Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar


Sementni hoʻl usulda ishlab chiqarish texnologik liniyasi



Yüklə 301,44 Kb.
səhifə8/10
tarix24.12.2023
ölçüsü301,44 Kb.
#158202
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
noorganik

Sementni hoʻl usulda ishlab chiqarish texnologik liniyasi.
1-transport vositalari; 2 — jagʻli maydalagich; 3, 17, 19-bolgʻali maydalagichlar; 4-bunker; 5-dozator, 6-transport; 7 — «Gidrofol» tegirmoni; 8-nasos; 9-dozator; 10-xom ashyoni maydalash tegirmoni; 11-bunker; 12-shlam havzasi;
13-aylanma pech; 14-panjarali muzlatgich; 15 – klinker ombori;
16-gips ombori; 18-qoʻshimchalar ombori; 20-quritish barabani;
21-tasmali konveyer; 22-dozalash bunkeri; 23-oldindan maydalagich;
24-klinker maydalagich; 25, 26-havoni tozalash tizimi; 27-ventilyator;
28-silos ombori; 29-elektr filtri; 30 – tutun quvuri.

3.2 PORTLENDSEMENT KLINKERI ISHLAB CHIQARISHDA FOYDALANILADIGAN SHLAMBASSEYNLAR
Hoʻl usul boʻyicha xomashyo aralaslimasini tayyorlash yoʻsinida xomashyo sifatida bitta qattiq komponent (ohaktosh) va ikkinchi yumshoq, suvda oson ivib ketadigan komponent (gil) ishlatiladi.
Xomashyo sifatida yumshoq boʻr va tuproq ishlatilsa, ikkalasi ham chayqatgichda bir vaqtda maydalanadi. Hosil b oʻlgan shlamning ivimagan kesaklarini ajratib olish ùchun u elakdan oʻtkaziladi va yana chayqatgichga solinadi. Yumshoq xomashyoda toshsimon qoʻshilmalar boʻlsa, elak ustidagi mahsulot zoʻldirli tegirmonlarda maydalanib, soʻngra shlam bilan aralashtiriladi. Shlam tayyorlashning uchinchi yoʻsini ham bor: bunda xom ashyo ikkita qattiq modda, yaʼni ohaktosh va zich gil mergeldan borat boʻlgan hollarda ishlatiladi. Bu y oʻsin boʻyicha bir marta maydalqb olingan ohaktosh va m ergel yana bir bor zoʻldir tegirmonlarda maydalanadi. Soʻnggi vaqtlarda, oʻz.-oʻzicha materiallarni maydalash prinsipiga asoslangan, juda katta diametrli aylanuvchi barabanda materiallarni suv ishtirokida kaskad koʻrinishida pastga tashlab yuboruvchi, yaʼni toʻkuvchi tegirmonlar ishlatila boshlandi . «Gidrofol» deb ataluvchi bunday tegirmon Sizran ogʻir mashinasozlik zavodida tayyorlangan.
Diametri 7 m boʻlgan bu baraban bir daqiqada 13 marta aylanadi. U ning ichki qismi broneplitalar bilan qoplangan va materialni sochishga moʻljallangan, bu broneplitalarga tokchalar ham oʻrnatilgan. Baraban silindr qismining uzunligi 2,3 m. Solinadigan materialning yirikligi 0,35—0,8 m gacha (boʻr uchun 0,5—0,8 m; ohaktosh uchun 0,35—0,45 m). Bu tegirmon loy chayqatgich va zoʻldirli tegirmonlarga nisbatan ancha samarali. Uning ishlab chiqarish unum dorligi 400—500 t/soat.



Yüklə 301,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə