Menejment va marketing


Korxonalarda tavakkalchilikni boshqarishning xorij tajribasi



Yüklə 250,56 Kb.
səhifə6/19
tarix19.12.2023
ölçüsü250,56 Kb.
#152588
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
korxonalarda tavakkalchilikni boshqarish (1) (3)

1.3 Korxonalarda tavakkalchilikni boshqarishning xorij tajribasi


Qarorlar loyihasini tayyorlashda chop etilgan rivojlangan mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bashoratlarini o„rganish kerak. Lekin bu erda ham o„ziga xos murakkablik mavjud. Chunki bu bashoratlarning asosiy maqsadi davlat va tadbirkorlar uchun asosiy iqtisodiy ko„rsatgichlarni shakllantirish to„g„risida (jamoatchilik xarajatlari, zaxiralar xolati, shaxsiy iste‟mol, eksport, import, narx, bandlik, sanoat ishlab chiqarish, ish haki darajasi va uning dinamikasi) ma‟lumot berishdan iboratdir.
Amerikalik ishbilarmonlarga xos bo„lgan tavakkalchilikni Amerika iqtisodiga chapani muhojirlar olib kelganlar va singdirganlar. Ular o„troq va ehtiyotkor yerli aholini o„z ishbilarmonlik faoliyatida tavakkalchilik ham qilib turishga majbur etishgan.
Amerkacha ta`rifga ko„ra, tavakkalchilik- bu biron ish bilan shug„ullanish oqibatida zarar ko„rib qolishdan qutilib qolish imkoniyati. Albatta, ba`zi xavflarni sug„urta kompaniyalari bilan shartnoma tuzish orqali ulushini olish mumkin. Biroq xavfning asosiy og„irligi, ya`ni:
-menejerning xatosi;
-narx o„zgarishi;
-talabning susuayishi;
-noto„g„ri tanlangan loyiha;
-ishchilarning noroziliklari va boshqalar ishbilarmonlarning yelkasiga tushadi.
Ammo, umuman Amerika tajribasi ishbilarmonlik tavakkalchiliksiz mumkin emasligidan guvohlik beradi. Kimki hech bir tavakkal qilmasa, oxir- oqibatda xonavayron bo„ladi.
Ishbilarmon hali chiqargan mahsulotining bozori yurishishi kafolatiga ega bo„lmasdan ular ustida tadqiqotlar olib borishga, ishlab chiqarishni kengaytirish va yangilini ko„rishga tavakkal qilib o„n ming yoki millionlar sarflaydi. Uning har bir harakatida omadsizlik xavfi yashiringan.
Xavflilik omili mablag„ va quvvatlarni tejashning kuchli rag„batlantiruvchisi hisoblanadi. U:
1.Korxona ( firma)ni loyihalar rentabelligini ming bora tahlil etishga; 2.Xarajatlar bo„yicha hisob-kitobni puxta bilishga;

  1. Quvvatlarni sotib olish va kadrlarni yollashga o„ta jiddiy yondashishga majbur etadi.

Shunday qilib, tavakalchilik har qanday ishlab chiqaruvchi yoki har qanday bank faoliyatining vaziyatga bog„liq tomoni bo„lib, shu faoliyatning oxiri nima bilan tugashi noaniqligini va omad yurishmasa, oqibatda zarar ko„rishi mumkinligini aks ettiradi.
Tavakkalchilik foydadan mahrum bo„lish va boshqa sabablarga ko„ra zarar ko„rish singari yomon oqibatlar ro„y berish ehtimoli bilan ifodalanadi. Shu ma`noda Amrikacha talqinda tavakkalchilik bu- oqibatning yaxshi bo„lishiga umid bog„lab, xavf ehtimolligini zimmasiga olingan holda qilinadigan harakat.
Tavakkalchilik-bu resurs yoki daromaddan to„la yohud qisman yo„qotish xavfi. Bu noaniqlik sharoitida har qanday dovyurak menejer uchun tabiiy holat, vaziyat. Tavakkalchilik botirning ishi.
Ertangi kun yoki kelajakda nima bo„lishini oldindan aniq bashorat qilib bo„lmas ekan, barcha qabul qilinadigan qarorlar tavakkalchilik bilan bog„langan. Shu sababli tavakkalchilikdan qochmaslik kerak, balki uni oldindan ko„ra bilib, tug„ilishi mumkin bo„lgan xavf darajasini pasaytirishga harakat qilish lozim.
Amerika tajribasiga ko„ra biznesning barcha tashabbuskorlari tavakkalchilikka borishi zarur. Amerika tajribasiga ko„ra bashoratlarning ojiz
tomoni to„lov balansi va xalqaro kapital harakati sohasida namoyon bo„ladi. Bashoratlash bilan shug‟ullanuvchi barcha tashkilotlar nuqtai nazarida aytib o‟tilgan bu parametrlarni kelgusidagi qiymatini aniqlash - hali to‟liq ishlab chiqilmagan (unga turistik sayohatlar, xalqaro yuk tashishlar, xizmat ko‟rsatish pul mablag‟larini uzoq muddatli harakati kabilarda kapital harakatini jilovlab bo„lmasligi kiradi)
Ko„p hollarda u shunchaki gumon bo„lib qoladi. Agar gap kapitalni o„zoq muddatli harakati to„g„risida boradigan bo„lsa, bir qancha hammaga ma‟lum bo„lgan omillar e‟tiborga olinadi, ammo ko„p hollarda bunday bashoratlar katta invesitsiyaga asoslangan bo„ladi. Shunday qilib, ishlab chiqarish va sotish to„g„risidagi tadkqiqotlarga oid xabarlar kabi kapital va investitsiyalar harakati to„g„risida ma‟lumotlardagi noaniqliklar ham tavakkalchilikni bir tarkibiy qismi hisoblanadi. Shuning uchun foydalanilayotgan xabarlardagi noaniqlikning bir xillilik xislati juda muhimdir. Oldindan baholanuvchi ekzogen ma‟lumotlar ichidagi eng keyin aniqlanuvchi ko„rsatkichlardan biri bu sotishdagi ko„zlanayotgan narx darajasi hisoblanadi. Aniq belgilanuvchi narx ko„plab omillarga bog„liq. Ulardan eng muhimlariga ishlab chiqarish xarajatlari hajmi; mahsulot sifati, taklif o„lchami, uxshash mahsulotga almashtirish imkoniyati, ehtiyojni to„lovga qobillik hajmi va h.z) kiradi.
Ishlab chiqarish xarajatlari hajmini asossiz baholashda, o„ziga nisbatan raqib tashkilotlardagi ishlab chiqarish xarajatlari hajmini tahlil qilishga intilish lozim.
Ayni paytda o„zining mahsulotini tannarxi, zarur axborot bo„lmaganida, konkurent mahsulot tannarxini hisoblashda asos qilib olish mumkin. Bunday kiyosiy tahlil xarajatlar strukturasini umumiy hajmni tashkil etish darajasiga qarab, muhim bandlarga ajratib o‟rganishdan boshlanadi. Tavakkalchilikga tayanib qabul qilingan qarorlar qabul qilinishi bir muhim obyektiv mezon ya‟ni rahbarni qarorlar qabul qilishda qanday chegaradagi tavakkalchilikga borish mumkin degan muhim obyektiv mezonga bog„liq bo„ladi. Oqilona tavakkalchilikni asosiy fondlar, ishlab chiqarish hajmi, rentabellilikda
daromadlilik darajasi, xo„jalikning moliyaviy holati kabi parametrlar bilan bog„liq holda ko„rib chiqish kerak. Korxonada ishlab chiqarish nomeniklaturasi xilma-xil bo„lib, moliyaviy holati qanchalik barqaror bo„lsa, tavakkalchilik xavfi shunchalik past bo„ladi. Demak, bu korxona qanchalik ko„p turdagi mahsulot ishlab chiqarib, katta kapitalga ega bo„lsa u tavakkalchilikga shunchalik kam darajada ta‟sirchan bo„ladi. Bunday xo„jalik rahbarlari, dadil holda tavakkalchilik vaziyatlarda qaror qabul qila oladi.
Mulohazalar bo„yicha rahbarning tavakkalchilik sharoitidagi ma‟suliyati faqat aniq qarorlar darajasi bilan tadqiq etilishi mumkin.
Rahbar qaror qabul qilish jarayonida, agar korxona ixtiyoridagi fondlar korxonani rivojlantirish masalalari o„lchamiga mos kelsa tavakkalchilikka borishi mumkin. Bu uchun asos bo„lib: mahsulotlarni sotish va ishlab chiqarishni uzluksizligi, daromadli xo„jalik yuritish, iste‟molchilar va transportchilar bilan bir maromdagi aloqalar, to„lovga qobillikning yuqori darajasi, aniq buxgalteriya hisobi, moliyaviy tizim rivojlanishi va boshqalar xizmat qilishi mumkin

Yüklə 250,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə