Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar



Yüklə 301,44 Kb.
səhifə2/10
tarix24.12.2023
ölçüsü301,44 Kb.
#158202
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
noorganik

1

2

3

4

5

Tanishtiruv yozuvi

Himoya

Rejada






















Amalda






















Kurs ishi rahbari:

MUNDARIJA

I

Kirish




II

Asosiy qism




2.1

Kompleks o’g’itlar haqida




2.2

Ammoniy fosfatlarning xossalari




2.3

Ammofos ishlab chiqarishda foydalanadigan xomashyo




III

Texnologik qism




3.1

Ammofos ishlab chiqarish texnologiyasi




3.2

Barabanli donadorlagichli quritgich




IV

Hisob qismi




4.1

Barabanli donadorlagichli quritgich hisobi




V

Mehnat muhofazasi




VI

Xulosa




VII

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyhati





KIRISH
KIRISH
Mineral oʻgʻitlar - tarkibida oʻsimliklar uchun zarur oziq elementlari boʻlgan anorganik moddalar, asosan, tuzlar. Deyarli barcha mineral oʻgʻitlar agronomik rudalalgina kimyo sanoatida ishlab chiqariladi. Shuningdek, tabiiy tuzlar, mis, natriyli selitra (chili selitrasi), sanoat chiqindilari ham ishlatiladi. Mineral o’g’itlar 19-asrdan tarqalaboshlagan. 20-asr oʻrtalaridan mineral o’g’itlarni ishlab chiqarish va qoʻllash tez oʻsdi. Shungacha oʻgʻit sifatida, asosan, goʻng, kul va boshqa chiqindilar ishlatilgan. Mineral o’g’itlar tuproqqa (uning fizik, kimyoviy va biologik xususiyatlariga) kuchli taʼsir qiluvchi vositadir. Ular tuproqni oziq elementlari bilan boyitadi, tuproq eritmasi reaksiyasini oʻzgartiradi, mikrobiologik jarayonlarga taʼsir etadi va h.k. Oʻsimliklar, asosan, ildizi orqali oziqlanishi tufayli mineral oʻgʻitlar tuproqqa solinganda oʻsimliklarning oʻsishi va rivojlanishiga, binobarin, dalalar, tuproqning umumiy biologik mahsuldorligiga faol taʼsir qiladi. Mineral o’g’itlar ekin hosilini oshiradi, sifatini yaxshilaydi. Paxta, kanop, zigir va lub ekinlari tolasining texnologik xususiyatlarini, qand lavlagi, uzum tarkibidagi qand, kartoshkadagi kraxmal, dondagi oqsil miqdorini koʻpaytiradi. M.oʻ. organik oʻgʻitlar bilan qoʻshib ishlatilsa, yanada yaxshi natija beradi. Agronomik maqsadlarga koʻra, M.oʻ. bevosita va bilvosita ishlatiladigan oʻgʻitlarga boʻlinadi. Bevosita ishlatiladigan oʻgʻitlar tarkibida oʻsimliklar oziqlanishi uchun zarur azot, fosfor, kaliy, shuningdek, magniy, bor, rux, mis, molibden, marganets, oltingugurt kabi elementlar boʻladi. Bu guruhga kiradigan oʻgʻitlar, asosan, bir oziq elementli, mas, azotli, fosforli yoki kaliyli va kompleks, yaʼni aralash va murakkab oʻgʻitlardan iborat. Aralash M.oʻ. zavodda yoki xoʻjalikning oʻzida bir necha xil oʻgʻitni aralashtirib, murakkab oʻgʻitlar esa zavodda tayyorlanadi. Bilvosita ishlatiladigan M.oʻ. (mas, ohakli oʻgʻitlar, gips va boshqalar) asosan, tuproqning agrokimyoviy va fizikkimyoviy xususiyatlarini yaxshilashda qoʻllaniladi. M.oʻ. qattiq, yaʼni kukunsimon, donador hamda suyuq — ammiakli suv, suyuq ammiak, ammiakatlar holida ishlab chiqariladi.
Oʻzbekiston Respublikasida 2020-yil yakunlariga koʻra jami 313,4 ming tonna mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur mahsulot ishlab chiqarish boʻyicha soʻngi 5 yil davomida eng yuqori koʻrsatkich 2017-yilda qayd etilgan.
Bunga koʻra, 2017-yilda respublikamizda jami 565,4 ming tonna mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarilgan.
Xususan:
2016 – yil 509,6 ming tonna, oʻsish surʼati 106,8 %;
2017 – yil 565,4 ming tonna, oʻsish surʼati 111,1 %;
2018 – yil 397,2 ming tonna, oʻsish surʼati 70,3 %;
2019 – yil 362,6 ming tonna, oʻsish surʼati 91,3 %;
2020 – yil 313,4 ming tonna, oʻsish surʼati 86,4 %.
Shuningdek, 2017-yilda ishlab chiqarilgan mineral oʻgʻitlarning asosiy ulushi Toshkent viloyati (267,3 ming tonna, 47,3 %) hissasiga toʻgʻri keladi.
Shu bilan birga, 2021-yilning dastlabki maʼlumotlariga koʻra, yirik korxonalar tomonidan 284,8 ming tonna, 2022-yilning yanvar-aprel oylarida esa yirik korxonalar tomonidan 110,3 ming tonna mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarilgan.


ASOSIY QISM
2.1 PORTLANDSEMENT
Portlandsement deb tarkibida kalsiy silikatlari (70 — 80%) ustunlik qiladigan klinker va (3 — 5%) gipsni birgalikda mayda tuyib hosil qilinadigan, suvda ham, havoda ham qotadigan gidravlik bog’lovchi modda aytiladi. Ohaktosh va gildan iborat bo‘lgan unli qorishmani kuydirib, klinker ishlab chiqarishadi. Gipsni qotish muddatini va tezligini nazorat qilish uchun qo’shiladi. Tarkibi bo‘yicha portlandsement qo‘shimchasiz, mineral qo‘shimchali va shlakoportlandsementga bo‘linadi. Portlandsement olishdagi eng muhim texnologik jarayonlar quyidagilardir:
A) xomashyoviy aralashmani tayyorlash;
B) bu qorishmani o‘tda toblab klinker hosil qilish;
V) klinker, gips o‘ta maydalab tuyib, qo‘shimchalari bilan birgalikda kukunga aylantirish. Xomashyoviy aralashma asosan 75 — 80% kalsiy karbonati CaCO3 hamda 25 — 20% gildan tashkil topadi. Sun’iy qorishmada gil butunlay yoki qisman boshqa moddalar: domna shlaki, nefelin shlami, kul, diatomit, trepel bilan aralashtirilishi mumkin. Sement kimyosi bo‘yicha yettinchi xalqaro kongressda (Parij, 1980 y.) ko‘p mamlakatlarning olimlari sanoat chiqindilaridan keng foydalanish maqsadga muvofiq ekanligini ta’kidladilar. Bu o‘rinda tarkibi klinker olish uchun zarur bo‘lgan moddalar (silikatlar) ga boy bo‘lmish domna shlaki nihoyatda qimmatli xomashyo hisoblanadi. Masalan: glinozem ishlab chiqarishda hosil bo‘luvchi nefelin shlamining tarkibida 25— 30% SiO2, 50 — 59% CaO, 2 —5% Al2O3 bo‘ladi, sement olish uchun unga 15 — 20% ohaktosh qo‘shish kifoya, shunda pechlar samaradorligi 20% ga oshadi, yoqilg‘i sarfi esa 20 — 25% ga kamayadi. Xomashyo aralashma quruq, ho‘l, chatishtirilgan usullarda tayyorlanadi. Ishlab chiqarish usulini tanlash xomashyoviy aralashmani tayyorlash xususiyatlariga bog‘liqdir. Har bir usul o‘z afzalliklariga va kamchiliklariga ega.

Yüklə 301,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə