Menejment va marketing


Korxonalarda tavakkalchilikni boshqarishning turli yondashuvlar



Yüklə 250,56 Kb.
səhifə5/19
tarix19.12.2023
ölçüsü250,56 Kb.
#152588
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
korxonalarda tavakkalchilikni boshqarish (1) (3)

Korxonalarda tavakkalchilikni boshqarishning turli yondashuvlar



Tadbirkor uchun tavakkalchilikdan ko„rilgan zarar va foyda nisbatan qoniqarli bo„lsagina tavakkal qilish tug„risida bir qarorga kelish mumkin. Bu yerda shuni ta‟kidlash lozimki, har bir yuqorida qayd etilgan nisbatni mos kelgan har bir aniq vaziyati xilma xil bo„lib u ko„plab omillarga ya‟ni mulkiy
6 Мартин Г., Хетрик С. “Корпоративные репутации, брендинг и управление персоналом”. Учебник. М.::
«Группа ИДТ», 2013. – 23-с.
xolatga tadbirkorning tavakkalchilik xavf-xatari sohasidagi siyosati, taktika va strategiyasi loyiha vazifa va maqsadlariga bog„liq bo„ladi. Vaholanki, mas‟uliyatining bu masalasi ham iqtisodiy va huquqiy jihatlar mavjud. Xo„jalik qarorlari bilan bog„liq tavakkalchilikdagi mas‟uliyat masalalari, amaliy tajribalar va bu sohada to„plagan tajribalar to‟g„risida batafsil to„xtalamiz.
Tavakkalchilik tushunchasi tabiiy fanlarda aniqlab o„z ta‟rifini topgan hamda matematik formulalarda ifoda etilgan. Ammo iqtisodiyot o„ziga xos xislat va xususiyatga ega. Shuning uchun «xo„jalik tavakkalchiligi» degan maxsus atamani ta‟rifini berishimiz zarur. Keyingi yillarda ko„plab maqola va ilmiy ishlarda mualliflar tashkilotning xo„jalik faoliyati, rejalashtirish, bozor mexanizmi, talab va taklif munosabatlarini qarab chiqishda xo„jalik tavakkalchiligi masalalariga katta e‟tiborni qaratmoqdalar. Biz ko„plab hollarda, ilmiy xulosalarda yuqorida aytib o‟tilgan sohalarda qarorlar qabul qilishda tavakkalchilik elementlarini hisobga olish zarurligini va xatto uni maqsadga muvofikligini qayd etilgashini ko„zatdik. Aksariyat mualliflar texnikaviy va xo„jalik qarorlarini qabul qilishni tavakkalchiliksiz amalga oshirib bo„lmaydigan g„oyani ilgari surmoqdalar chunki tavakkalchilikni tan olmaslik, rivojlanishga sun‟iy to„siq qo„ygan bilan barobardir. Biz ishlari bilan tanishgan yana bir guruh mualliflar: tavakkalchilikning mohiyati-maqsadiga erishishda ko„riladigan zararda emas. Balki maqsadga erishish uchun yo„nalishni o„zgartirish to„g„risida qabul qilingan qarorlar uchun yaratilgan imkoniyatda degan g„oyani ilgari suradilar. Tavakakalchilik tushunchasini ko„rinishi mumkin bo„lgan zarar imkoniyati darajada tor ma‟noda talqin qilinishi uni iqtisodiy sohada to„g„ri qo‟llanilishini ancha cheklab qo„yadi.
Shuni ham qayd etish lozimki, ba‟zi iqtisodchilar so„zma-so„z
«tavakkalchilik» va «noaniqlik» terminlar tushunchalari orasidagi farqni izlashadi. Noaniq vaziyatlardan tavakkalchilik vaziyati sifatida sodir bo„lishi ehtimoli bo„lgan va hatto baholangan noma‟lum hodisalar qaraladi. Ayni paytda sodir bo„lishi ehtimolini oldindan bilmagan noaniq vaziyatlar endi biz an‟anaviy usullar bilan bartaraf etolmagan vaziyatlarni - «noaniqlik» deb ataymiz. Bundan
ancha mashhur bo„lgani «vis major» (yengilmas to„siq) bo„lib, uning sodir bo„lishi hamma vaqt to„la tasodifdir.
Shuni qayd etish lozimki, rejalashtirilgan kelgusi natijalardan chekinish hamma vaqt zarar ko„rish bilan bog„liq bo„lmay, goho qo„shimcha daromad ham keltiradi. Shunga ko„ra daromad tavakkalchiligi ham mavjud bo„lib, u xarajatlar qilish tavakkalchiligi bilan bir katorda namoyon bo„ladi va qo„shimcha daromad (foyda) olishdagi tavakkalchilik darajasini baholash imkonini beradi.
Iqtisodiy o„sishda tasodifiy omillar ta‟sirini tan olinishi, kutilgan vaziyatni sodir bo„lishini orqaga surishi, yoki uni mazmun-mohiyatini o„zgartirishi mumkinki, u o„z-o„zidan kun tartibiga, xo„jalik tavakkalchiligi muammolarini qo„yadi. Iqtisodiyotni davlat boshqaruvi sharoitida 2 turdagi xo„jalik tavakkalchiligi mavjud, aynan xalq xo„jaligi tavakklchiligi (global,umumiy) va tashkilot doirasidagi tavakkalchilik (lokal, mahalliy) bo„lib, ular dialektik yagona qarama-qarshilikda turadi, bir-birini to‟ldiradi, bir-biriga ta‟sir etadi, ayni paytda ma‟lum darajada avtonom holda uchraydi. Ular shuningdek, o„zaro qarama-qarshi mayl, rag„batlarni tashuvchi hamdir, ayniqsa u iqtisodiy muhit ikkala tavakkalchilik vaziyatini vujudga keltirish uchun bir xil imkoniyat yaratganda yaqqol namoyon bo„ladi. Tavakkalchilik elementlarini paydo bo„lish imkoniyatlari nafaqat yirik yo„qotishlarda ifodalanadi, balki birinchi navbatda katta daromad olishda ham gavdalanadi, shuning uchun ham barcha xo„jalik rahbarlari tavakkalchilikka borishadi. Bir xil sharoitda olinadigan katta daromad-jadval rivojlanish natijasidir.
Moliya bilan bog„liq tavakkalchilik- bu ehtimol qilinadigan moliyaviy zararlar bo„lib, u o„z navbatida investitsiya va pulning sotib olish qobiliyati bilan, shuningdek:
-inflyatsiya;
-valyuta bilan bog„liq bo„lgan tavakkalchilik turlariga bo„linadi.
Inflyatsiya bilan bog„liq tavakkalchilik – bu olingan daromadlarning qadri yuqori inflyatsiya oqibatida tezroq qadrsizlanishini bildiradi.
Valyuta bilan bog„liq tavakkalchilik- bu chet el valyutasi kursining o„zgarishi oqibatida ko„riladigan katta zararni bildiradi. Bu tavakkalchilik eksport-import operatsiyalarini, shuningdek, valyuta operatsiyalarini baholashda o„ta zarurdir.
Investitsion tavakkalchilik o„z o„rnida quyidagi turlarga bo„linadi:7
Tizimli tavakkalchilik- u yoki bu bozorda konyukturaning yomonlashishi yoki tushib ketishi oqibatida ehtimol qilinadigan zarar. Bu tavakkalchilik investitsiyani aniq bir obyektga emas, balki muayyan bozor (masalan, valyuta bozori, ko„chmas mulk bozori va boshqalar) uchun barcha qo„yilgan mablag„ bo„yicha tavakkalchilikni ifodalaydi. Bunda investor katta zarar yetkazmasdan turib o„z mablag„ini qaytara olmaydi.
Tizimli tavakkalchilik usulida investitsiyani qaysi bir aktivga tavakkal qilib sarflash maqsadga muvofiqligi aniqlanadi.
Selektiv tavakkalchilik- u yoki bu bozorda investitsiya obyektini noto„g„ri tanlab olinishini oqibatida ko„riladigan tavakkal zarar yoki boy berilgan naf. Masalan, qimmatli qog„ozlar portfelini shakllantirishda fond birjasidagi qimmatli qog„ozlarni noto„g„ri tanlash oqibatida ko„riladigan zarar shunday tavakkal turiga kiradi.
Kredit tavakkalchiligi- qarz olgan tomonning o„z majburiyatlarini to„lay olmaslik xavfi. Bank yaxshi foyda ko„rishi uchun kreditlash xavfini kamaytirishi shart. Bank hamisha qarzning o„z vaqtida va foiz bilan qaytib kelishi qay darajada mumkinligini nazarda tutib tavakkalga boradi. Bunday tavakkalchilikka kreditni to„lash muddatini kechiktirish yoki obligatsiyalarga to„lashni “muzlatib” qo„yish misol bo„ladi.
Korxona tavakkalchiligi investitsiya obyekti bo„lgan aniq korxona faoliyati bilan bog„liq. Garchi bu tavakkalchilik tarmoq va regional tavakkalchiliklar ta`siri ostida bo„lsada, undagi tavakkal darajasi korxonaning bozordagi mavqei, doimiy mijozlar (iste`molchilar)ning bo„lishi, ishlab chiqarilayotgan



7 Мартин Г., Хетрик С. “Корпоративные репутации, брендинг и управление персоналом”. Учебник. М.::
«Группа ИДТ», 2013. – 33-с.
mahsulotning sifati va boshqalarga bog„liq.
Tavakkalchilikni hisobga oluvchi rejalashtirilgan tadbirda ijobiy natijaga erishishni ta‟minlovchi sharoit yaratish murakkab ish. Bu sharoit birinchi navbatda iqtisodni boshqarish tizimi bilan belgilanadi.
Davlat tomonidan boshqariluvchi iqtisodiyotni boshqarish tizimida katta rolni (katta hajmda) tashkilotlar o„ynaydi. Ular nafaqat o„zlari ishlab chiqaruvchi mahsulotlar miqdorini belgilaydi, ya‟ni kelgusida ularni sotilishga tavakkalchilikga boradi va shuning uchun ham tashkilot rivoji uchun yo„naltirilgan bir qism mablag„ ularning xususiy qarorlari ixtiyorida bo„ladi.
Xozirgi vaqtda iqtisodiy shart sharoit tashkilot darajasida, shuningdek xalq xo„jaligining barcha darajasida, jadal rivojlanish bilan bog„liq tavakkalchilikni qabul qilish uchun qulay imkoniyat yaratadi.
Lekin bunday xulosa bizni o„ta noto„g„ri yo„nalishga olib borishi mumkin. Bir tomondan u xalq xo„jaligining barcha tarmoqlarini rivojlantirishda kon‟yunktura imkoniyatlardan foydalanish va uni ta‟rifini o„z ichiga olmaydi, ikkinchi tomondan tashkilot oldida istiqbolli rivojlanishni to„sib qo„yadi. Xalq xo„jaligining barcha tarmog„i, alohida tashkilot rivoji uchun bunday xulosaning naqadar salbiy ekanligini quyidagi misolda aniq qurish mumkin.
Tashkilot ishlab chiqarishdagi o„zining tutgan o„rnidan kelib chiqib, kon‟yunkturaviy o„zgarishlarga jadal moslashadi. Lekin u faqatgina barqaror kon‟yunkturaviy intilishlardan o„zining joriy rejalarini amalga oshirishda foydalanadi.
Qaror qabul qilishning bu jarayoni nafaqat o„z imkoniyatlarini hisobga olishga tayanishi, balki shunday strategiyani ishlab chiqishi kerakki, u
«hamkor»lar, hamda raqiblarning xatti harakati va qabul qilishi mumkin bo„lgan qarorlarini ham hisobga oladi. Faqat bunday mo`ljallarni obyektiv baholash orqaligina tashkilotni kelgusi muvaffaqiyatini ta‟minlash mumkin.
Bu tavakkalchilik eng sodda qarordan tortib eng murakkab qarorgacha barchasini ajralmas xislati ekanini yaqqol namoyon etadi.



    1. rasm. Tavakkalchilikni kelib chiqishiga qarab turlari8.


Qolaversa, «xo„jalik tavakkalchili»gi tushunchasi o„z tarkibiga bevosita tabiat omillari bilan bog„liq tavakkalchilikni hamda keyingi 2 turdagi tavakkalchilikni iqtisodiy oqibatlarini biriktiradi.


Ayni paytda jamiyatning iqtisodiy hayoti inson tabiati va tabiiy omillar bilan bog„liq tavakkalchilikka aks ta‟sir ko„rsatadi va ularning mazmunini o„zgartiradi. Bu o„zaro bog„liqlikda bir qancha ta‟sir etuvchi omillar shakllanadi, masalan «inson tabiati bilan bog„liq tavakkalchilikda quyidagi elementlarini (masalan: kasallik, baxtsiz hodisa, o„lim, qobiliyat, xayrixohlik va boshqalar), «iqtisodiy» elementlarini (masalan: ish kuchini qo„nimsizligi, kamomad, o„zlashtirish, ishchilarni malaka darajasi, iqtisodiy manfaatdorlik) kabilar.
Qayd etib o‟tilgan tavakkalchilik turlaridan xo„jalik tavakkalchiligi uchun ancha muhimi bu tabiat omillari bilan bog„liq tavakkalchilik bo„ladi, tabiyki u ishlab chiqarishi kimiyoviy, biologik va boshqa tabiiy jarayonlar bilan bog„liq.
Xo„jalik tavakkalchiligi kategoriyalari noaniq sharoitlarda ishlab chiqarishni rejalashtirish, iqtisodiy qonunlar tavsifi, ishlab chiqarish jarayonlari, tadbirkorlik daromadi kabi siyosiy, iqtisodiy tushuncha va masalalar bilan bog„liq, uning



8 Sharifxo„jaev M., Abdullaev Yo.“Menejment”. Darslik. T.: “O„qituvchi”, 2001. – B.702.
tahlili nafaqat ta‟kidlangan kategoriyalarni tadqiq etish uchun balki mustaqil kategoriya sifatida ham zarur.
Xo‟jalik tavakkalchiligi

Muvaqqat tavakkalchilik mahsulot ishlab chiqarish jarayonida keraksiz
bo‟lib qolganda paydo bo‟ladi
Ob'yektiv tavakkalchilik mazkur xududda, aniq bozorda ishlab chiqarilgan mahsulot sotilmay qolganida paydo bo‟ladi.



    1. rasm. Xo„jalik tavakkalchiligi 9.


Tadbirkorlik daromadini tadqiq etishdagi tavakkalchilik to„g„risida klassik nazariyotchilar (Senior, Mill) boshlanishda tadbirkorlik daromadi strukturasini foiz (kiritilgan kapitalga nisbatan xissa sifatida), tadbirkorning ish haqi, va nihoyat tavakkalchilik uchun to„lov (tadbirkorlik faoliyati bilan bog„liq tavakkalchilik imkoniyatlarini koplasi misolida) kabi bo‟laklarga ajratdilar. Natijada ko„pchilik xorijiy iqtisodchilar (Samyo„l Rod, Seligman, Sey, Klark va boshqalar) tadbirkorlik daromadini bevosita tavakkalchilik nuqtai nazaridan turib ya‟ni tadbirkorlik faoliyati bilan bog„liq tavakkalchilikni baholay olishda deb ifodalamoqda.


Har qanday xo„jalik faoliyatida hamma vaqt xo„jalik operatsiyalarining u yoki bu xususiyati oqibatida pul mablag‟larini yo„qotish xavf-xatar mavjud bo„ladi. Ana shu xavf-xatar moliyaviy tavakkalchilikni tashkil etadi.
Moliyaviy tavakkalchilik bu tijorat tavakkalchiligidir. Tavakkalchilik toza va spekulyativ bo„lishi mumkin. Toza tavakkalchilik- zarar yoki pullashgan natijalarga erishish imkoniyatini bildiradi. Spekulyativ tavakkalchilik-ham



9 Мартин Г., Хетрик С. “Корпоративные репутации, брендинг и управление персоналом”. Учебник. М.::
«Группа ИДТ», 2013. –43-с.

ijobiy, ham salbiy natijaga erishish imkoniyatini ifodalaydi.
Moliyaviy tavakkalchilik – demak bu spekulyativ tavakkalchilikdir. Investor venchur moliyalashtirishni amalga oshirar ekan, u oldindan o„zi uchun ikki natija; foyda yoki zarar ko‟rishini bildiradi. Moliyaviy tavakkalchilikning xususiyati shundaki; u moliyaviy kredit va birja sohalarida o‟tkazilgan qandaydir operatsiyalar, qimmatli qog‟ozlar birjasidagi operatsiyalar natijasida ko‟rilishi mumkin bo„lgan zarar ehtimoliyatidir.
Investor moliyaviy tavakkalchilik xatarini pasaytiruvchi aniq vositalarini tanlar ekan quyidagi tamoyillardan kelib chiqishi kerak:
-o„z mablag`idan ortiq miqdordagi xatar bilan tavakkalchilik qilmaslik kerak.
-tavakkalchilik xatarini oqibatini o‟ylashi kerak.
-o„z daromad ishtiyoqida katta xatarga bormaslik kerak.
Birinchi tamoyil amalga oshirishning mazmuni shuki, kapital kiritishdan oldin, investor:
-maksimal darajada ko„rishi mumkin bo„lgan zarar hajmini aniqlashi;
-«uni kiritiladigan kapital hajmi bilan taqqoslashi»;
-uni o„zining barcha xususiy moliyaviy resurslari bilan taqqoslanish agar bu kapitaldan ajralib kolsa, bankrot bo„lmasligini aniqlashi kerak.
Kiritiladigan kapitaldan ko„riladigan zarar xajmi shu kapital hajmiga teng, yoki undan ortiq yoki kam bo„lishi mumkin. To‟g‟ridan-to‟g‟ri investitsiyalashda zarar hajmi qoidaga ko„ra venchur kapital hajmiga teng bo„ladi.
Moliyaviy tavakkalchilikni turli vosita va usullari yordamida oldini olish mumkin. Unday vositaga, tavakkalchilikdan saqlanish, boshqalar zimmasiga o„tkazish, tavakkalchilik darajasini pasaytirish kiradi. Tavakkalchilikdan saqlanish- bu tavakkalchilik bilan bog„liq ishlarni qilishdan voz kechish demakdir.
Lekin tavakkalchilikdan voz kechish investor uchun bo‟lgusi daromaddan voz kechish demakdir. Tavakkalchilikni saklab qolish- bu tavakkalchilik xatarini
investorda ya‟ni investor zimmasidan ma‟suliyatni qoldirish demakdir. Investor venchur moliyalashtirishni amalga oshirar ekan, u venchur molyalashtirishdan ko„riladigan zarar o‟rnini o„z mablag‟i hisobidan qoplanishini oldindan biladi.



    1. rasm. Moliyaviy tavakkalchilik turlari10.


Tavakkalchilik xatarini boshqa shaxs zimmasiga o„tkazish- bu investor barcha xatar uchun ma‟suliyatni o„zini sug„urtalash orqali sug„urta idorasi zimmasiga o‟tkaziladi.
Tavakkalchilik darajasini pasaytirish-yo„qotish hajmi va sodir bo„lish ehtimoliyatini qisqartirishni bildiradi.
Limitlash – bu limitlar o„rnatish, ya‟ni savdo, kapital, xarajat summalariga ma‟lum bir chegara qo„yishdir. Cheklashlar, limitlash- tavakkalchilikni pasaytirishning muhim vositasi hisoblanadi.U banklar tomonidan ssudalarning berilishida, xo„jalik subyektlari tomonidan tovarlarning (kredit kartochkalari orqali) kreditga sotilishida, investorlar tomonidan ma‟lum bir miqdor kapitalni aylantirishda qo„llaniladi.

Sug„urtalashning mohiyati shundaki, investor tavakkalchilik xatarini oldini olish uchun bir qism daromadidan kechishga tayyor turadi, ya‟ni u
10 Sharifxo„jaev M., Abdullaev Yo.“Menejment”. Darslik. T.: “O„qituvchi”, 2001. – B.702.
tavakkalchilik darajasini nolga tenglashtirish uchun to„lovga tayyor bo„ladi. Aslida, agar sug‟urta qiymati kutilayotgan zarar bilan teng bo„lsa, (ya‟ni, 200 ming so„m ko„rilishi kutilayotgan zararning sug‟urta polisi 200 ming so„m bo„lsa), u holda investor tavakkalchilikni qabul qilmaslikka harakat qiladi. Chunki, u aniqlangan moliyaviy yo„qotishlarning o„rnini to„ldirish uchun o„zini sug‟urtalaydi. Moliyaviy tavakkalchilikni sug„urtalash uning darajasini pasaytiruvchi keng tarqalgan usullardan biridir.

Yüklə 250,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə