Microsoft Word anton burini ziyouz com doc



Yüklə 145,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/46
tarix13.03.2022
ölçüsü145,39 Kb.
#84461
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46
anton bo\'rini

www.ziyouz.com kutubxonasi 

33

“Bu yerdagi pirojniylar juda yaxshi. Bittasini yeb ko‘r”, – dedi Antonning dadasi nihoyat. 



Anton indamaygina boshini silkitdi.  

KATTA SAYOHAT 

Anton ko‘pdan beri qulay imkoniyat kutib yurgandi. Nihoyat u katta zamonga sayohat 

qilmoqchi edi. Bir necha daqiqa yoki yillargagina emas. Biroq buning uchun u yolg‘iz 

qolishi kerak edi. Shunday ishlar bor-ki, ularni amalga oshirishga aksariyat hollarda 

onalar xalaqit berishadi. 

“Bugun biror joyga borishing kerakmi?” - so‘radi Anton tushki ovqat paytida umidvorlik 

bilan. 

“Yo‘q, yo‘q”, – tinchlantirganday bo‘ldi Antonning onasi. Aslida u savolning tub ma’nosini 

tushunmagandi. 

Keyin telefon jiringlab qoldi. 

Antonning onasi go‘shakni joyishi bilan shosha-pisha qog‘ozlarni sumkagasiga sola 

boshladi. 

“Uzr, ketishimga to‘g‘ri kelib qoldi, - dedi u Antonga. – Endi tushdan keyingi vaqtimning 

hammasi o‘sha yerda o‘tadiganga o‘xshaydi”. 

“Hechqisi yo‘q”, – dedi Anton sevinchini yashirishga urunib. 

Anton yolg‘iz qolgach, karavotining tagidan safar anjomlarini oldi: bitta olma, bir nechta 

yassi shokoladlarni oziq-ovqat sifatida, gugurt, eski cho‘ntak pichog‘ini, bir o‘ram arqon, 

cho‘ntak fonusini hamda zamonga sayohatning hikmatli so‘zlari yozilgan qog‘ozni. Anton 

o‘sha hikmatli so‘zlarni yoddan bilsa-da, qog‘ozni har ehtimolga qarshi o‘zi bilan birga 

olib ketishni lozim topgandi. U orqasiga ilib olish uchun, hamma narsani matoli 

xaltachaga joylashtirdi. Chunki ikki qo‘li bo‘sh bo‘lishini xohlardi. Kasandra ham darhol 

bir marta yegulik ovqat va toza suv bilan ta’minlandi. Zamonga qilinadigan bunaqa 

sayohat qancha davom etishi mumkinligini bilib bo‘lmasdi-da. 

Anton zamon gardisining oldiga o‘tiridi va ishonchsizroq ohangda hikmatli so‘zlarni aytdi. 

Keyin u yana ozgina kutib turdi-da, gardish milini ancha orqaga burib yubordi. Gardish 

sekin g‘uvillab aylana boshladi. 

Bu safar Anton uyqusiramadi. U o‘zini bir qop - qorong‘i chuqur jar oldida turganday his 

qildi. “Yo‘q!” – deya qichqirdi u va pastga tushib ketdi. 

Tushib ketaverdi, tushib ketaverdi, tushib ketaverdi. 

“Zamonga sayohat qilish xatarli”, - keksa soatsozning shu gapi uning qulog‘iga chalindi. 

Agar bu yerdan bir amallab chiqib olsam, - xayolidan o‘tkazdi Anton, - hech qanaqa 

zamonga sayohat qilmayman”. U tushish tezligi yuqoriligidan biror nimani o‘ylashga ham 

ulgurolmay qoldi. 

Tarap, tarap, tarap. Anton qo‘rqib ketdi. U sarosimaga tushib atrofga qaradi. U bir 

bahaybat eman daraxti tanasiga suyanib o‘tirgan ekan, ro‘parasidan tosh yotqizilgan 

ko‘cha o‘tgandi. 

Anton oyoqlarining barmoqlarini astagina qimirlatib ko‘rdi. Ular qimirladi. Keyin esa 

qo‘llarining barmoqlarini harakatlantirdi. Hammasi joyida edi. U sekin o‘rnidan turdi. 

Hech qayeri og‘rimadi. Demak, yiqilganida unga hech qanday shikast yetmagan ekan. 

Shundan so‘ng anjomlari solingan xaltani paypaslab ko‘rdi. U ham joyida edi. 

Tarap, tarap yana takrorlandi. Antonning oldidan bir otliq o‘tib ketdi. Otning taqasi 

yerdagi toshlarga tegib tovush chiqarayotgan ekan. Bir kichkina, kul rang tusli uy oldiga 

kelgach, otliq sakrab pastga tushdi. 

Uy! Bu uyni u qayerda ko‘rgandi? U o‘ylab qoldi. Bu kichkina uy Anton yashagan 

ko‘chada edi. Anton uni aniq esladi. Uning eshigi yonida, - “Madaniyat yodgorligi”, - 



Anton bo’rini uchratgan kecha (qissa). Edith Shrayber-Vike 

 

 




Yüklə 145,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə