Microsoft Word anton burini ziyouz com doc



Yüklə 145,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/46
tarix13.03.2022
ölçüsü145,39 Kb.
#84461
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   46
anton bo\'rini

www.ziyouz.com kutubxonasi 

29

“Zamonga sayohat qilish xatarli, - dedi soatsoz. – men zamonga sayohatdan 



qaytilmagan ikkita holni bilaman. Biri, yanglishmasam, o‘tgan asrda, ikkinchisi esa tosh 

davrida yuz bergan”. 

“Balki ularga o‘sha yerlar yoqib qolgandir?”- faraz qildi Anton. 

Soatsoz boshini qimirlatdi. “Yo‘q, ular qanday qaytishni bilmay qolishgan. Ular hikmatli 

so‘zlarni unutib qo‘ygan bo‘lishlari mumkin. Yoki boshqa zamondan biror nima olib 

kelishga uringandirlar. Ammo sira unday qilish kerakmas, eshityapsanmi, sira”. 

“Tushunyapman, - dedi Anton. – Men albatta qaytib kelishni xohlayman. Onam ataylab 

xushbo‘y pudding (guruch va boshqa yormalardan tvorog va mevalar qo‘shib tovada 

pishiriladigan pishiriq) pishirayotgandi. Iloji bo‘lsa, men zamonga qisqagina sayohat qilib 

ko‘rmoqchiman. Darrov tosh davriga emas”. 

“Qisqagina degin, - dedi soatsoz o‘ychan holda. – Xo‘p, sen aytgancha bo‘laqolsin. Yur 

men bilan.” U oynali eshikka, - “Hozir kelaman”, - deb yozilgan taxtachani ilib qo‘ydi. 

Do‘kon ortidagi qorong‘i xonada ham ko‘p soatlar bor edi. Yorug‘ qilib yoritilgan ish stoli 

ustida murvatlar va temirli ehtiyot qismlar yotardi. Anton orqa tomoniga qarashi bilan 

xiraroq yoritilgan bu devorda ilingan katta gardishni ko‘rdi. Uning qora qoplamasi ustida 

bittagina mili bor edi. 

“Men seni yigirma daqiqa oldingi zamonga yuboraman”, - dedi keksa soatsoz. 

“Yigirma daqiqa oldingi?” – ajablandi Anton. Bu hol sarguzashtdan darak 

bermayotganday tuyuldi unga. 

“Ko‘prog‘i xatarli bo‘lishi mumkin”, - uqtirdi chol. U gardish milini ozgina orqaga burdi. 

Anton aylana boshlagan gardishga qarab turdi. 

“Baland, pastmi – kechami, erta, 

bir lahzada bo‘lar mangulik. 

Xohlaganlar ko‘rishi mumkin, 

hech nima o‘tmaydi – vaqt ham shuningdek”. 

Anton soatsoz shunday deganini eshitdi. “Oson ekan, - o‘yladi u. – Har holda maktabda 

yodlatiladigan uzundan-uzun she’rlarday emas-da”. 

Atrofdagi soatlarning chiqqillashi go‘yo jo‘r bo‘lib kuylanayotgan kuyday yangrayotgandi. 

Antonni uyqu bosganday bo‘ldi. 

“To‘xtab qolibdi”, - dedi Antonning onasi tutaqib. 

“Bilaman”, - dedi Anton. 

“Qayerdan bila qolding? – hayratlandi Antonning onasi. - O‘zim buni hozirgina ko‘rdim-

ku”. 

“Soatni soatsozga olib borishimni aytmagandingmi?” - so‘radi Anton ikkilanib. 



“Aytganim yo‘q, - tushuntirdi onasi. – Lekin bu fikring menga ma’qul. Bor, tezda 

boraqol”. 

“Doim men ekan-da”, - noliganday bo‘ldi Anton. 

“Kechga qolma, kechki ovqat tayyor bo‘lyapti”, - baqirib qoldi onasi uning ketidan. 

Anton o‘zini shu kuni soatsoznikiga yana bir marta borib qolganday his qildi. Oynali 

eshikka, - “Hozir kelaman”, - degan yozuvli taxtacha ilingandi. Anton nima qilarini 

bilmay uning oldida turib qoldi. U kutib turishni ham, uyga qaytishni ham bilmay 

qolgandi… 

Gardish sekingina to‘xtadi. Anton hayron bo‘lib atrofga qaradi. “Eshikni ochsangiz-chi, - 

dedi u. – Anchadan buyon kutib turibman, axir”. 

Keksa soatsoz kuldi. “Tashvishlanma, sen ikkita bo‘lib qolganing yo‘q”. 

“Unday bo‘lsa yaxshi”, - dedi Anton. – Ikkita bo‘lib qolganimda, xushbo‘y pudding ham 

yetmay qolardi”. 



Anton bo’rini uchratgan kecha (qissa). Edith Shrayber-Vike 

 

 




Yüklə 145,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə