Mexanika (MD) fani bo’yicha asosiy tushinchalar va ta’riflar


Tishlarning sinishi va yeyilishi. Sababi va turlari



Yüklə 401,8 Kb.
səhifə16/43
tarix27.01.2023
ölçüsü401,8 Kb.
#99520
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   43
Mexanika

Tishlarning sinishi va yeyilishi. Sababi va turlari
Tishli uzatmalarning ishlash qobiliyatini belgilovchi asosiy kuchlanishlar tish sirtida hosil bo’ladigan kontakt kuchlanish va tishning tubida paydo bo’ladigan eguvchi kuchlanish dir ).
. Tishlarda hosil bo’ladigan kuchlanishlar.
O’zgaruvchan kuchlanishlar tishlarning toliqishdan shikastlanishiga sababchi bo’ladi: kontakt kuchlanish tishlarning uvalanishiga, eguvchi kuchlanish esa tishlarning sinishiga olib keladi. Ilashmadagi kontakt kuchlanish va ishqalanishga yeyilish, qadalish va tishlar sirtining boshqa shikastlanish turlari bog’liq bo’ladi.
Tishlarning sinishi ). Tishlarning sinishi eguvchi kuchlanish bilan bog’langan. Tishlar sinishining ikki turi mavjud:
zarbiy yoki statik yuklanishlar ta’sirida sinish (hisoblashlarda yuritmani o’ta yuklanishini mumkinligini hisobga olish kerak bo’ladi);
toliqishdan sinish o’zoq muddatli ishlash davomidagi o’zgaruvchan kuchlanishlar natijasida vujudga keladi (bunda kuchlanishlar konsentrasiyasini bartaraf etish muhim ahamiyatga ega).
. Tishlarning sinishi.
Tishlar sinishining oldini olishning umumiy choralari – modulni oshirish, tishlarni qirqishda musbat siljitish, termik ishlov, puxtalash, qirralar bo’yicha yuklanish konsentrasiyasini kamaytirish.
Tishlar sirtining shikastlanishi . Tishlar sirtini shikastlani­shining barcha turi kontakt kuchlanish va ishqalanish bilan bog’langan.
. Tish sirtining emirilish turlari.
Uzatmaning yaxshi moylanishi sharoitida kontakt kuchlanish ta’sirida toliqib uvalanish , a) tishlar sirtini shikastlanishining asosiy turi hisoblanadi. Bunday uzatmalarning tishlari metal-metal tutashuvni bartaraf etuvchi yupqa moy qatlami bilan ajratilgan. Bunda tishlar yeyilishi kam. Tishlar sirtida toliqish paydo bo’lguncha uzatma uzoq vaqt ishlaydi. Toliqish tishlar oyoqchasining qutb chizig’i yaqinida ya’ni yuklama bir juft tishlar bilan uzatilish joyida boshlanadi, tishlarning sirpanishi va dumalab o’tishi shunday yo’nalganki, bunda moy o’yiqchalarda bosim ostida siqiladi va metall bo’lakchasining uvalanishiga olib keladi. Toliqishda moy pardasi hosil bo’lish sharoiti buziladi va natijada metallik tutashuv vujudga kelib tish sirti jadal yeyiladi va tirnaladi.
Toliqishning oldini olishning umumiy choralari - kontakt kuchlanish bo’yicha toliqishga hisoblashdan o’lchamlarini aniqlash; termik ishlov orqali material qattiqligini oshirish; tishlar kontakt me’yori bo’yicha aniqlik darajasini oshirish.
Abraziv yeyilish (10.5-rasm, b) uzatmaning yomon moylanish sharotida ishdan chiqish sabablaridan biri hisoblanadi. Bunday uzatmalarga ochiq uzatmalar, yana abraziv zarrachalar bilan ifloslanishdan etarlicha himoyalanmagan yopiq uzatmalar ham taalluqli. Ushbu uzatmalarni qishloq xo’jaligi va transport mashinalarida, tog’-kon uskunalarida, yuk ko’tarish mashinalarida uchratish mumkin. Yeyilgan uzatmada ilashishdagi tirqish kattalashadi, shovqin hosil bo’ladi, dinamik yuklamalar oshadi. Xuddi shu vaqtda yeyilgan tishning mustahkamligi uning ko’ndalang kesimi maydoni kichiklashi natijasida kamayadi. Agar tishli g’ildirakni o’z vaqtida almashtirilmasa uning tishlari sinishi mumkin.
Yeyilishning oldini olishning umumiy choralari – tishlar sirti qattiqligini oshirish, ifloslanishdan himoyalash, maxsus moylarni qo’llash.
Qadalish (10.5-rasm, v) asosan og’ir yuklangan va tezyurar uzatmalarda kuzatiladi. Bunday uzatmalar tishlari tutashish joyida yuqori harorat vujudga keladi va natijada moy pardasi buzilib metallik tutashuv hosil bo’ladi. Bu hol bir necha bor takrorlangandan so’ng harorat shunday darajaga etadiki, mustahkamigi pastroq materialdan yasalgan g’ildirak tishining anna shu joylari ikkinchi g’ildirak tishiga yopishib chiqadi. Hosil bo’lgan metall g’urrachalar, ish davomida shu tish bilan ilashishda bo’lgan tish sirtini sidirib chiqa boshlaydi. Oqibatda tish sirti notekislanib, uzatma ishida qo’shimcha shovqin va dinamikaviy kuchlar paydo bo’ladi.
Qadalishning oldini olishning umumiy choralari – yeyilishni oldini olish chora-tadbirlari qo’llaniladi, yuqori qovushqoqli va kimyoviya faol qo’shimchali yeyilishga qarshi moylarni qo’llash.
Plastik siljish (10.6-rasm) og’ir yuklangan sekinyurar uzatmalarning yumshoq po’latdan yasalgan tishli g’ildiraklarida uchraydi. Bunday hollarda tish sirtiga tushadigan kuch me’yoridan katta ishqalanish kuchi hosil qiladi va yumshoq po’latni deformasiyalab, oquvchanlik darajasiga olib boradi, oqibatda metall ishqalanish kuchi yo’nalgan tomonga qarab sidiriladi. Natijada, yetaklanuvchi g’ildirak tishining ilashish qutbi atrofida kichkinagina do’mboqcha, yetakchi g’ildirak tishining sirtida esa shu do’mboqchaga mos chuqurcha hosil bo’ladi. Hosil bo’lgan do’mboqcha ilashishning buzilishiga va pirovardida, tishlarning ishdan chiqishiga olib keladi. Tish materialining qattiqligini oshirish bunday yemirilishning oldini olish choralaridan asosiysidir.
Tish sirtining plastik siljishi.
Tishning ishlash yo’li bilan qattiqlashtirilgan sirtqi qatlamining ko’chib chiqishi. Bunday hodisa, asosan, sifatsiz termik ishlangan g’ildiraklarda ro’y beradi. Shuning uchun, termik ishlash talab qilingan hollarda bu jarayonning sifatli bajarilishiga alohida e’tibor berish kerak.

Yüklə 401,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə