Microsoft Word Allambergenova M


“Oyina” jurnali(1913 yil 20 avgust-1915 yil 15 iyun)



Yüklə 268,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix21.10.2023
ölçüsü268,38 Kb.
#129354
1   2   3   4   5   6
allamberganova muqaddas.milliy uygonish davri ozbek adabiyoti

“Oyina” jurnali(1913 yil 20 avgust-1915 yil 15 iyun) 
O’zbek milliy matbuotida jurnalchilikka asos slogan noshir va muharrir Mahmudxo’ja 
Behbudiydir.Uning “Oyina” jurnali nafaqat Turkistonda,shuningdek Rossiyaning 
musulmonlar yashaydigan boshqa o’lkalarida ham mashhur bo’lgan.Mahmudxo’ja 
Behbudiy tashabbusi bilan ma’rifatparvarlarning ilk jurnali “Oyina” chiqa boshladi.U 
o’zining baland saviyasi dolzarbligi,mavzu rang-barangligi bilan tez orada mahalliy 
ziyolilar orasida katta obro’ qozondi. 
Mhmudxo’ja Behbudiy nomi bilan bog’liq ushbu jurnal tashkil topgan yiliyoq 
Turkistondagi 
mavjud 
urf-odatlar,yangicha 
jadid 
maktablari,o’zgarishlarini 
o’rganayotgan elshunos missioner G.Andreev Behbudiy va uning oilasi haqida ketma-
ket maqola yozadi.Birinchi maqolada u Behbudiy bilan suhbat qurib,unga (
турецкий
таргаш
) sifatida nom qo’yadi.Ikkinchi maqolasida esa “Oyina” ning 1915 yil (53) 
seonini o’z nuqtai nazari bilan batafsil sharhlaydi va “zerikarli” maqolalarga to’la jurnal 
ekanligini aytadi.Qisqacha muallif Behbudiyning publisistik hamda muharrirlik 
faoliyatiga past nazar bilan qaraganligini anglash mumkin.Missionerlardan o’zgacha 
muomala kutish ham qiyin edi,chunki ular o’zlarini Turkistinga “madaniyat 
keltirgan”insonlarmiz deb o’ylashadi. 
Shuningdek,”Samarqand” gazetasi va “Oyina” nomli jurnal to’g’risida eng so’nggi 
ma’lumotlar O’zbekistonning yangi tarixiy markazi,O’zbekiston Respublikasi Fanlar 
akademiyasi 
tarix 
instituti 
tomonidan 
chop 
etilgan 
“Jadidchilik:islohot,yangilanish,mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash” davriy 
tio’plamida ham ko’rish mumki. 
Jurnalning nomlanishi muqovada – arab,o’zbek,fors va rus tilida yozilganligini ko’rish 
mumkin,yana “Mir’ot”,”Ko’zgu”,”Oyina” va “Zerkalo”. 


Behbudiy Samarqand viloyat harbiy gubernatorga yozgan arzida jurnalni 3 – rus,o’zbek 
va tojik tillarida chiqarishga izn so’ragan. 
”Oyina” ning ilk soni 1913 yil 20 avgust kuni “Samarqansd”gazetasining 37 soni bilan 
barobar chop etilgan.Bu haqda Samarqandda “Arzi tuhfa” sarlavhasi ostida shunday 
so’zlarni o’qish mumkin: 
“Samarqand” jadidasining barcha mushtariylarig’a iydi said munosabati-la ushbu raqam 
ila “Oyina” tajallasi “Samarqand” idorasi tarafidan ojizona tuhfa yuborildi.Qabuli 
marjudir”. 
“Oyina” ning chiqqan sonlari haqida eng birinchi ma’lumotni Sadriddin Ayniy 
yozganligi uchun undan Iqtibos keltiramiz:”Oyina majallisining bir necha raqami 1333 
yil shovvol oyinda (1913 avgust) chiqib,1333 yil shobon 15 ig’acha davom 
qilg’on(1915 yil 15 iyun).Bu muddatda 68-raqamda 1720 sahifalik “Oyina” 
chiqqon.Ziyo Saidda ham huddi shunday ma’lumotlar bor. 
“Oyina” haqwiqatdan o’z nomiga yarasha ish olib bordi.Bo’lib o’tgan va sodir 
bo’layotgan,shunin gdek kutilayotgan voqea – hodisalarga o’z fikrini doim bildirib 
turdi.Muharrir jurnalga maqola yozishlarini millat ziyolilaridan so’rab turdi.Nashr 
tahlamlarini ko’zdan kechirar ekanmiz,unda bir talay mualliflar qatnashganligini 
ko’ramiz.Xususan,Abdurauf Fitrat,Siddiqiy,Hoji Min,Akobir Shomansur,Muhammad 
Said,Saidrizo 
Alizoda,Said 
Ahmad 
Vasliy,Tavallo,Sadriddin 
Ayniy,Hakim 
Buxoriy,Niyoziy,Rajabzodalar qalamiga mansub qator maqolalar,she;rlar “Oyina” ning 
ommalashuviga sabab bo’lgan.BUnda Behbudiyning ham eng sara maqolalari chop 
etilgan:”Ikki emas to’rt til lozim”(1-son),”Mayda qarz,mulki kredit” (1-son),”Tutun 
tamoku”(1-2- son),”Millatni kim isloh etadi”()12-son(,”Yoshlarga murojaat”(21 
son),”Sart 
so’zi 
majhuldir”(22,23,25,26-sonlar)”Teatr 
nadur?”(29 
son),”Tanqid 
saralamoqdur”(31-son),”Ismoilbek hazratlari ila suhbat (49-son) kabi tahlilli
maqolalari,tarix va geografiyaga oid “Sherdor madrasasi” (1-son)”Ul;ug’bek 
rasadxonasi”(3-4-5-6-7-8-9-sonlar),”Tarix va jug’rofiya”(27-28 sonlar) kabi maqolalar 
shular jumlasidandir. 
“Ouina” da adabiy tanqid ham salmoqli o’rin tutadi.Jurnalning bu boradagi ahamiyati 
yana shundaki,Alisher Navoiydan keyingi bir necha asrlik sukunatdan so’ng bu 


sohaning xos xususiyatlarini tayin etib adabiyotda uning teng huquqligi masalasini 
o’rtaga qo’ydi. 
Jurnalning 1914 yil 27 sonida uning muharriri Behbudiyning “Tandiq-saralamoqdur” 
deb nomlangan maqolasi chop etiladi. 
“Oyina” jurnali ham o’ziga xos milliy xususiyatlarga ega,uning birinchi sonidan 
boshlangan turkiston tarixiga, bobolar qoldirgan me’roslarga e’tibor uning oxirgi 
sonlarigacha sezilib turadi.Masalan,uning birinchi sonining birinchi sashifasida Sherdor 
madrasasining viqorli surati,”Turkiston” sarlavhali bosh maqola va undan so’ng Sherdor 
madrasasining tarixi yozilgan.Ikkinchi sonida “Ulug’bek rasadxonasi” haqida muharrir 
maqolasi 
bosilgan.Shunga 
o’xshash 
maqolalar 
davomiy 
qilib 
berilganki,bu 
mushtariyning o’z millati,bobolariga nisbatan mehri uyg’onishiga,faxrlanishiga 
kimlarning avlodi ekanligini anglashiga sabab bo’lgan.Behbudiy jurnalidagi bu ohang 
davlatimiz mustaqillikka erishgach,bizning jurnallarimuizga ham ko’chdi. 
Mahmudxo’ja Behbudiy o’zbek matbuotida jurnalchilikka asos solgan muharrir 
hamdir.”Oyina” uning jurnali milliy uyg’onish jarchisi sifatida maydonga chiqdi. 
Quyida Tavalloning Samarqandda chiqqan “Oyina” majallisi haqqinda she’rini 
keltiramiz: 
Ko’rguz yoshurma yuzda g’ubor,ko’zgu, 
Har kim umid bilan sanga boqar,ko’zgu. 
Qildi tamom millat jomi din ila rag’bat, 
Doim tilar bu niyat top e’tibor,ko’zgu. 
Topding bu kun mahorat bid’atni ayla g’orat, 
Biz aylaylik ziyorat,shayxi g’ubor ko’zgu. 
Bir ism sanga mir’ot,ouina o’ldi bir ot, 
Dunyoda ko’rma ofat,ey obdor ko’zgu. 
Ruslarcha “
зеркало
” san bir cheti namosan, 
Cho’x sohibi jilosan,bo’l noydor ko’zgu. 
Behbudiy o’ldi qodir nashri uchun muboshir. 
Har kim qo’la tutubdir o’zni ko’rara ko’zgu. 



Yüklə 268,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə