Microsoft Word Амалиёт Махсулот сифати ва сифатни бошкариш 2016 lotin



Yüklə 1,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/100
tarix28.11.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#135423
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   100
Mahsulot sifati va sifatni boshqarish

7. Ma’lumotlarni tahlil qilish
Tashkilot 
sifat 
menejmenti 
tizimining yaroqliligini 
va 
samaradorligini tasdiqlash uchun hamda sifat menejmenti tizimining 
samaradorligini 
doimo yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlarni 
aniqlash uchun kerak bo‘lgan ma’lumotlarni aniqlashi, yig‘ishi va 
tahlil qilishi kerak. Bu ma’lumotlarning tartibiga o‘lchashlar va 
monitoring 
natij asida 
hamda boshqa tegishli 
manbalardan 
olinadigan ma’lumotlar kiritiladi.
Tashkilot 
quyidagilar 
haqida 
axborotni 
olish 
uchun 
ma’lumotlarni tahlil qilishi kerak:
a) iste’molchining qanoatlanganligi;
b) mahsulotga qo‘yiladigan talablaming muvofiqligi;
v) jarayonlar va mahsulotning tavsiflari va tendensiyalari, shu 
hisobda oldini oluvchi harakatlarni o‘tkazish imkoniyatlari;
g) yetkazib beruvchilar haqidagi axborotni olish uchun 
ma’lumotlarni tahlil qilishi kerak.
Tashkilot mahsulotning o‘rnatilgan talablarga muvofiqligi
jarayonlarning natijaliligi va samaradorligi va SMT o‘matilgan 
talablarga muvofiqligi to‘g ‘risida guvohlik beruvchi ro‘yxatga 
olinadigan ma’lumotlar turlari va tarkibiga talablarni belgilashi 
kerak.
Tashkilot ma’lumotni olish manbalari va faoliyatni bajarilish 
natij aliligini baholash, jarayonlar tendensiyalarini aniqlash, bo‘lishi 
mumkin bo‘lgan holatlaming prognozini belgilash uchun statistik 
usullarni qo‘shgan holda, olingan ma’lumotlarning qayta ishlash 
usullarini belgilashi kerak.
SMT da o‘rnatilgan faoliyatda ishtirok etuvchi tashkilotning 
barcha bo‘linmalari o‘z faoliyatini baholash, oldini oluvchi va 
to‘g‘rilovchi amallarni va nomuvofiq mahsulotni boshqarish bilan 
bog‘liq tadbirlarning bajarilishi to‘g ‘risida ma’lumotlarni yig‘ishi, 
tahlil qilishi va korxona sifat bo‘limiga taqdim qilishi kerak.
Tashkilotning sifat bo‘limi bu ma’lumotlarni tahlil qilishi, 
bo‘linmalar faoliyatini baholashi va tashkilot rahbariga ko‘rib
132


chiqish va boshqaruvchi ta’sirlarni qabul qilish uchun taqdim qilishi 
kerak.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə