Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar


Qurilish qorishmalari uchun sementlar



Yüklə 301,44 Kb.
səhifə6/10
tarix24.12.2023
ölçüsü301,44 Kb.
#158202
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
noorganik

Qurilish qorishmalari uchun sementlar
Pamonaviy tosh terishda sementli yoki ohak va gil tarkibli aralash qorishmalar qo‘llanadi. Qurilish qorishmalari yuqori plastiklikka, joylashishiga, suv ushlash qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Toza sement qorishmalar yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgani bilan bu xossalarga ega emas. Ular g‘isht suvini shimib olishi natijasida tez quyuqlanadi, u bilan jipslashishiga to‘sqinlik qiladi, qurishi natijasida mikrodarzliklar hosil qiladi. Buni bartaraf qilish uchun qo‘shimcha sifatida ohak yoki plastik gil sement, qorishma tayyorlash joyida qo‘shiladi. Hozirgi zamonda bu qo‘shimchalar o‘rniga sirti faol, havo olib kiruvchi, gidrofob qo‘shimchalarni kiritish maqsadga muvofiq. Ular qorishmalarni suvga, sovuqqa chidamliligini, suv o‘tkazmasligini oshiradi. Bir qator davlatlarda xar xil tarkibli sementlar ishlab chiqariladi, masalan: klinker-42%, ohak-42%, granulalangan domna shlakni-13%, gips-3% sementni satxi yuzasi – 7000 sm 2 /2 ga teng, boshqa sement tarkibi – 50% klinkerdan, 50% ohakdan va havo olib kiruvchi qo‘shimchadan iborat suvda eriydigan ishqorlar – 0,03% dan ko‘p emas, havoni sementdagi miqdori 12% bilan chegaralangan, yoki klinker 30% dan kam emas, dolomitni yoki yuqori kalsilik ohak miqdori 70% dan ko‘p emas, gips 6%gachan kiritish ruxsat etilgan. Sement xamirini tutib qolish muddati 45 minutdan oldin emas, oxiri esa 18 soatdan kech emas. Bu sementlarni suvoq qorishmalari va past markali betonlar tayyorlash uchun qo‘llanadi.


2.3 XOM-ASHYOLARNI TAYYORLASH UCHUN QOʻLLANILADIGAN MEXANIK JARAYONLAR
Mexanik jarayonlarga materiallarni maydalash, uzatish, aralashtirish, presslash granullash va klassifikatsiyalashlar kiradi. Bu jarayonda materialning fizik-kimyoviy harakteristikalari oʻzgarmaydi, ammo ulaming shakli oʻzgaradi. Bu jarayonlarning tezligi qattiq jismlarning mexanika qonuniyatlari bilan ifodalanadi va ularning harakatga keltiruvchi kuchi mexanik kuchlar taʼsiridir. Maydalash-bu qattiq jism boʻlaklarini kerakli oʻlchamlarga keltirish, parchalash va yuzasini oshirishdir. Maydalash jarayoni qattiq jismning mayda zarrachalar (atom va molekulalar) oʻzaro tortishish kuchlarini yengadigan tashqi kuchlar taʼsirida oʻtadi. Maydalash natijasida ishlov berilayotgan jism yuzasi sezilarli darajada koʻpayadi, koʻp jarayonlar, shu jumladan eritish, kuydirish kabi katta yuza talab qiladigan jarayonlar tezligi ortadi. Maydalash kon-metallurgiya, kimyo, oziq-ovqat, qurilish va sanoatning boshqa tarmoqlarida keng qoʻllaniladi.
Maydalash jarayoni qattiq jismning boshlangʻich va oxirgi oʻlchamiga qarab yanchish va tortishga boʻlinadi. Yanchish va tortish jarayonlari maydalash darajasi bilan harakterlanadi.
Berilgan modda boʻlaklari va yanchilgan zarrachalar toʻgʻri shaklga ega boʻlmaydi. Shuning uchun, amalda ularning oʻlchamlari elakli tahlil orqali aniqlanadi, yaʼni zarracha oʻlchami u oʻlgan elak teshiklari oʻlchamiga teng deb olinadi. Maydalash jarayoni bir yoki bir necha bosqichda olib boriladi. Har bir maydalagich, uning ishchi organi shakliga koʻra, cheklangan maydalash darajasini taʼminlaydi.
Odatda sanoatda yuqori maydalash darajasi talab etiladi. Koʻpincha qayta ishlanadigan xomashyo boʻlaklarining oʻlchamlari 1,5...2,0 m gacha boʻladi, ammo texnologik jarayonlarda qoʻllaniladigan material zarrachalari mikrometming bir necha ulushini tashkil etadi. Bunday oʻta mayin maydalash bir necha bosqichda erishiladi, chunki bitta maydalagichda yuqorida aytilgan natijaga erishib boʻlmaydi. Xomashyoning eng yirik boʻlaklari va maydalangan zarracha oʻlchamlariga qarab maydalash quyidagi turlarga boʻlinadi

Turli sanoat korxonalarida qoʻllaniladigan maydalash usullari 7.1-rasmda keltirilgan.
Odatda, qattiq jismlami maydalash uchun koʻpincha ezish, yorish, siqiq va erkin zarba berish usullaridan keng koʻlamda foydalaniladi.
Lekin sof holda hech qaysi usul sanoatda uchramaydi. Masalan, ezish, yorish, zarba bilan maydalash ketidan keladigan jarayon bu yeyilish yoki yedirilishdir. Yeyilish jarayonida koʻpincha chang hosil boʻladi va materialning oʻta maydalanish kabi zararli hollar ham uchraydi.


Yüklə 301,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə