Microsoft Word Амалиёт Махсулот сифати ва сифатни бошкариш 2016 lotin



Yüklə 1,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/100
tarix28.11.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#135423
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   100
Mahsulot sifati va sifatni boshqarish

bo‘yicha 
faoliyatni 
amalga 
oshirish 
uchun 
mahsulotni
o‘lchashda qoMlaniladigan uslublarni va mahsulotning nazorati
va 
o‘lchashlari 
natijalari 
bo‘yicha 
ro‘yxatga 
olingan
ma’lumotlarni tahlil qilishi kerak.
6. Nomuvofiq mahsulotni boshqarish
Tashkilot talablarga muvofiq bo‘lmagan mahsulot identi- 
fikatlashtirilgan bo‘lishi va uni bilmasdan ishlatilishini yoki 
yetkazib berilishining oldini oladigan tarzda boshqarilishini 
ta’minlashi kerak. Nomuvofiq mahsulotni boshqarish va uni tasarruf
130


etish 
uchun 
javobgar 
bo‘lgan 
shaxslar 
hujjatlashtirilgan 
protsedurada aniqlangan bo‘lishi darkor.
Tashkilot nomuvofiq mahsulotni quyidagi usullarning bir yoki 
bir nechtasi bilan tasarruf qilishi kerak:
a) aniqlangan nomuvofiqlikni bartaraf etish bo‘yicha chora- 
tadbirlar ko‘rish;
b) muvofiq vakolatli idora yoki shaxs va agarda mumkin 
bo‘lsa, iste’molchi tomonidan ruxsat etilgan og‘ish bilan undan 
foydalanish, chiqarish va uni qabul qilishga ruxsat berish;
v) dastlabki rejalashtirilgan foydalanish yoki qo‘llanishning 
oldini olish bo‘yicha harakatlarni ko‘rish.
d) 
nomuvofiq mahsulot yetkazib berilgandan so‘ng yoki 
foydalanish boshlangandan so‘ng aniqlangan bo‘lsa, oqibatlar yoki 
potensial oqibatlarga mos choralarni ko‘rish.
Nomuvofiqlar tavsifi va qilingan harakatlar, shu hisobda 
chetlanishga ruxsatlarni olish haqida yozuvlarni olib borish zarur. 
Nomuvofiqlik bartaraf qilingandan keyin mahsulot unga qo‘yilgan 
talablarga muvofiqligini tasdiqlash uchun qayta verifikatlanishi 
(tekshirilishi) lozim.
Tashkilot o‘rnatilgan talablarga nomuvofiq bo‘lgan mahsulot 
ishlab chiqarishning tegishli bosqichlarida aniqlanishi, belgilanishi 
vayaroqli mahsulotdan ajratilishini ta’minlashi kerak.
Nomuvofiq mahsulotni boshqarish bo‘yicha faoliyatni maqsadi, 
iste’molchiga o‘rnatilgan talablarga muvofiq bo‘lmagan mahsulotni 
yetkazib berilishining oldini olish va bunday mahsulotning 
kamchiliklarini bartaraf qilish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni 
yo‘qotishdan iborat.
Nomuvofiq 
mahsulotning 
keyingi 
ishlatilishi 
bo‘yicha 
masalalami tashkilot operativ hal qilishi kerak. Nomuvofiq 
mahsulotni qo‘llash imkoniyati, uni tuzatish, qo‘shimcha tekshirish, 
unga nisbatan boshqa harakatlar to‘g ‘risidagi qarorni tegishli ma’sul 
shaxslar qabul qilishi kerak. Qarorning qabul qilinishi darajasi 
aniqlangan nomuvofiqlikka va keyingi oqibatlarga muvofiq bo‘lishi 
kerak. Qaror qabul qilish bo‘yicha vakolatlar hujjatlarda belgilanishi 
kerak.
Tashkilot nomuvofiqliklar sabablarini (texnologik jarayonning 
ijrochi tomonidan buzilishi, qurilmalarning ishlashidagi nosozliklar,
131


nomuvofiq materiallar va h.k.) aniqlash va tahlil qilish bo‘yicha 
masalalami operativ hal qilishi kerak.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə