Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar


LOY ARALASHTIRISH SHLAM BASSEYNI TEXNOLOGIK SXEMASI



Yüklə 301,44 Kb.
səhifə9/10
tarix24.12.2023
ölçüsü301,44 Kb.
#158202
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
noorganik

LOY ARALASHTIRISH SHLAM BASSEYNI TEXNOLOGIK SXEMASI


Harakatga keltiruvchi elektr dvigatelning quvvati 1600 kVt. Aralashma bu tegirmondan soʻng zoʻldirli tegirmonda mayin holga kelguncha maydalanadi. Xomashyo aralashmasini tayyorlashga ohaktosh, gil va qoʻshilmalarni maydalash, dozalash, birgalikda komponentlarni mayin qilib kukunlash va aralashtirish, hosil boʻlgan aralashma tarkibini toʻgʻrilash va uni saqlash kiradi. Bir tonna portlandsement tayyorlash uchun 2,5—3 t xomashyo, koʻmir va klinker maydalash kerak. Shu ishlarni bajarishga sement ishlab chiqarish uchun sarflanadigan elektr energiyaning 60—80% sarf boʻladi. Xomashyo aralashmasi shlam-basseynlarda aralashtiriladi, tarkibi toʻgʻrilanadi va saqlanadi, Shlam hoʻl yoki quruq usulda tayyorlangan boʻlishidan qatʼiy nazar, aylanma pechlarda kuydiriladi. Shlam asta-sekin erib, qovushib, pishish issiqligi (1450 °C) gacha qiziydi.
Qisman erib qovushib pishayotgan klinker, ayniqsa pechning aylanma harakati tufayli hosil boʻlgan klinkerning dumaloq donalari borgan sari zichlashib, yuqori qattiqlikka ega boʻla boshlaydi. Soʻngra shu usulda hosil boʻlgan klinkerning dumaloq donalari pech oxiridagi sovuq havo oqimiga duch kelib, unga oʻz issigʻini beradi va qotib qoladi. Isigan havo keyin yoqilgʻining yonish zonasiga keladi, deyarli 1000— 1100 °C gacha sovigan klinker esa pech barabanidagi teshikdan zanjirli rekuperatorning yoki panjarali sovitgichlarga toʻkilib tushadi. Bu yerda klinker 50—100°C gacha sovitilib, soʻngra omborga joʻnatiladi.
Shlam tarkibi quyidagi tartibda toʻg’irlanadi. Zolga oid tegirmonlardan shlam nasoslar bilan shlam-basseynlarning bittasiga haydaladi. Boshqa basseynga esa xuddi shunday yoʻl bilan tayyorlangan shlam uzatiladi. Bu shlam avvalgisidan kalsiy karbonat miqdori kam (yoki koʻp) ligi bilan farq qiladi. Shlamni yaxshilab aralashtirib boʻlingach, har qaysi basseyndagi shlamning kimyoviy tarkibi aniqlanadi va zarur kimyoviy tarkibli klinker olish uchun ikkala shlamdan qanday nisbatda olish kerakligi belgilanadi. Shlam belgilangan nisbatda olingandan soʻng ikkala basseyndagi shlam nasos bilan uchinchi basseynga solinadi. Bu yerda yaxshilab aralashtirilgach, uning titri (CaCO₃ miqdori) aniqlanadi. Titri yoʻl qoʻyilgan miqdordan koʻpi bilan 0,1% farq qilgan shlam kuydirish uchun kerakli va qulay hisoblanadi.
Kuydirish pechi uzluksiz ishlashi uchun (xomashyo keragicha uzatilmay qolgan hollarda ham) shlam zaxirasi b o’lish i kerak.
Zavodlarda shlam saqlash uchun qoʻllanilayotgan shlam-basseynlar konstruksiyasi jihatidan vertikal yoki gorizontal tipda boʻlishi mumkin. Vertikal tipdagi basseynlardan, odatda, shlamni toʻg ʼrilash uchun foydalaniladi. Ularning hajmi 400— 1000 m³ gacha yetadi. Bu basseynlarda aralashma pnevmatik yoki aralash pnevmomexanik usulda aralashtirilishi mumkin.
Zaxira shlamni saqlash uchun har birining sigʻimi 8000 m³ gacha boʻlgan gorizontal shlam-basseynlar quriladi. Gorizontal shlam-basseyn yumaloq temir-beton sigʻimdan iborat. Ularning diametri 25 m va undan ortiq boʻlishi ham mumkin. Eng yangi konstruksiyadagi bunday shlam-basseynlarda kranli aralashtirgichlar bor. Kranli aralashtirgichlar pnevmomexanik aralashtirish prinsipi boʻyicha ishlaydi.
Pnevmatik va mexanik usullardan bir vaqtning oʻzida foydalanish bir jinsli shlam tayyorlashga imkon beradi. Yangi qurilgan zavodlarda, jumladan, Navoiy sement zavodida kukunlashtirilgan xomashyo tarkibidagi CaO, SiO₂, Al₂O₃, Fe₂O₃ oksidlari avtomatik rentgenospektrometr yordamida aniqlanib, bu tarkib har soatda tekshirib turiladi.
Tahlillarning natijalariga qarab hisoblash mashinalari xom-ashyolarning nisbatlarini qaytadan hisoblaydi, ulushlovchi mashi148 nalarga yangi koʻrsatkichlarni berib, xom ashyo tegirmonlarining toʻgʻri taʼminlanishi va belgilangan tarkibli shlam olishini taʼm inlaydi.
Shlam sarfi shlam-basseynlardagi sath o’lchagich signalizatori, shuningdek, kuzatib turuvchi elektrokontakt, membran, radioaktiv sath oʻlchagichlar koʻrsatadi. Bu priborlardan eng aniq ishlaydigani radioaktiv cath indikatoridir. U radioaktiv izotopli (masalan, kobalt 60) quticha (konteyner) va radioaktiv nurlanishlar hisoblagichidan iborat. Konteyner va hisoblagich silosning qarama-qarshi devorlariga oʻrnatiladi. Izotopdan chiqayotgan gamma nurlar silosdan oʻtib, hisoblagichga tegadi. Silos boʻsh boʻlsa, nurlanishlar koʻp, silos toʻla boʻlsa, kam boʻladi.

Yüklə 301,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə