Microsoft Word Allambergenova M



Yüklə 268,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix21.10.2023
ölçüsü268,38 Kb.
#129354
1   2   3   4   5   6
allamberganova muqaddas.milliy uygonish davri ozbek adabiyoti

“Taraqqiy” gazetasi 
Demokratik yo’nalishdagi o’zbek milliy matbuotining namunalari 1905-1907 yillarda 
yuz bergan birinchi rus inqilobi davrida tashkil topdi.”Taraqqiy” ning adabiyotlardagi 
talqini masalasi xususida ham fikr bildirmoqlik m ustaqil mulohazalar uchun foydadan 
holi emas.Turkistionda nashr etilgan ilk gazeta “Taraqqiy” haqida shu paytgacha bir 
qator tadqiqotlar yaratildi. 
“Turkistonda matbuotning na xolda, na darajada o’ldig’ini imkon boricha ko’rsatarmiz” 
deb yozgan ilk matbuot tadqiqotchisi Cho’lpondir:”Taraqqiy “–taraqqiyparvar bir gazeta 


bo’lib ,muharriri ichki rusiya tatarlaridan Ismoil Obidiy Yo’ldosh edi.Oktyabr 
inqilobindan so’ngra bu kishi so’l sotsiolist revolyutsioner firqasi vakili o’laroq dohiliya
qo’misori mansabinda bo’lindi.Ikki oy qadar davom etgandan so’ngra hukumast 
tarafidan bekitildi”. 
Bu mavzuda,shuningdek Abdulla Avloniyning “Burung’i o’zbek vaqtli matbuptining 
tarixi” axborotnomasini ham dalil qilib ko’rsatish mumkin.”Taraqqiy” gazetasi tez 
fursatda shunday shuhrat qozondiki,hatto gazeta muharriri bo’lg’on Ismoil Obidiyga 
Taraqqiy ismi berildi.Hozirgacha xalq Ismoil Obidiyning ismini Taraqqiy deb 
yuritadilar.Bu gazeta elning eng suyub o’qiydirg’on bir gazetasi bo’ladi.Bu gazeta o’sha 
zamon musulmon gazetalari ichinda eng so’li bo’lib,hukumat va uning ma’murlarig’a 
qarshi hujum uyushtirildi. 
Bu gazeta yerlik yosh yozuvchilarg’a sahifalaridan keng o’rin berdi.Istibdod 
hukumatining favqulodda saqlash qo’li bilan bu gazeta o’ldirildi.Xalq oziqlanib qolib 
uzoq vaqt jimjitlik hukum surdi”. 
Gazeta eski usul maktablarida bo’lmagan matematika,tarix,geografiya singari fanlarni 
yangi usul maktablarining o’quv dasturiga kiritishni taqib qilar edi.Bu yangilikning 
maqsadi,ishlab chiqarish kapitaliga malakali kadrllar tayyorlashdan iborat edi.Gazeta bu 
g’oyalarni chor hukumati bilan kelishuvda o’tkazishga harakat qilsada konstitutsion 
monarxiyani yoqlab chiqdi.”Taraqqiy” haqida yaratilgan tadqiqot ishlaridan Solix 
Qosimovning “Guliston ” jurnalining 1979 yil 9-10-sonlarida e’lon qilingan “Kurash 
sahifalari” maqolasidir.Shuningdek,A.Jalolov va H.O’zganboyevlarning “O’zbek 
ma’rifatparvarlik adabiyotining taraqqiyotida vaqtli matbuotining o’rni” kitobida va 
“O’zbek tili va adabiyoti ” jurnalining 1986 yil 3-sonidagi “Taraqqiy va adabiy hayot” 
maqolasida ham “Taraqqiy” gazetasining faoliyati tahlil qilinadi.Bu tadqiqot va 
izlanishlarda ham vaqtli matbuotining adabiyot rivojiga qo’shgan hissasi ta’kidlanib 
ijtimoiy-siyosiy hayotga matbuotning ta’siri masalalari o’z bahosini olgandir. 
“Taraqqiy va adabiy hayot” maqolasida “Turkiston viloyatining gazetida “ “Taraqqiy” 
ning ilk soni chiqishi munosabati bilan hukumat nashrn ing unga nisbatan tutgan yo’li 
keng yoritilgan. 


“Chor hukumati Turkistonda milliy matbuot va adabiyotn ing rivojiga mone’lik 
ko’rsatdi,mahalliy shoir va yozuvchilar “O’zbekch abir risola” nashr ettirmoqchi 
bo’lsaklar,chorizmning o’lkadagi matbuot taftish ishlari turli bemA’ni bahonalarni 
ro’kach qilib,ularni chop qilishga tish-tirnoqlari bilan qarshilik qildilar.Bular haqida 
“Taraqqiy” afsus bilan shunday yozadi:”Chunonchi mujsulmoncha bir kichkina risola 
bosdurmoqchi bo’lsak,nazoratning qizil qalami bila sahifalar qizil bo’lib,ortuqli,turtuqli 
buzulub,qo’limizga qaytur edi”… 
Gazetaning yozganlari zamirida katta hayotiy haqiqat bor. 
Chor hukumatining Turkistondagi ma’murlari “Hur fikr sharpasi” sezilgan har bir asarni 
chop ettirishga qarshilik ko’rsatar edilar. 
”Taraqqiy” gazetasi chorizmning Turkiston mehnatkashlari o’rtasida “Haqlig” 
tarqamasul deb”,”Har qanday milliy vaqtli matbuotning nashr ettirishiga katta qarshilik 
qilib kelganini qo’rqmay fosh qiladi:”Musulmonlar ichina haqlig’ tarqalmasun” deb 
gazeta va jurnallar nashr etmakka hech fursat berilmas erdi.” 
“Taraqqiy” chon rhukumatining Turkiston xalqlarini jaholat va qorong’ulikda saqlashga 
intilib,mahalliy xalq tiliga bironta kunnoma va badiiy asar nashr etishga fursat 
bermaganligini ro’y-ros yozish bilan birga uning tup sabablartini ham aytib o’tadi. 
Chunki vaqtli matbuot jahon ko’zgusidir.Mamlakatda bo’layotgan har bir voqea ozmi-
ko’pmi, albatta vaqtli matbuotda aks etar edi. 
”Taraqqiy” chop etila boshlagandan buyon birinchi kundan to yopib qo’yilgunga qadar 
haqiqiy ma’noda taraqqiyparvar gazeta bo’ldi.U mahalliy xalq manfaati yo’lida faoliyat 
ko’rsatgan milliy gazeta edi.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga ko’ra 
“Taraqqiy” gazetasi tashkil topgan sana-27 iyun “Matbuot va ommaviy axborot 
vositalari xodimlari kuni”deb e’lon qilindi. 
“Taraqqiy”ning ilk soni 14-iyun,yangi hisob bilan 27-iyun kuni chiqqan. 20 soniga 
yetganda musodara qilinib,nshr etish to’xtatilgan.Uning ikki oy-u bir hafta chiqqanligi
haqida ma’lumot bor.Gazetaning mavjud sonlari:1-soni 14 iyun,3-soni 22 iuyn,9-soni 16 
iyul,10-soni 20 iyul,16-soni 9 avgust,17-soni 12 avgustda chiqqanligi nazarda 
tutilsa,darhaqiqat gazeta 20 avgustga qadar yana ikki oy-u bir hafta nashr qilinganligini 
tasdiqlash mumkin. 


”Taraqqiy”da bosilgan maqola va xabarlarning mazmuni asosan ilg’or g’oyalarni 
tarqatish,dini 
islomning 
mustamkachilik tomonidan kamsitilayotganiga qarshi 
kurashish,milliy mustaqillikka erishish yo’llarini izlashdan iborat.
1923-yildan Behbudiy matbuot ishlari bilan shug’ullanadi.Apreldan “Samarqand” 
gazetasini chiqara boshlaydi.Gazeta turkiy va forsiy tillarda,xaftada ikki marta,dastlab 
ikki,so’ng to’rt sahifada chop etilgan.45 ta sonidan keyin moddiy tanqislik tufayli 
chiqishi to’xtagan.O’sha yilning 20 avgustidan u “Oyna’ jurnalini chiqara boshlaydi.Bu 
suratli haftalik majalla asosan o’zbek tilida bo’lib,unda ixcham forsiy 
she’rlar,maqolalar,ruscha e’lonlar ham berilib borilardi…”Boshda haftada bir marta va 
ikkinchi yildan e’tiboran 15 kunda bir qatla chiqib,yigirma oy chamasidavom 
qildi…Kafkaaz,tataiston,Eron,Afg’oniston,Hindiston 
va 
Turkiyagacha 
tarqalar 
edi…jadidlarning 
sevikli 
jurnallari 
edi.Shuning 
uchun 
ular 
tomonidan 
hurmatlanadi,sevilib o’qildi”,deb yozgan edi Ziyo Said.Jurnal redaksiyasi muharrirning 
Yangi shahardagi uyida (Reshetnikov 3;hozir Mirsaid baraka,1,aloqa xodimlari kasaba 
uyushmalarining viloyat tashkiloti binosi) joylashgan. 
Behbudiy shu yillari nashr ishlari bilan qizg’in shug’ullandi.”nashriyoti Behbudiya” 
nomi bilan o’z xususiy nashriyotini ochdi.Fitratning “Bayonoti sayyohi hindi” asarini 
1913 yilda ruschaga tarjima qildirib,nashr etdi.Turkiston xaritasini tuzib bosmadan 
chiqardi,kutubxonani yo’lga qo’ydi.O’sha davr vaqtli matbuotida “Behbudiy 
kutubxonasi” haqidagi xabarlarga tez-tez duch kelamiz. 
1914-yilning 29-mayida Behbudiy ikkinchi bor arab mamlakatlartiga sayohatga 
otlanadi. 
Muallif sayohati arafasidagi kayfiyatini shunday ifodalaydi:”7 sanadan beri ikki daf’a 
Buxoro va bir daf’a Farg’onani ziyoratidan boshqa safarga chiqqanim yo’q 
edi.Azbaski,tiriklik kasalig’a mubtalolik,ro’zg’or qaydig’a giriftorlik sayohat 
ne’matidan 
mahrum 
etar.Yetti 
yillik 
xonashinlik,dilgarlik 
tarafdan 
aloyiqi 
ro’zg’or,tijorat va 7-8 risolalar tahrir va nashri,dorulqazo ishlari,xususan,bir sanadan beri 
sobiq “Samarqand” jaridasi va hozirgi “Oyna ” irodasining ishlari ruhan va jisman zaif 
etdi.A’zou havoslarg’a kasolat ”paydo bo’ldi.Singir (asab) …g’ayri muntazam 


ishlaydur.Atibbo istirohat va sayohatg’a mashvarat berarlar.tabiat u qadar noqobil va 
buzuqki,sayohatdan ham nafrat etar,istamaz. 
Shunga qaramasdan,safarga chiqmasa bo’lmaydi.Avvalo9,”Kutubxonayi Behbudiya” 
uchunn 
Istanbul,Misr,Qrim,Kavkaz,Qozon,Rusiya 
va 
xorijlarning 
manzaralari,imoratlari,kishilarning suratlari,turli-tuman qolip (klishe)lar va yana boshqa 
judako’p 
narsalar 
kerak.Xullas,bormasa 
bo’lmaydi.Mashrut:Kavkaz,Qrim,Istanbul,Yunoniston,bayrut,Misr Qohirasi va yanas 
orqaga- Istanbulga qaytib,temir yo’l bilan Bulg’oriston,Avstriya va Berlin orqali 
Rusiyaga,undan Turkistonga kelish.Muddati iki oy.Birinchi iyunga qolmay yo’lga 
tushish kerak.Behbudiy Peterburgda bo’ladigan Milliy majlis maslahatiga taklif qilingan 
edi.Savollarga 
javobini 
yozib 
yuboradi,uzrini 
aytadi.Xullas,29-mayda 
yo’lga 
tushadi.Poyezdga o’tirib Bayramali prqqali Ashg’abotga o’tadi.Krasnavodskdan 
poroxod 
bilan 
Bokuga 
boradi.2-iyunda 
Mineralniye 
Vodi-Kislovodsk-
Pyatigorsk,Jeleznovodsk-Rostov-Odessani kezib,8 iyunda Istanbulga kirib keladi.Undan 
Adirnafga sayohat qiladi.Yana Istanbulga qaytib,21 iyunda suv yo’li bilan Quddusga 
yo’l oladi.Bayrut,Yofa,Xalil ar-Raxmon,Port Said,Shom shaharlarin I tomosha 
qiladi.sayohat iyulning boshlarida ham davom etadi… 
Sayohat xotiralari har jihatdan g’oyat muhim bo’lib,Behbudiy ularni o’z jurnali “Oyna” 
ning 1914 yil sonlarida mazkur nom ostida peshma-pesh berib boradi(hozircha 18 sonda 
uchratdik). 

Yüklə 268,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə