Microsoft Word Allambergenova M



Yüklə 268,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix21.10.2023
ölçüsü268,38 Kb.
#129354
1   2   3   4   5   6
allamberganova muqaddas.milliy uygonish davri ozbek adabiyoti

“Samarqand” gazetasi 
“Samarqand ” gazetasi Samarqand taraqqiyparvar ma’rifatchilarning to’ng’ich gazetasi 
bo’lib, u 1913 yil aprel oyida Mahmudxo’ja Behbudiyning mas’ul muharrirligi ostida 
chiqa boshlagan. Tepasida:”Mahalliy,turkiy va forsiy o’rta shevada ilm-fan adabiy 
tijorat,hunar va ziroatning,Rusiya ahvoli va madanioyati xorijiy mamlakatlari holidan va 
olami islom tirikligidan yozuvchi madaniyat musavvir tasviriy sur’atli jadidadir” 
.deyilgan( Ziyo Said axborotiga ko’ra). 
Gazeta haftada ikki marta ikki sahifada chiqqan,Shuningdek u 400-600 nusxadan iborat 
bo’lgan.Tili sof o’zbekcha bo’lmagan,har bir sonida tojikcha she’r va maqolalar ham 
bosilib turgan. 


Biroq “samarqand” gazetasi moddiy tomondan qiynalib 45 sonida to’xtashga majbur 
bo’lgan.Mirzohid Mirvohidov (Qo’qondan),Akobir Shomansurov (Samarqanddan),ikki 
yuz mushtariy besh so’m iona to’plab,yana nashr qildirishni so’rab muharrirga 
telegramma bergan bo’lsalar ham gazetani qayta nashr etish mumkin bo’lmagan. 
Gazetaga Saidrizo,Hoji Muin,Rojiy,Siddiqiy,Nurmuhammad bek o’g’li,Nusratullo 
Milliy,Mulla IBrohim Saidkamol o’g’li va boshqalar yozib turganlar. 
“Samarqand” gazetasining bosilish jarayonida unga ikki marta ruxsat olingan 
bo’lib,birinchisi 1913 yil 10 aprelda beriladi va shundan so’ng gazeta chiqa boshlaydi. 
Shu bilan birga Behbudiy negadir 1913 yil 23 may kuni Samarqand viloyati harbiy 
gubernatoridan “Yangi Samarqand” (“Samarqandi nav”-“Noviye Samarqand”) nomli 
gazeta chiqarishga ruxsat berishini so’rab yana ariza beradi. 
”Samarqand” uch tilda “o’zbekcha,ruscha va forscha” chiqib turgan.Bu haqda Behbudiy 
gazetaning 36 sonida bosilgan “Na uchun iltifot etmaydurlar?” maqolasida shunday 
yozadi. 
“Samarqand ” jaridiyasi o’zbek,forsiy,rus tillarida va Turkistonning o’rta shevasinda 
ta’sis etilib edi.Bundan maqsad shu ediki,Rusiya kulturi ilmi,hunari va sanoatig’a oshno 
bo’lishlariga ojizona tashviq etmoqdin iboratdir.Maktab bo’lsun,madrasa bo’lsun,isloh 
va taraqqiyotg’a yordam uchun xalqni da’vat qilmoq edi.Fasid urf va botil 
rasmlarini,yomon odatlarni sha’rann islohiga qo’shish etmoq edi. 
Behbudiy “Samarqand” da butun Turkiston ziyolilari faol ishtirok etishni so’radi va 
gazetaning ilk sonida yozuvchilarga murojaat qildiki,bu murojaat uning oxirgi 
sonigacha birinchi sahifasidan tushmadi:”Islomiyaning saodati va salohiyatiga 
musulmonlarni madaniyat va fgununi zamonadan nafratlanmoqlari uchun yozuilgan 
mahalliy turkiy va forsiy tillarda maqola va ash’or qabul bo’lib,ammo jaridaga yozilishi 
idora ixtiyoridadur”. 
Bu murojaat gazetaning deyarli har soniga qaramasdan,joylarda maqola va xabarlar 
ko’p kelmaydi.Bundan Behbudiy nola chekadi va kuyinib “Na uchun ittifot 
etmaydurlar?” degan maqola yozadi. 
”Samarqand” gazetasining yopilishi haqida Abdulla Avloniy “Mushtariysizlik,moddiy 
tanglik orqasida to’xtatildi”,desa S.Ayniy komissiya xulosasida (Behbudiy yo’qolganiga 


bir yil bo’lganidan keyin unga a’za ochish uchun tuzilgan komissiya ):”45nchi raqam 
chiqqanidan 
keyin 
oning 
o’rniga 
“Oyina” 
majallisini 
chiqarish 
maslahat 
ko’rilib,to’xtatildi”. 
Shunday qilib,”Samarqand” gazetasi o’rniga 1913 yil 20 avgustdan “Oyina” nashr etila 
boshlangan. 

Yüklə 268,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə