52
Bag’dodda tug’ildi, lekin umrining kwp qismini Armaniston, Xuroson, Falastin,
Misr va Mag’ribda wtkazdi.
Al-Yaqubiyning ikki yirik va muh’im asari bizning zamonamizgacha etib
kelgan. Biri ”Kitob al-buldon” (“Mamlakatlar h’aqida kitob”),
ikkinchisi esa
“Tarix” nomi bilan mashh’urdir.
”Kitob al-buldon” (taxminan 891 yilda
ё
zilgan) twrt qismdan iborat. Asarda
arablar qwl ostidagi mamlakatlarning geografik h’olati, yirik shah’arlar va qalalari,
ah’olisi va uning asosiy mashg’uloti, urf-odatlari,
wsha mamlakatdan olinadigan
xirojning umumiy miqdori h’aqida qimmatli malumotlar keltiriladi.
Ushbu asarning ikki mwtabar qwl
ё
zmasi G’arbiy Germaniya
kutubxonalarida saqlanmoqda. Kitobning arabcha matni gollandiyalik mashh’ur
sharqshunos M.de Gue (1836-1909 y.) tomonidan 1892 yili Leydenda chop etilgan.
Al-Yaqubiyning ikkinchi asari “Tarix” umumiy tarix tipida
ё
zilgan bwlib,
Sharq mamlakatlari,
shuningdek Wrta Osi
ё
ning VII-IX asrlardagi tarixi bwyiyaa
muh’im manbalardan biri h’isoblanadi. Asar ikki qismdan iborat bwlib, Odam
Atodan islomgacha bwlgan va musulmon mamlakatlari tarixlari, yani wsha
mamlakatlarda 873 yilgacha
sodir bwlgan voqealar ba
ё
n etilgan.
“Tarix”ning arabcha matni 1883 yili gollandiyalik olim M.T.Xautsma
(1851-1943 y.) tomonidan chop etilgan.
7.3.5. “Kitob futuh’ al-buldon ”
“Kitob futuh’ al-buldon”(“Mamlakatlarning zabt etilishi”) IX asrda wtgan
yirik geograf va tarixchi olimi Balazuriy (vaf. 892 y.)ning asaridir. Muarrix
Madoiniyning shogirdi bwlib, uning twla ismi Abubakr Ah’mad ibn Yax
ё
Jabir al-
Balazuriy, asli eronlik Abbosiylardan al-Mutavakkil (847-861 y.) va al-Mustain
(862-866 y.) saroyida tarbiyachi bwlib xizmat qilgan.
Balazuriy ikki yirik asar “Kitob futuh’ al-buldon” va “Kitob al-ansob ao-
sharif”(“Sharofatli kishilarning nasablari h’aqida kitob”ning muallifidir.
“Kitob futuh’ al-buldon” arab istilolari tarixi bwyicha
eng yaxshi asarlardan
biri h’isoblanadi. Faqat shu asarda arablarning xalifa Usmon (644-656 y.) va uning
Xurosondagi noibi Abdulloh’ ibn Amr davrida Movarounnah’rga bir necha bor
bostirib kirganliklari va Maymurg’ni (Samarqand tumanlaridan biri) talab
qaytganliklari h’aqida malumot bor.
Asarda arablar asoratiga tushib qolgan mamlakatlar,
ularning diqqatga
sazovor shah’arlari va osori-atiqalari, xalqi, pul muomalasi, undiriladigan soliklar,
shuningdek arab tilining joriy qilinishi h’aqida h’am qimmatli malumotlarni
uchratamiz.
“Kitob futuh’ al-buldon”ning qisqartirilgan tah’riri
etib kelgan, xalos.
Arabcha matni de Gue tarafidan 1866 yili Leydenda chop etilgan. Uning inglizcha
tarjimasi (tarjimonlar Xitti va Murgotten) h’am bor. Balazuriyning ushbu asarining
twliq nusxasi
Ё
qut va
İ
bn al-Asir asarlari uchun manbalardan biri bwlib xizmat
qilgan.
Dostları ilə paylaş: