Microsoft Word Амалиёт Махсулот сифати ва сифатни бошкариш 2016 lotin



Yüklə 1,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/100
tarix28.11.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#135423
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   100
Mahsulot sifati va sifatni boshqarish

2. Ijtimoiy ko‘rsatkichlari
Ushbu 
ko‘rsatkichlar 
mahsulotning 
ijtimoiy-zaruriy 
ehtiyojlarga javob bera olishi va uning turli guruh iste’molchilari 
uchun ijtimoiy ahamiyatini tavsiflaydi.
Bu ko‘rsatkichlarga tovarlar ishlab chiqarishning ijtimoiy 
zaruriyati, tovarning optimal assortimentga mos kelishi, ma’naviy 
eskirish va boshqa ijtimoiy samaralar ko‘rsatkichlari kiradi.
Tovar ishlab chiqarishning ijtimoiy zaruriyati ko‘rsatkichi 
mana shu tovarga nisbatan aholining qondirilmagan talabi 
haj mining zarurligini ifodalaydi. Tovarga nisbatan qondirilmagan 
talabning zarurlik darajasi aholining mana shu tovarlarga nisbatan 
ta’minlanganlik darajasi bilan tavsiflanadi. Tovarning ijtimoiy 
manzili va iste’mol tiraji ko‘rsatkichi mahsulotning iste’molchining 
o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda maxsus guruh
25


iste’molchilarini talablariga javob bera olishini tavsiflaydi. 
Tovarning maxsus guruh iste’molchilarining talablarini qondirishiga 
qarab iste’mol tipaji belgilanadi. Masalan, oyoq kiyimlar tiraji 
bog‘cha yoshdagi, maktab yoshdagilar, qiz bolalar, o‘g ’il bolalar, 
ayol yoki erkaklar oyoq kiyimlariga bo‘linadi.
Tovarning optimal assortimentiga mos kelishi ko‘rsatkichi
lining mana shu tur mahsulotlari assortimenti sistemasida
foydalanilishi ishlarining samaradorligini tavsiflaydi.
M a’naviy eskirish ko rsatkichi
moda yo‘nalishlari o‘zgarishi, 
mavsum o‘zgarishi yoki yangi sifatli mahsulotning yaratilishi bilan 
mahsulotning ma’naviy eskrishini ko‘rsatadi.
Yondosh ijtimoiy samaralar ко"rsatkichilari
deb mazkur guruh 
tovarlarini ommaviy ishlab chiqarish xaridorlarning tovarlarni xarid 
qilishlariga ta’sirini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarga aytiladi. Masalan, 
mazkur guruh tovarlarini ishlab chiqarishganda, boshqa yondosh 
guruh tovarlariga nisbatan bo‘lgan talab keskin o‘zgarishi mumkin.
Kiyimlariga nisbatan modalarning o‘zgarishi, kiyinish stilining 
o‘zgarishi bosh kiyimlarga nisbatan bo‘lgan talabni o‘zgartirishi 
mumkin.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə