Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc


“Nomayi olamoroyi Nodiriy”



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/196
tarix03.06.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#88611
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   196
 
11.2.19. “Nomayi olamoroyi Nodiriy” 
“Nomayi olamoroyi Nodiriy” (“Nodirshoh’ning olamga bezak bwluvchi 
tarixi”) asarining muallifi XVIII asrda wtgan marvlik mashh’ur tarixchi olim 
Muh’ammad Kozimdir. U 1721 yili Marvda tug’ilgan. Otasi, 1737 yili vafot etgan. 
U mashh’ur fotih’ Nodirshoh’(1736-1747 yy.)ning yaqin kishilaridan bwlib, uning 
dastlabki h’arbiy yurishlarida qatnashgan va muh’im diplomatik topshiriqlarini 
bajargan. Keyincha u Nodirshoh’ning inisi 
İ
broh’imxon, dastlab Xuroson, swngra, 
1736 yildan, Ozarbayjon h’okimi saroyida xizmat qilgan. 
Muh’ammad Kozim boshlang’ich malumotni Marvda oldi, swng 1731 yili 
otasi uni Mashh’adga olib keldi va bu erdagi madrasalardan biriga wqishga berdi. 
Muh’ammad Kozim bu erda sayid Mir Shamsuddin Ali Mozandaroniydan talim 
oldi. 1736 yili u Darbandga, 
İ
broh’imxon h’uzuriga chaqirtirib olindi va 1739 
yilgacha xonning yasovuli lavozimida xizmat qildi. 1739 yili Muh’ammad Kozim 
Nodirshoh’ning wg’li Rizoquli mirzo xizmatiga qabul qilindi va 1741 ymlgacha 
lashkarnavis, h’arbiy kotib vazifasida xizmat qildi. 1744 yildan u Nodirshoh’ 
h’uzurida xizmat qila boshladi, 174401747 yillari moliya mah’kamasida kotib va 
1747 yildan podshoh’ qurol-yarog’ omborining mutasaddisi, vazir bwlib ishladi. 
Muh’ammad Kozim taxminan 1752 yili vafot etdi.
Muh’ammad Kozim wzining tarixiy asari “Nomayi olamoroyi Nodiriy”ni 
1750-1753 yillari 
ё
zgan. Asar uch jilddan iborat. 
Birinchi jildi Eronning 1688-1736 yillar orasidagi ijtimoiy-si
ё
siy tarixini wz 
ichiga oladi. 
İ
kkinchi jildda 1736-1743 yillari Eronda, shuningdek, Wrta Osi
ё
va Kavkaz 
orti mamlakatlarida bwlib wtgan voqealar ba
ё
n etilgan. 
Asarning uchinchi jildi Eron va qisman, Wrta Osi
ё
, Hindiston, Turkiya va 
Kavkaz orti mamlakatlarining 1743-1747 yillar orasidagi ijtimoiy-si
ё
siy tarixiga 
bag’ishlanadi. 


140
Wzbekistonning XVIII asrdagi tarixini wrganishda “Nomayi olamoroyi 
Nodiriy”ning II va III jildlari asosiy manbalardan biri wrnini wtaydi. Ayniqsa, 
asarda Eron qwshinining 1737 yili Wzbekiston h’ududiga bostirib kirishi va 
G’uzor, Qarshi, Shulluq va boshqa shah’ar va tumanlarning talon-taroj qilinishi, 
1740 yili Buxoro xonligining Nodirshoh’ tarafidan bwysundirilishi, 1746 yildagi 
Xorazmning og’ir ah’voli, 1747 yili Eron askarlarining Wrta Osi
ё
shah’ar va 
qishloqlariga yana bostirib kirishi va oqibatda meh’natkash xalqning ayanchli 
ah’volga tushib qolishi, 1741-1742 yillarda Kwlob, Xisori shodmon, Badaxshon, 
Balx va boshqa viloyatlar xalqining katta er egalarining zulm va chet el 
bosqinchilariga qarshi qwzg’olonlari h’aqidagi malumotlar zwr ilmiy qimmatga 
ega. 
“Nomayi olamoroyi Nodiriy”ning qwl
ё
zma nusxalari kam. Shu paytgacha 
asar twla ravishda biron tilga tarjima qilinmagan. Undan ayrim parchalar bazi 
ilmiy twplam va jurnallarda chop etilgan. II jildning bir qismi, yani 
Nodirshoh’ning Hindistonga yurishini ba
ё
n etuvchi qismi P.
İ
.Petrov tomonidan rus 
tilida nashr etilgan. 1960, 1965 va 1966 yillari “Nomayi olamoroyi Nodiriy”ning 
matni fotofaksimil nashri Moskvada N.D.Mikluxo-Maklay tomonidan chop 
etilgan. 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə