir qancha xislatlar xosdir.
Tavakkalchilikka uning mohiyatini anglash imkonini beruvchi xislatlar: 1.Qarama-qarshilik (zidlik)

  1. Alternativlik (muqobillik) 3.Noaniqlik (mavxumlilik)

Qarama-qarshililik- tavakkalchilikning muhim xislatlaridan biri bo„lib u turli qarashlarda namoyon bo„ladi.
Tavakkalchilik- faoliyatining xilma-xilligini ifodalar ekan, bir tomondan tanlov muqarrarlik vaziyatida va noaniqlik sharoitidaligi murakkab uslublar bilan umum ahamiyatga moyil natijalarni olishga yo„naltirilgan bo„ladi. Shu bilan bir qatorda u konservatizm, do„g„matizm, qoloqlik kabi jamiyat tarakkiyotga ruhiy to„siqlarni bartaraf etadi. Tugamoq bo„luvchi ruhiy to„siqlarni bartaraf etadi va yangi istiqbolli faoliyat turlarini joriy etishga qarshilik jamiyat taraqqiyotiga tormoz qiluvchilarga qarshi muvoffaqiyatni ta‟minlashga yo„naltirilgan yangi istiqbolli faoliyat turlarini joriy etishga tashabbuskor ijtimoiy eksprimentlarni yangi g„oyalarni amalga oshirishni ta‟minlaydi.
Tavakkalchilikning bu xususiyati muhim iqtisodiy, siyosiy va ma‟naviy ruhiy oqibatga sabab bo„ladi chunki u jamiyat va texnika taraqqiyotini ta‟minlaydi, jamoatchilikning fikrlash doirasiga ijobiy ta‟sir etadi. Ikkinchi tomondan, tavakkalchilik avaityurizm, valyuntarizm, subyektivizimga, ijtimoiy taraqqiyotni tormozlashga olib keladi.
Tavakkalchilikning qarama-qarshi tabiati mavjud tavakkal harakatlarning to`qnashuvida namoyon bo„ladi. Masalan u yoki bu harakatni amalga oshirish uchun maqbul yo„lni tanlagan kishi o„zini tavakkal ish qilgan deb hisoblasa, boshqa odamlar tomonidan u ehtiyotkorlik, har qanday tavakkalchilikdan xolis yoki aksincha deb baholash mumkin.
Tavakkalchilikning muqobillik xususiyati ikki va undan ortiq variantdagi imkoniyatlar yo„nalishlar harakatlar orasidan o„ziga mos - keluvchi variantni
tanlash zaruratidan kelib chiqadi. Tanlov imkoniyatining mavjud bo„lmasligi, tavakkalchilik holatini inkor etadi. Qayerdagi tanlov bo„lmasa u yerda tavakkal harakatdagi vaziyat yuzaga kelmaydi, demak tavakkalchilik mavjud bo„lmaydi. Tavakkal vaziyatning aniq mazmuniga bog„liq xolda alternativlik turli darajada murakkablikga ega bo„ladi va u turli usullarda hal etiladi. Agar oddiy vaziyatlarda tanlov amalga to‟plangan tajriba va ichki xis-tuyg„uga asoslansa, murakkab vaziyatlarda qo‟shimcha maxsus usul va uslublardan foydalanish zarur. Tavakkalchilikni mavjudligi bevosita o„z mazmun shaklining xilma-xiligi
bilan farqlanuvchi noaniqliklar bilan bog„liq.
Tavakkalchilikning bu xislatiga tavakkalchilik manbaalarini o„rganayotganimizda batafsil to‟xtalamiz. Bu erda biz faqat «tavakkalchilik»ni ishonchsiz va bir xillikni inkor etuvchi noaniqlikni «bartaraf etish»usullari sifatida qarab chiqamiz.
Tavakkalchilikni bu xislatiga e‟tiborni qaratishimizning muhimligi shundan iboratki u noaniqlikning obyektiv va subyektiv manbaalarini inkor etadi va boshqaruv jarayonlarini amalda optimallashtiradi, qolaversa gap qandaydir noaniqliklarni to„liq bartaraf etish ustida emas (amalda mumkin bo„lmagan), balki ratsional alternativni tanlash maqsadida tavakkalchilikni hisobga olish zarurati ustida ketmoqda.
Tavakkalchilik- bu mumkin bo„lgan noaniqliklarda ma‟lum hajmdagi faoliyatni bajarish, ya‟ni bajariladigan ishlar natijasiga zarar yetkazuvchi har xil ziyonlar yoki katta hajmda daromad olish imkoniyatidir3.
Ko„p hollarda tadbirkor ma‟lum bir tavakkal asosida ishlab chiqarishga majbur. Majburiy tavakkalchilikda tavakkalchilikni boshqarish uchun mumkin bo„lgan noaniqliklarni bartaraf etishga intilinadi. Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o„tishida talab va va taklif munosabatlari orasida ham ma‟lum bir tavakkalchilikga tayaniladi.



3 Sharifxo„jayev M., Abdullayev Yo.“Menejment”. Darslik. T.: “O„qituvchi”, 2001. – B.702.
Qarorlar qabul qilishda 2 turdagi tavakkalchilikni o‟rganishni taklif etiladi:



Umumdavlat qarorlarini qabul qilish
Mahalliy ahamiyatga molik qarorlar qabul qilish

    1. rasm. Qarorlar o„rganish qabul qilishda tavakkalchilikni4.


Noaniq qarshiliklar natijasida yuzaga keluvchi tavakkalchilik «Vis major» deyiladi. Ko„p hollarda noaniqliklar va tavakkalchilikni sinash tushunchalar deyiladi. Lekin (tavakkalchilik uchun) noaniqliklar ba‟zi hollarda tavakkalchilik sifatida ko„rinadi yoki ba‟zi bir noma‟lum hodisalarni paydo bo„lishida yoki paydo bo„lishi bizga noaniq vaziyat ehtimoli ko‟rinishida paydo bo„ladi. Amalda uzoq muddatli va qisqa muddatli tavakkalchilik mavjud.
Uzoq muddatli tavakkalchilik qishloq xo„jaligi va uning tarmoqlarini rivoji bilan bog„liq bo„lib ko„p xollarda butun xalq xo„jaligi darajasida qabul qilinadi.
Qisqa muddatli tavakkalchilik kon‟yunkturali hisoblanadi, ya‟ni ma‟lum vaqt davomida bajariladigan ma‟lum turdagi ishlarni bajarishda qabul qilinadi.
Bundan tashqari tavakkalchilik o„zining mazmun va mohiyatidan kelib chiqib quyidagi turlarga bo„linishi mumkin: tarmoqlar bo„yicha tavakkalchilik va sohalar bo„yicha tavakkalchilik.
Rivojlanish yo„lini tanlash sohasidagi tavakkalchilik to„g„risidagi masalalar ichki va tashki bozor muammolari bilan bog„liq holda qarab chiqiladi.

Mamlakat iqtisodiyotini ko„zlangan masalalarida uni bajarayotgan korxona maqsadga erisha olmasa, bu yuqori organlarning rejalashtirishdagi xatosi bilan emas, balki shu korxonaning rejalashtirishdagi kamchiliklar tufayli sodir bo„ladi, deb hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan yondoshilganida rejalar qanchalik puxta
4 Сабиржанова Д., Туляганова Ш. Совершенствование корпоративного управления// Рынок, денги и кредит.-2006.-№3.-С.62-64

ishlangan bo„lsa, tashkilot uchun tavakkalchilik shunchalik kam bo„ladi. Shunday qilib, ilmiy asoslangan rejalashtirish – bu tavakkalchilikning xatarli oqibatlarini kamaytirish usulidir. Shu bilan bir qatorda maxsus adabiyotlarda, rejalashtirish tavakkalchilikka qarshi kurash vositasi deb qaralmasligi lozim, - degan nuqtai nazar mavjud. Ilmiy asoslangan rejalashtirish – noaniqlarni kamaytiruvchi ishonchli omil hisoblansada, eng yaxshi reja ham, ijtimoiy iqtisodiy vaziyatdan yuzaga keluvchi noaniqliklarning barcha unsurlarini o„zida mujassamlashtira olmaydi.
Ichki va tashqi bozor bilan bog„liq tavakkalchilik turlari bir-biri bilan mustaxkam aloqada bo„lgan, bir biriga ta‟sir etuvchi ko„plab umumiy unsurlarga ega. Shuning uchun tavakkalchilikning bu ikki turini birinchi navbatda ichki va tashqi bozor uchun xarakterli bo„lgan xislatlarini inobatga olib qarab chiqamiz. Ichki bozor bilan bog„liq tavakkalchilikning tashkil etuvchi muhim unsurlariga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
-eski va yangi mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi va strukturasini aniqlash bilan bog„liq tavakkalchilik (Biz bu masalani yangi va eski mahsulotlarni parallel ishlab chiqarishning afzalligi va kamchiliklari to„g„risida gapirganimizda ko„rib chiqqan edik);
-mahsulot ishlab chiqarishda yangi mahsulot ulushini sezilarli darajada ortishini ilmiy tad qiq qilishni moliyalashtirish to„g„risida bir qarorga kelish bilan bog„liq tavakkalchilikni o„sishi (bu erda yangi ishlab chiqarilgan mahsulot talab darajasidagi sifatga javob bera oladimi? degan masalaga befarq bo„lib bo„lmaydi). O„zini oqlagan yangi texnologiya importi rivojlanish sohasidagi tavakkalchilikni pasaytiradi, shuningdek u ortiqcha foyda qismini saqlab qolish imkonini yaratadi (baho tarkibidagi tavakkalchilik ulushini kamaytirish hisobiga), chunki mahsulot bozorga baho egri chizig„ini ancha yuqori nuqtasida ekanlichidagi narxda boradi.
Ishlab chiqarish bilan bog„liq tavakkalchilik (ya‟ni tashkilot ixtiyorida ma‟lum bir davr davomida oldindan nazarda tutilgan sifat va miqdordagi ishlab chiqarish zahiralari bo„ladimi?)
-bozor bilan bog„liq tavakkalchilik (ya‟ni yangi va eski mahsulot taklifi to„lovga qobil talab miqdoriga mos keladimi?)
Xarajat va narx bilan bog„liq tavakkalchilik (ya‟ni oldindan hisoblangan yoki past narxda sotilganda to„lovga qobil talab mahsulotga bo„lgan ehtiyoj xarajatlarini qoplaydimi? va haqiqiy xarajatlarni hisobga olganda daromad olish mumkinmi)
Korxonani rivojlantirish sohasiga oid qaror qabul qilishda ko„proq darajada xalqaro mehnat taqsimoti va uning ehtiyojiga tayanish lozim bo„ladi. Buning mazmuni shuki, nafaqat bizdagi mavjud moddiy resurslar birinchi navbatda ichki ehtiyojlarni qoldirish zaruratidan kelib chiqqan holda balki xalqaro iqtisodiy tendensiyalarini, ulardan foydalanish, nisbatan qulaylik darajasini hisobga olib taqsimlanishi lozim.
Boshqacha qilib aytganda mavjud resurslar ma‟lum darajadagi noaniqlikda baholanuvchi tashqi omillarni o„rganish asosida taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi lozim.
Barcha bu dalilsiz baholar o„z ichiga xilma-xil tavakkalchilik elementlarini oladi: aynan kutilgan va kutilmagan hodisalarni kelgusida sodir bo„lish yoki bo„lmasligi bilan bog„liq tavakkalchilik, (har xil teng sharoitda) oldindan baholash tizimidagi o„zgarishlar imkoniyati bilan bog„liq tavakkalchilik; foydalanilayotgan oldindan baholash davomidagi axborotlarning aniqligi bilan bog„liq tavakkalchilik.
Agar ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarilsa va u yangi mahsulot bo„lsa u holda bu mahsulot iste‟molchi tomondan faqatgina ishlab chiqarishda texnologik qayta ko„rishdan so‟nggina foydalanilishini hisobga olish lozim. Shuning uchun yangi uskunalarni olish, uni o„zlashtirish uchun zarur bo„lgan kapital qo‟yilmani qo„shimcha xarajatlar va iste‟molchi tomonidan bu xarajatlarni qoplash manbaalarini hisobga olish zarur.
Agar gap an‟anaviy mahsulotlar ustida borsa, u xolda texnologiyani yangilash, ancha zamonaviy yoki ancha arzon mahsulot ishlab chiqarishga sabab bo„ladi.
Kundalik ehtiyoj mollari ustida gap borsa (tekistil, tamaki, oziq-ovqat va kiyim-bosh tovarlari), yangi mahsulotni bozorda paydo bo„lishi va bozorni bu tovar bilan to„yinishi, ularni sotishda qiyinchilik tug„diradi.
Eski mahsulot ishlab chiqarilgan holatda bunga qo„shimcha iste‟mol strukturasini o„zgarishi ham qo„shiladi.
Raqobatchilarning ishlab chiqarishni rivojlantirishlari yo„nalishidagi imkoniyatlari to„g„risidagi axborotlardan doimo xabardor bo„lib turish lozim va bu axborotlarni quyidagi uch manbaadan olish mumkin:
-chet ellardagi ilmiy tadqiqotlar axborotidan;
-kapitallar to„g„risidagi axborotlardan (qimmatli qog„ozlar va aksiyalar chiqarishga yo„naltirilgani);
-dotatsiya, imtiyoz va davlat subsidiyalari to„g„risidagi ma‟lumotlardan (davlat tomondan qo„llab quvvatlanuvchi ilg„or mahsulotlarni ishlab chiqarish texnologiyasini ishlab chiqish bilan bog„liq tadqiqotlar).
Tavakkalchilikni boshqarish bu qandaydir darajada tavakkal vaziyatlar sodir bo„lishi imkoniyatini bashorat qiluvchi hamda ularning salbiy oqibatlarini bartaraf etish imkonini beruvchi tadbirlar, usullar va uslublar jamlanmasi deb ta‟rif beriladi. Tavakkalchilikni boshqarish bir tizim sifatida 2 kichik tizimdan tashkil topadi. Unga boshqariluvchi quyi tizim (boshqaruv obyekti) va boshqaruvchi quyi tizim (boshqaruv subyekti) kiradi.
Tavakkalchilikni boshqarish tizimida boshqaruv obyekti bo„lib kapital kiritishning tavakkalchiligi va tavakkalchilikni amalga oshirish jarayonlari xo„jalik subyektlari (tadbirkor va raqiblar, raqobatchilar, qarz oluvchi va qarz beruvchilar, sug„urtachi va sug„urtalanuvchilar) orasidagi iqtisodiy munosabatlarga aytiladi.
Bu sohada tadbirkorning asosiy vazifasi-loyiha qanchalik daromadli bo„lsa, uni amalga oshirishda tavakkalchilik darajasi shunchalik yuqori bo„lishidan kelib chikib, mazkur loyiha uchun daromad va tavakkalchilikning birikuvini optimal darajada ta‟minlovchi harakat variantini topishdan iborat bo„ladi. Bu yerda shuni qayd etish lozimki, ilmiy jarayonning ajralmas bo‟lagi bo„lgan
tavakkalchilikning mavjudligi, shuningdek, bu sohada qo„llanilayotgan boshqaruvga ta‟sir vositalari shunga olib kelmoqdaki, tavakkalchilikni boshqarish qator hollarda maxsus mustaqil kasbiy faoliyat sifatida namoyon bo„lmoqda.




  • kuchaygan tavakkalchilik sohalarini aniqlash;

  • tavakkalchilik darajalarini baholash;

  • tashkilot uchun mos keluvchi tavakkalchilik darajasini taxlil qilish;

  • zarur vaziyatlarda tavakkalchilik darajasini pasaytirish yoki undan himoyalanish tadbirlarini ishlab chiqish;

  • tavakkalchilik hodisasi sodir bo‟lganida undan ko‟rilgan zararni maksimal darajada qoplash bo‟yicha tadbirlar ishlab chiqish.


    1. rasm. Kutilayotgan tavakkalchilikni aniqlash va uni darajasini pasaytirish5.


Bu turdagi faoliyatni ixtisoslashgan institutlar mutaxassislari, sug„urta kompaniyalari, shuningdek, moliyaviy, tavakkalchilik bo„yicha menjerlar sug„urta mutaxassislari amalga oshiriladi.
Tadbirkorlik faoliyatining xususiyatiga qarab, tavakkalchilik sharoitida qaror qabul qilish yoki uni amalga oshirish bo„yicha aniq usul va uslublar ma‟lum darajada farq kiladi, hamda firmaning maqsadga erish uchun tanlangan strategiyasi, konkret vaziyatga bog„liq bo„ladi.
Birinchi prinsipni amalga oshirishning ma‟nosi shuki tadbirkor qaror qabul qilishda quyidagilarga e‟tibor berishi lozim:





5 Сабиржанова Д., Туляганова Ш. Совершенствование корпоративного управления// Рынок, денги и кредит.-2011.-№3.-С.62-64.
-agar ishi aksiga sodir bo„lsa ko„radigan zararini maksimal hajmini hisobga olishi;



-uni kirayotgan kapitali va boshqa xususiy moliyaviy resurslar bilan taqqoslab kelgusida ko„rilgan zarar bankrotga olib kelmasligini hisobga olish lozim.
    1. rasm. Tavakkalchilik darajasini pasaytirish bo„yicha tavsiyalar6.


Ikkinchi prinsipni amalga oshirish esa tadbirkor ko‟rinisih mumkin bo„lgan zarar miqdorini bilgan holda tavakkalchilik ehtimoli qanday uning oqibati nimaga olib kelishni aniqlashini hamda bu ma‟lumotlar asosida tadbirkor tavakkalchilik xatari uchun mas‟uliyatini o„z zimmasiga olish yoki shu mas‟uliyatni o„zgalar (sug„urtalash orqali) zimmasiga yuklash yoki shu tadbirni bajarishdan voz kechish to‟g‟risida qaror qabul qilishni talab qiladi. Uchinchi prinsipni amalga oshirishda tadbirkor xatarga borishni tavakkal qilishda uning nazarida tutayotgan natijalarni, yo„qotish hajmini hisobga olish lozim.

    1. Yüklə 250,56 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə