Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar


Gips sement - putssolon bog‘lovchi (GSPB)



Yüklə 301,44 Kb.
səhifə5/10
tarix24.12.2023
ölçüsü301,44 Kb.
#158202
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
noorganik

Gips sement - putssolon bog‘lovchi (GSPB)
Bu bog‘lovchi yarim suvli gips (qurilish yoki yuqori mustahkam), portlandsement va u yoki boshqa nordon faol mineral (putssolon) qo‘shimchani qo‘shib olinadi. Ma’lumki gips bog‘lovchi moddalar portlandsement bilan qotishda muqobillik bilan harakterlanadi. Ular suv bilan aralashganda oldin intensiv qotishadi, ammo 1-3 oydan keyin shaklsizlanishlar paydo bo‘ladi va nafaqat mustahkamlik pasayadi xatto tuzum buziladi. Buni sababchisi kalsiy gidrosulfoalyuminatni portlandsementni tarkibidagi yuqori asosli kalsiy alyuminatdan va sulfat kalsiydan hosil bo‘lgan uch sulfatli shaklidir. A.V.Voljenskiy shogirdlari bilan gips bog‘lovchilar gidravlik xossalarga ega bo‘lishi uchun ilmiy izlanishlar o‘tkazdi. Natijada gips bog‘lovchilar va portlandsement aralashmasiga gidravlik qo‘shimcha (faol kremnezemli) qo‘shsa, unda uzoq vaqt havoli yoki suvli muxitda saqlanganda buzuvchi deformatsiyasini mustahkamligi o‘sadi. Bog‘lovchi qotishida putssolon qo‘shimcha oldin suvli muhitda Ca(OH)2 ni konsentratsiyasini shunday darajaga kamaytiradi bunda yuqori asosli kalsiy gidroalyuminatlarni (4CaO Al2O3 3H2O, 3CaO Al2O3 6H2O) muqobil yashashi buziladi va ularni mustahkam past asosli birikmalarga o‘tishiga muhit yaratiladi. Bunda Ca(OH)2 va SiO2 SSN(13) yoki S-S-N (1) ko‘rinishdagi gidrosilikatlar beradi. Putssolon qo‘shimchalar sifatida odatda trepel, opoka, diotomit, faol vulqon jinslar, kullar, 600-7000ºC da kuydirilgan gillar. Bu bog‘lovchi 75-50%yarim suvli gips, 15-25% portlandsement, aktivligi 200 m2/g dan kam bo‘lmagan putssolon qo‘shimcha (trepel, opoka, diatomit)dan tarkib topgan. Bu bog‘lovchini hamma komponentlarini o‘lchab birgalikda qorishma aralashtirib tuyildi, bunda qoldig‘i № 008 elakda 10% qolguncha tuyiladi va quritiladi. Qurilish gipsi va 400 markali portlandsement asosida tayyorlangan GSPBdan bog‘lovchi sarfi va beton qorishmasini harakatchanligiga bog‘langan holda markasi 15-20 MPa gachan 152 oddiy betonlar olishi mumkin. Ularni yumshatish koeffitsienti 0,6-0,8 ga teng, mustahkamligi 2-3 soatdan so‘ng 30-40% ni tashkil etadi. YUqori mustahkamligi GSPB asosidagi betonlar 2-3 soatdan keyin siqilishiga bo‘lgan mustahkamligiga 10-12 MpA ga 7-15 sutkadan keyin normal qotishida 30-40 Mpa ga teng. Qotishni tezlashtirish uchun GSPB asosidagi buyumlarni 5-8 soat davomida 70-800 S haroratda bug‘latilishi mumkin va erishilgan mustahkamligi yakuniy mustaxligidan 70-90% ga erishadi. Po‘lat armaturasini NaNO2 qo‘shimchalar yoki maxsus qoplamlar bilan himoyalash mumkin. GSPB asosidagni betonlarni sovuqqa chidamligi bog‘lovchi tarkibiga, sarfi, turi, betonlarni tarkibi va zichligiga bog‘langan holda 20-50 siklni tashkil etadi GSPB asosidagi buyumlarni kam qavatli binolar qurishida, 5-20% polimer qo‘shib pardoz ishlarda qo‘llaniladi. Agar granullangan shlaklar bo‘lsa, unda gipsshlak sement bog‘lovchi tayyorlash mumkin, uning tarkibi: yarim suvli gipsdan yoki angidritdan 40-60%, nordon domna shlakdan 30-50%, 5-8% portlandsementdan iborat. Portlandsementni asosiy roli shlakni bog‘lovchi xususiyatini ishqoriy faollashtiruvchi. Yuqori asosli domna shlak ishlatilganda Ca(OH)2 ni konsentratsiyasini xavfli chegaragachan pasaytirish uchun putssolon (10-15%) qo‘shimcha qo‘shish zarurdir.

Yüklə 301,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə