Microsoft Word Амалиёт Махсулот сифати ва сифатни бошкариш 2016 lotin


 Jarayonlar monitoringi va o‘lchashlari



Yüklə 1,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/100
tarix28.11.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#135423
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   100
Mahsulot sifati va sifatni boshqarish

4. Jarayonlar monitoringi va o‘lchashlari
Tashkilot sifat menejmenti tizimi jarayonlarining muvofiq 
usullarini qo‘llashi kerak. Bunday usullar bu jarayonlarning har 
birini rejalashtirilgan natijalarga erishish qobiliyatini tasdiqlashi 
kerak. Agarda rejalashtirilgan natij alarga erishilmagan bo‘lsa,
128


mahsulotning muvofiqligini ta’minlash uchun, 
qachonki bu 
maqsadga muvofiq bo‘lsa, to‘g ‘rilash va to‘g ‘rilovchi harakatlar 
qo‘llanishi lozim.
Izoh: tegishli usullar aniqlangan taqdirda, tashkilot mahsulotga 
talablarga muvofiqlik va sifat menejmenti tizimi samaradorligiga 
ta’siriga nisbatan jarayonlarning har biriga to ‘g ‘ri keluvchi 
monitoring yoki o‘lchashlarning turi va hajmini hisobga olishi 
maqsadga muvofiq.
Jarayonlarning samarali faoliyat olib borishi uchun tashkilotda 
rejalashtirilgan natijalarga erishilganligini, shu jumladan jarayonlar 
natijaliligi va samaradorligini baholash uslubi ishlab chiqilishi va 
qo‘llanilishi kerak.
Jarayonlarni natijaliligi jarayon bajarilganda ma’lum natijalarga 
erishilganligiga 
guvohlik 
beruvchi 
jarayonning 
tegishli 
ko‘rsatkichlari (maqsadlari) yordamida aniqlanadi.
Texnologik jarayonlar monitoringi o‘tkazilganda texnologik 
intizomga rioya qilinishi nazorati usuli qo‘llanishi mumkin.
Bunday 
tekshirishlarni 
samarali 
o‘tkazish 
uchun 
tekshirilayotgan har bir obyekt uchun talablar, ko‘rsatkichlar, 
maqsadlarni o‘tkazish uchun, javobgarlik va natijalami ro‘yxatga 
olish uchun shakllarni aniq o‘rnatish kerak. Natijalami ro‘yxatga 
olish uchun shakllarda, tekshirilayotgan obyektdagi jarayon 
o‘rnatilgan ko‘rsatkichlarga erishishi va belgilangan maqsadlarni 
bajarishiga guvohlik beruvchi baholash ko‘rsatkichlari ko‘zda 
tutilishi kerak.
Monitoring bo‘yicha faoliyat SMT ishlab chiqish, jarayonlarni 
belgilash va bayon qilish bosqichida ko‘zda tutilishi kerak.
Tashkilotda olib borilayotgan har bir jarayonni bayon qilishda 
rejalashtirilgan natijalarga erishilganlikni tekshirish mezonlari va 
usullari 
o‘rnatilishi 
kerak. 
Agar jarayonni 
rejalashtirilgan 
natijalariga erishilmagan bo‘lsa, nomuvofiqlik sabablarini bartaraf 
qilishgayo‘naltirilgan to‘g ‘rilovchi amallar ishlab chiqiladi.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə