Microsoft Word anton burini ziyouz com doc



Yüklə 145,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/46
tarix13.03.2022
ölçüsü145,39 Kb.
#84461
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   46
anton bo\'rini

www.ziyouz.com kutubxonasi 

31

olishi, olmasligini o‘ylab turganida, bir narsani ko‘rib qoldi. U to‘xtab turgani uchun, o‘tib 



qaytayotganlarning yo‘lini to‘sib qo‘ygandi. Bu keksa soatsozning do‘konidagi zamonga 

sayohat qilish uchun ishlatiladigan sirli gardish edi. 

“Bu g‘alati narsa nima?” – so‘radi u sotuvchidan vazmin holda. 

“Bilmadim, - dedi u. – Devor bezagi bo‘lsa kerak”. Anton savol berayotganida, o‘zini 

o‘sha narsaga nisbatan iloji boricha befarqday tutishga urindi: “Qancha deyapsiz bu 

narsani?” 

Sotuvchi yelkasini qisdi va Anton uchun ham baland bo‘lmagan narxni aytdi. Ammo buni 

olishi uchun, u qars-qurs kartoshkadan voz kechishi kerak edi. 

“Bo‘pti, men uni olaman” – dedi Anton va qo‘lidagi chaqalarni aniq sanab berdi. Keyin u 

zamon gardishini avaylabgina qo‘ltiqlagan holda yo‘lga tushdi. 

“Buning nima?” – so‘radi Antonning onasi, u uyiga qaytgach. 

“Chayqov bozoridagi kishining aytishicha, devor bezagi ekan”, - dedi Anton rostgo‘ylik 

bilan. 

“G‘alati bezak”, - pichirladi Antonning onasi. Uning kayfiyati yomon edi. Anton dadasi 

bilan birga o‘tkazishi kerak bo‘lgan kunlarda, u mana shunday ahvolga tushib qolardi. 

“Tayyorlanib turarkansan, dadang seni soat o‘n ikkida olib ketarkan”, - dedi u. 

Anton zamon gardishini qo‘liga olib, nimadir deb pichirladi-da, o‘z xonasiga kirib ketdi. 

Axir, ota-onasi bir-biri bilan kelisha olmasa, u nima ham qila olardi. 

Anton asboblar qutisidan bir mix oldi va uni ozgina qiyinchilik bilan devorga qoqdi. Keyin 

u gardishni o‘ziga ma’qul joyga ilib qo‘ydi va ko‘zini uzmay unga qarab turdi. “Bu 

haqiqatan ham keksa soatsozning zamon gardishimi? Balki u ishlamay qolgandir.” U 

buni tekshirib ko‘rmoqchi bo‘ldi. Dadasi uni olib ketishga kelgunicha, shunga ulgurishi 

kerak edi.  

Mushuk Kasandra notanish narsani shubha ostiga olganday hidlab ko‘ra boshladi. Anton 

gardish milini ozgina orqaga burdi. Gardish aylana boshladi. Mushuk tezlashayotgan 

aylanma harakatlarni pinagini buzmay kuzatib turdi. Anton gardishning o‘rtasiga qaradi. 

“Soatsoz aytgan hikmatli so‘zlar qanday edi-ya?” 

“Baland, pastmi – kechami, erta, 

bir lahzada bo‘lar mangulik. 

Xohlaganlar ko‘rishi mumkin, 

hech nima o‘tmaydi – vaqt ham shuningdek”. 

Anton baland va aniq ohangda shunday dedi. Biroq hech qanday o‘zgarish sodir 

bo‘lmadi. 

Anton hafsalasi pir bo‘lib atrofga qaradi. U hamon o‘z xonasida edi. Ammo uning yon 

atrofida unga mutlaqo tegishli bo‘lmagan bir uyum narsalar turardi. “Kasandra qayerda 

qoldi?” Shu payt bir eshik ochildi va undan Antonning ota-onasi ichkariga kirishdi. Ular 

Antonga e’tiborsiz holda, uning yonginasidan o‘tib ketishdi. Antonning karavoti o‘rnida 

g‘ildiraklar turardi, ularning yonida bir katta savat bor edi. Usti ko‘kimtir mato bilan 

qoplangan bu savatning ichida murg‘akkina bola yotardi. “Menimcha, Anton menga 

o‘xshaydi”, - dedi Antonning dadasi so‘yinib. 

“Demak, bu men ekanman”, - o‘yladi Anton. Chaqaloq yuzini burishtirib chinqira 

boshladi. 

“Bu yerdagi Antonlardan biri ortiqchalik qilyapti, - o‘yladi Anton. – Men haqiqiy yoshimda 

bo‘lib qolishimni istayman”. 

U zamonga sayohat qilish uchun aytiladigan hikmatli so‘zlarni xayolidan kechirdi. U o‘sha 

so‘zlarni xayolidan kechirib tugatishi bilan aylanishi susayib to‘xtagan zamon 




Anton bo’rini uchratgan kecha (qissa). Edith Shrayber-Vike 

 

 




Yüklə 145,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə