Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar


SEMENTNING MAXSUS TURLARI



Yüklə 301,44 Kb.
səhifə4/10
tarix24.12.2023
ölçüsü301,44 Kb.
#158202
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
noorganik

2.2 SEMENTNING MAXSUS TURLARI
Sement (lotincha caementum — shagʻal, chaqiq tosh) — sunʼiy noorganik kukunsimon bogʻlovchi mineral. Suv qoʻshilsa, hamirsimon massa hosil boʻladi, vaqt oʻtishi bilan qotib, toshsimon jismga aylanadi.
Sement havoda ham, suvda ham qotish xususiyatiga ega. Sement qurilishda juda keng qoʻllaniladigan betonning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Sementning romansement, portlandsement, glinozyomsement, kengayuvchan, gidravlik qoʻshimchali kabi turlari mavjud.
Romansement ohaktoshni 900°C gacha kuydirish yoʻli bilan olinadi, keyin maydalab kukun holiga keltiriladi. Xomashyoning xiliga qarab, romansementning qotish muddati 15 minutdan 24 soatgacha boʻlishi mumkin. Uning mustahkamligi ancha past boʻlib, 25 dan 100 gacha markali boʻladi. Shuning uchun ham uning oʻrnini 20-asr oʻrtalaridan boshlab portlandsement egallay boshladi. Glinozyomsement glinozyom (alyuminiy oksidi) ga boy boʻlgan togʻ jinslari — boksit (alyuminiy rudasi), ohak yoki ohaktosh aralashmasini kuydirish yoʻli bilan olinadi.
Kimyoviy tarkibi:

CaO

40%

AlO

40%

SiO

6-8%

Tez qotishi, mustahkamligining yuqoriligi va minerallashgan suvlarga turgʻunligi bilan ajralib turadi. Markasi 300; 400; 500. Narxi portlandsementga nisbatan 2,5—3 baravar baland. Glinozyomsement katta mustahkamlik talab etiladigan beton va temir-beton konstruksiyalarda, dengiz va minerallashgan suvlar taʼsirida boʻladigan inshootlarda, tezkor yoʻl va qurilish ishlarida, qish sharoitida betonlashda qoʻllaniladi. Kengayuvchan Sementning tarkibida glinozyom sementdan tashqari ohak va gips ham boʻladi; tez qotadi; oʻta mustahkam va suv oʻtkazmas material hisoblanadi. Kengayuvchan Sement gidroizolyatsiya ishlarida, choklarni yopish va taʼmirlash ishlarida qoʻllaniladi. Gidravlik qoʻshimchali portlandsement (baʼzan "putssolan portlandsement" deb ham yuritiladi) Sement klinkeri (toshqoli) va nordon gidravlik qoʻshimchalar (trepel, diatomit, trass, pemza va boshqalar) ni birgalikda maydalash (kukunlash) yoʻli bilan tayyorlanadi. Gidravlik qoʻshimchalar aralashma miqdorining 20—40% ini tashkil etishi mumkin. Bu Sement portlandsementga nisbatan arzonroq boʻlib, gidrotexnika, vodoprovod va kanalizatsiya inshootlarida qoʻllanadi. Agressiv suvlar taʼsiriga chidamli. Sement sanoatda 19-asrdan boshlab ishlab chiqariladi.
Sement qancha yaxshi tuyilgan boʻlsa, uning sifati shuncha yaxshi boʻladi, tishlanish qobiliyati shuncha oshadi, chunki zarrachalarning umumiy yuzi qancha katta boʻlsa, modda zarrachalari oʻrtasidagi fizik-kimyoviy jarayonlar shuncha toʻla va tez oʻtadi.
Portlandsement gidravlik bogʻlovchi moddalarning bir turidir. Bu bogʻlovchi moddalar qatoriga yana qumtuproqli sement, pussolan sement, shlakli sement, mikrotoʻldiruvchi sement, kengayuvchi sement kabi gidravlik bogʻlovchilar kiradi. Bu bogʻlovchi moddalar yana bir qancha koʻrinishlarga ham ega. Masalan, portlandsement tarkibiga koʻra: oddiy, alitli, belitli, alyuminatli, alyumoferritli, ferritli; xossasi va ishlatilishiga koʻra: oddiy, tez qotuvchan, maxsus tez qotuvchan, plastifikatsiyalangan, gidrofob, sulfatli suvlarga chidamli, oʻrtacha ekzotermiyali, tamponaj, oq va rangli xillarga boʻlinadi.

Yüklə 301,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə