Microsoft Word Allambergenova M



Yüklə 268,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix21.10.2023
ölçüsü268,38 Kb.
#129354
1   2   3   4   5   6
allamberganova muqaddas.milliy uygonish davri ozbek adabiyoti

Jadid matbuotchililgi 
Jadid matbuotchiligi 1905 yildan keyin 17-oktyabr manifesti bergan ma’lum erkinliklar 
samarasi sifatida maydonga keldi. 
Biroq bunda: 
1)
Turkistondagi mavjud o’zbekcha nashr – “Turkiston viloyatining gazeti”; 
2)
Usmonli Turk,Kavkaz,Volga bo’yi matbuotchiligining ham roli katta bo’ldi 
Turkiston matbuoti umumrusiya musulmon matbuoti bilan qadam-baqadam bordi,o’lka 
turmushi milliy taraqqiyot bilan bog’liq masalalarni ko’tarib chiqdi va hal qilishga 
urindi.Milliy adabiyotning shakllanishi hamda taraqqiy qilishiga munosib hissa qo’shdi. 
Turkiston davriy matbuoti tarixidan
Turkistonda davriy matbuot aslida jadidlardan ilgariroq 1870-yilda paydo bo’ldi va u 
o’lkaga kirib kelgan Rusiya hukumatining harbiy istilochilik siyosatiga xizmat qildi. 
Tarixi quyidagicha edi: 
1867-yil 14-iyulda Toshkentda Turkiston harbiy okurugi shtabi qoshida harbiy hujjatlarni 
lozim nusxada ko’paytirish maqsadida bosmaxona tashkil qilinadi.1868-yilda uni o’rtacha 
hajmdagi kitob chiqarishga moslashtiradilar.1869-yili harbiy vazir D.A.Milyutin 
“Turkestanskiye vedomosti” gazetasini chiqarishga ruxsat beradi.Shu tariqa,1870-yilning 
28-aprelidan boshlab Toshkentda rus tilida gazeta chiqa boshlaydi.Shu yili 17 soni,1871-
yilda 48,1872-yilda 51 soni chiqqani ma’lum.Dastlab uni birinchi yili general-gubernator 
fon-Kaufmanning shaxsan o’zi boshqargan.1874-yildagina polkovnik N.A.Mayev rasman 
muharrir qilib tayinlanadi.Shundan to 1917-yilga qadar gazeta okrug harbiy shtabi 
bosmaxonasida bosilib keldi.Darvoqe,bu bosmaxona 1918-yil yanvaridan Sovet harbiy 
komissariyati ixtiyoriga o’tdi.Xullas, bu bosmaxonaning peshonasiga faqat harbiylarga 


xizmat qilish bitilgan ekan.O’zbek tilidagi ilk gazeta o’sha 1870-yilning o’zidayoq 
“Turkestanskie vedomosti” chop etila boshlaganidan so’ng oradan 2 oy o’tgach,ushbu 
gazetaga ilova sifatida chiqarila boshlaydi.Gazetaga 1881-yilning 20-noyabriga qadar 
Shohimardon Ibrohimov,so’ng Hasan Chanishev muharrirlik qildilar.1883-yildan esa,gazeta 
mustaqil 
bo’ladi 
va 
unga 
muharrir 
etib 
Turkiston 
general 
– 
gubernatori 
M.G.Chernyayevning 27-son buyrug’I bilan Toshkent o’qituvchilar seminariyasining 
direktori N.Ostroumov tayinlanadi va u 1917 yil fevral voqealariga qadar ishlaydi. 
N.P.Ostroumov (1846-1930) Qozon Diniy akademiyasida mashhur missioner 
N,Ilminskiy (1822-1891) qo’lida o’qigan.Sharq tillaridan,xususan turkiy tillardan 
yaxshigina xabardor,lekin zabt etilgan o’lkalarni ruslashtirishnui hayotining bosh 
g’oyasi hisoblagan,asosiy shovinist edi.Shu sababli,gazeta sahifalarida rus ilm-fani va 
madaniyati zo’r berib targ’ib-tashviq etildi.Rusiya shaharlariga sayohatga borgan 
turkistonliklarning safar taassurotlari muntazam suratda berib borildi.Gazeta atrofida 
mahalliy qalamkashlardan bir davra tashkil qilindi.Bu qalamkashlar rusiya tarixi 
madaniyatiga hamdu-sano o’qidilar,ruslardan o’rnak olishga chaqirdilar,mahalliy xalqqa 
ruslarni Turkistonga ilm-ma’rifat,axloq va madaniyat olib keluvchi,dunyo bilan oshno 
qiluvchi bir millat sifatida tanishtirdilar.Bular “Ma’rifatparvarlik ” ko’pinch amahalliy 
xalqning o’tmish milliy – diniy an’analarini kamsitish,tanqid qilish hisobiga amalga 
oshirdi.Bunday tadbirlar Turkistonga adabiy hukmronlik qilish istagi bilan 
kelganlarga,ularning 
turmush 
tarzi 
va 
tafakkuriga 
mehr-muhabbat 
uyg’otib,”o’ristparast” bir avlodni yetishtirishga xizmat qilar edi.Xullas,o’ristparastlik 
dastlabki o’zbekcha matbuot namunasi bo’lgan “Turkiston viloyati gazeti” da russiya 
hukumatining tegishli odamlari tomonidan uyushtirilib,rag’batlantirib borildi va u 
“ilg’or rus madaniyati” sifatida talqin qilindi.Hatto,Furqatni ham 1890 yili Toshkentga 
kelganda N.Ostroumov o’z gazetasiga jalb qiladi.General-gubernator baron Vrevskiy 
shoirning salohiyati va shuhratidan targ’ibot uchun foydalanish niyati bilan uni rus 
zodagonlarining bal bazmiga taklif etadi.Ostroumov shoirga o’tirish haqidagi 
taassurotlarini yozdirib,gazetasida bostiradi.Unda bunday satrlar bor edi: 
So’ngra el o’z joyiga azm etdilar. 
Lek mendin ketmish erdi aqlu-hush, 


lahza-lahza shavq o’ti aylardi jo’sh. 
Qayta ko’rmoq mumkin o’lsaydi debon 
Muztarib din sokin o’lsaydi debon. 
Al – g’araz ul kecha,ey ahboblar. 
Tonggacha uchdi ko’zimdin xoblar. 
Dilda bordur,hali ham bu orzu. 
Kim,yana ko’rmak qilurman justijo’. 
Soat o’n birgacha bazm etdilar. 
Tarixchi Mulla Olim umr bo’yi “Turkiston viloyatining gazetasi” da ishlab 
keldi,o’tmishni qoralab “Turkiston tarixi ” nomli asar yozdi.Gazeta tabiiyki,rasmiy 
xabarlarga,chunonchi oq podshoning farmoishlari,vazirlarning faoliyati ichki Rusiya 
hayotiga katta e’tibor berdi,o’rni bilan turkiston tarixi,madaniyati hozirgi turmushiga oid 
maqolalar uyishtirdi,mahalliy qalamkashlarga keng o’rin ajratdi.Lekin bularning 
hammasi 
uzoqni 
ko’zlovchi 
ruslashtirish 
siyosatiga 
bo’ysundirilgan 
edi.Masalan,gazetaning 
1911 
yil,45 
soni 
(19 
iyun)da 
bosilgan 
maqolasini 
olaylik.Maqola Toshkentning ruslar tomonidan bosib olinish sanasiga bag’ishlangan.Bu 
sana har yili tantanali nishonlanadi. Shu kuni Toshkentning ruslar yashaydigan yangi 
shahar qismidan eski shahardagi bosqin paytida o’ldirilgan ruslarning qabri joylashgan 
Kamolongacha bo’lgan ko’chalar obdon tozalanib suvlar sepilib,har ikki tarafiga 
bayroqlar osilib bezatilgan.Minglab mahalliy xalq ko’chaga chiqarilib,katta bayram 
uyushtirilgan.Turkiston harbiy noibligining genarallari as’asa-yu dabdaba bilan 
qabriston poyiga gulchanbarlar qo’yganlar.Ularni xotirlashga zambaraklardan to’plar 
otilgan.Gazeta bayram shodiyonalaridan hikoya qilar ekan,istiloda qatnashgan “urush 
faxriylari”ning mahalliy xalq bilan “uchrashuv” lariga keng o’rin beradi.Xalqning 
“ilgariroq dushman ko’zi bilan qaragan”,”endi ushbu odamlarg’a do’st va birodarlik 
ko’zi bilan qaramoqlari lozim” ligini tya’kidlaydi.Chunki ular “sizlarning obodlik va 
taraqqiyda 
bo’lmog’ingizga 
sabab 
bo’lgan”deb 
ko’rsatadi.Yangi 
avloddan 
zorlanadi.Chamasi, usuli jadid maktablarida o’qib,dunyo tanib ko’zi ochilayotgan o’z 
haq-huquqini surushtirayotgan yoshlar yoqmaydi:”Ushbu vaqtda ko’rgan farzandlaringiz 


ko’p keyinda qolib,nihoyatda betartib,bebosh va beododb bo’lubdir”,-deyishadi “urush 
faxriylari” mahalla oqsoqollariga. 
Turkiston 
jadid 
matbuotining 
shakllanishida 
umumturk 
matbuoti,xususan,Kavkaz,Volga bo’yi,Istambulda oyoqqa turib kelayotgan va milliy 
asosga qurilgan gazeta-jurnallar muhim ro’l o’ynaydi. 
Orenburgda chiqqan mashhur “Vaqt ” gazetasi umumturkiy matbuotning tarixini ikki 
davrga bo’ladi:birinchi davrning chegarasini 1911 yil deb belgilaydi.Uningcha birinchi 
davr uchun xarakterli bo’lgan xususiyat,matbuotning asosan maktab,ta’lim,maorif 
masalalari 
bilan 
shug’ullanganligidir.Gazeta-jurnallar 
iqtisodiy,ayniqsa 
siyosiy 
masalalardan so’z ochmoqqa jur’at etmadilar.1910 yilning oxirlaridan matbuot 
an’anaviy ma’rifiy masalalar doirasidan sezilarli darajada tashqari chiqa oldi. 
Turkiy xalqlar hayotida gazeta aslida o’tgan asrning o’ttizinchi yillarida kirib 
keldi.Masalan,Turkiyada chiqqan turkcha “Taqvimi vaqoe” (“Voqealar kalendari”) 
ushbu mamlakatdagina emas,umuman turk dunyosidagi ilk rasmiy gazeta edi.1860 
yildan chiqa boshladi.”Tarjumoni ahvol”,ayniqsa, “Tasviri afkor” (1862) dan keyin 
gazetachilik Turkiyada ommalashib ketdi.Ozarbayjonda nisbatan keyinroq 1875 yilda 
gazeta chiqa boshladi.Hasan Zardobiyning “Ekinchi “ gazetasi bu boradagi ilk qadam 
edi.O’tgan asr so’ngidagi eng mashhur gazeta Ismoilbek Gaspiralining “Tarjimon” i 
bo’ldi.1883 yili Bog’chasaroyda dunyoga kelgan bu gazeta birgina Rusiyada 
emas,umuman dunyoviy barcha qit’alarida yashovchi turkiy xalqlarni bir-birlariga 
tanitish,ularni madaniy-ma’naviy asosdagi birlikka,hamkorlikka da’vat etish,ayni 
paytda,milliy ishlarni yo’lga qo’yish borasida yigirma yildan ko’proq vaqt davomida 
asosiy,balki yagona nashr bo’lib keldi. 
Rusiya podshoh hukumati 1905 yil 17 oktyabr manifesti bilan tobe millatlarga ham 
ma’lum erkinliklar berishga majbur bo’lgan,miliy gazeta va jurnallar chiqa 
boshlagandan keyin ham “Tarjimon”ning ahamiyati kamaymadi.”Turkiston ma kotibi 
jadidaning lisoni istiqboliyasi yoinki pro’g’ram lisoniyasidan bir qoch (necha) satr 
yozalim,- deydi Behbudiy._Umumrusiya musulmonlarinda,Turkistoni Rusiy va 
Samarqandda usuli savtiya kitoblari turkcha o’laroq vujudga keldi.Jumla muallim va 
ustozlar,muovinlar turkiy ”Tarjimon” tili soyasinda matlab va ma’lumotlarga noil 


o’dilar.Turk tili va adabiyoti rusiya musulmonlarini sayd etajakdir.Matbuot bunga 
shohiddir”. 
Vaziyatni o’zgartirish uchun uni oldin oldin anglatish kerak.Buning uchun esa minbar 
zarur.”Tarjimon” mana shunday zarurat tufayli yuzaga keldi:”Bir bechora faqirni 
ko’rsak,achinamiz.O’layotgan bechorani ko’rsak,yuragimiz iztirobdan og’ziydi.Hatto, 
bir 
hayvonning 
qiynalishi 
rahmingizni 
keltiradi.Lekin 
bir 
emas,minglab 
kishilarning,butun bir xalqning jaholatdan mislsiz qiynalotganini ko’rmaymiz…” 
Gazetaning dastlabki sonlaridan birida shuinday so’zlar bor edi.BU jadsoratli sado o’sha 
paytlari juda ham zarur edi. 
Ruslashjtirish avjida.Itil-Volga bo’yidagi tatarlar orasidan biror mansabdor u yoqda 
tursin,machitga imom ham missioner N.Ilminskiy ruxsatsiz saylanmaydi.Maktab – 
madrasa kitoblai-ku birma-bir qo’ldan o’tadi.Turkistonda Ostroumov-to’ra. 
Gasprinskiy 1905 yilda o’z gazetasida “Zo’rlik bilan ruslashtirish nazariyasi”(23-son) 
degan maqola bostirgan edi.Bu maqolada uning fikri qat’iy.Rus xalqi bilan rus 
hukumatini bir-biridan farqlash kerak.Rus xalqi bizni hech qachon “g’ayri jins” 
sanamaydi.Buni rus “Papozlari”,chor ma’murlari to’qib chiqargan.Millatning o’zligini 
ko’rsatadigan xususiyatlaridan biri til va maorifdir.Bu ikkisi bo’lmasa millat mustaqil 
bo’la olmaydi.Gasprinskiy 1905 yilda yozgan maqolalaridan birida millatning asosi 
ikkita:Tavhidi til (Til birligi) va tavhidi din (Din birligi) degan edi. 
“Til birligi” masalasi bizing hayotimizda hayot-mamot masalasidir va biz bu masalada 
bir qadam orqaga chekinmaymiz,-yozadi I.Gasprinskiy 1906 yil 18 – dekabrda. 
“Tarjimon” umumiy bir milliy gazetadir.Uning tili ham umumiy bir milliy 
tildir.Yashasan millat!Ham yashar, chunki u tilda va fikrda birlikning zarurligini 
anglatadi.Til birligi esa adabiyot birligidir.Bu esa o’z navbatida mehnat va harakat 
birligining asosi o’laroq millatning ozodligini ta’min etajakdir”. 
“Tarjimon”ning 1908 yil 13-sonida bosilgan “Til va mas’uliyat” maqolasida ” yana shu 
masalaga qaytib o’z fikrlarini atroflicha asoslaydi.CHindan ham Rusiyaning turli 
joylarida istiqomat qiluvchi turkiy xalqlarning tillari,to’g’rirog’I shevalari bir-biridan 
farq qiladi.Xo’sh bu farq ruslarda yo’qmi?Mehmet Saroy aytganidek,”Turklarning asli 
bir.Lekin zamon va makon ixtiloflari orasida tafovutlar,shevalar paydo qildi”.Ularni bir-


biriga tanitmoq,yagona va umumiy tarixni anglatmoq faqat milliy emas,insoniy burch 
hamdir.Bu gapni Ismoilbek 1907 yilgi musulmonlarning jahon kongresida iztirob bilan 
eytgan edi.Agar shuni amalga oshirmasak,millatning yuziga qarashga haqqimiz 
yo’q,degan edi.Ikkinchidan har bir millat o’zligini qadrlasy bilishi kerak,o’zligi bilan 
g’ururlana olishi ,iftixor eta bilishi lozim.Shundagina u tenglar aro teng bo’la oladi. 
Shundagina u “Havo ” va “g’izo” oladi.Mamlakatimizda kechayotgan bugunngi 
jarayonlar bunga dalil. 
1904 yili Avloniy Mirobodda usuli jadid maktabi ochadi.1907 yilda o’z hovlisida 
“Shuhrat” gazetasini chiqra boshlaydi. 
Gazetaning yo’li ayon bo’lishi bilan do’stidan –dushmani ko’paydi.Natijada 10-soni 
chiqib bekildi.So’nggi 14 fevral o’ninchi sonida “Dano’si namima” (Chaqma-chaqarlik) 
sarlavhasi bilan idoraning bir xabari bosilgan.Unda shunday gaplar bor: 
“Eshitilmish xabarlarg’a qarag’onda o’z musulmonlarimizdan ba’zan “da’noschi ” 
nammomlar paydo bo’lib,gazetamizdan “
начальство
” g’a “donus” qilmoq fikrida yelka 
qilg’on emishlar… 
Gazetamisning maslagi milliy,betaraf, siyosiy o’lub ,”
умэренно

прогрессивная
политическая
” gazetadur.Yozg’on maqolalarimiz ham ushbu maslagimiz bo’lg’on 
e’tidol va haqqoniyat doirasida o’lub,nozir va sensuralar tarafidan haqlik uzra tarjima 
qilinub,tegishli mahkamalarda ko’rinub,turulibdur.Shul sababli “
начальство
” ning sizni 
“dano’s” larga hech bir ehtiyoji yo’qdur. 
Gazetaning yopilishiga qaraganda,bu “dano’s”larga ehtiyoj bo’lgan ko’rinadi, va 
ehtimolki, ular gazetaning taqdirini hal qilganlar. 

Yüklə 268,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə