Microsoft Word anton burini ziyouz com doc



Yüklə 145,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/46
tarix13.03.2022
ölçüsü145,39 Kb.
#84461
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46
anton bo\'rini

www.ziyouz.com kutubxonasi 

34

degan yozuvli ko‘k-oq taxtacha ilingandi. U o‘zi yashagan uyni hech qayerdan topolmadi. 



Uy hali ancha yangi edi-da. Anton tasavvur qilib ko‘rishga harakat qildi. U taxminan o‘zi 

tushgan joyda bo‘lishi kerak edi. Bunday holda xushmanza keksa emanning bu yerda 

bo‘lmasligi achinarli bo‘lardi. 

“Demak, meni hozircha yo‘q bo‘lgan mushuk hali qurib bitirilmagan uyda kutayotgan 

ekan-da”, - o‘yladi Anton. Bu tushunarsiz hol edi. Shuning uchun Anton bu to‘g‘rida sira 

o‘ylamaslikka qaror qildi. 

Yana otliqlar o‘tib ketishdi, uzun ko‘ylakli ayollar sayr qilishib va do‘konlarga kirib-chiqib 

yurishardi, kichkina bolalar ko‘chada o‘ynayotgandilar. Yon atrofda mashina, mototsikl, 

tramvay yo‘q edi. Haligi tovushlar eshitilmay qolgandi. Faqat otning axlati atrofida 

o‘ralashib qolgan chumchuqlarning chug‘urlashlari quloqqa chalinayotgandi. 

Anton nima qilishi kerakligini o‘yladi. Maktabiga boriladigan yo‘l oxirida maktabi ham 

yo‘q bo‘lishi mumkinligi haqidagi fikr uning xayolidan o‘tdi. Bu fikr unga ma’qul bo‘lgani 

uchun, u o‘sha tomonga yura boshladi. 

Tomi baland nishabli kichkina qo‘ng‘ir uy kelajakda madaniyat yodgorligi bo‘lishiga 

ishonib bo‘lmasdi. Uning eshigi tepasida, - “Taqa qoqish va aravalarni sozlash 

ustaxonasi”, - deyilgan yozuv bor edi. Anton shu uy ichkarisida bir bo‘lak cho‘g‘li temirni 

ter to‘kib bolta bilan urayotgan semiz erkakni ko‘rdi. Uy oldida bir ot o‘ziga taqa 

qoqilishini kutib turardi. Anton yassi shokoladning qog‘ozini ochdi va uning yarmini 

kaftiga qo‘yib otga uzatdi. Ot yassi shokoladni zo‘r ishtaha bilan paqqos tushirdi. Anton 

unga qolgan yarmini ham berdi. Uning o‘zi umuman och qolmagandi. “Qaysi zamonda 

ekanligimni bilmadim-u, lekin bu menga juda yoqyapti, - o‘yladi Anton. - Hamma yoq 

osoyishtagina ekan”. 

“Ey, do‘zax maxluqi! Yo‘qol, shaytonvachcha!” – o‘shqirdi bir ovoz. 

Anton hadiksirab bir qora mushuk ketidan dastlab yog‘och tuflisini, keyin esa toshlarni 

otib qolgan kampirga qarab qoldi. Mushuk qochib bir devorning qop-qorong‘i oralig‘iga 

kirib ketdi. 

“Bu yoqqa kel, mushuk, - dedi Anton. – U vaysayveradi. Mendan esa qo‘rqmasang ham 

bo‘ladi”. 

“U yerda gaplashayotgan kim?”- so‘radi bir sovuq ovoz. 

Anton yuqoriga qaradi. Maxsus kiyimli erkak turardi. 

“Siz kimsiz?” - so‘radi Anton. 

“Shahar qo‘riqchisi. Ko‘rib turibsan-ku”, - dedi erkak qovog‘ini solib. 

“U yerda kim bilan gaplashayotganding? – Qani, ayt!” 

“Bunga uning nima daxli bor, - o‘yladi Anton. Biroq u maxsus kiyimli kishining jahlini 

chiqarib yubormaslikka harakat qildi. - Bir qora mushuk bilan”, - javob berdi u va 

mushukni izlash uchun, cho‘ntak fonusini yoqdi. 

“Shaytonchiroq!” - qichqirdi erkak va darhol undan o‘zini orqaga tortdi. 

“Yo‘q, cho‘ntak fonusi”, - tushuntirdi Anton va fonusni qayta-qayta yoqib o‘chirdi. 

“Jodugarlik, - qichqirdi shahar qo‘riqchiligidagi erkak va Antonning qo‘lidan ushladi. - 

Sening joying qamoqda”. 

Anton undan o‘z vaqtida qutulishga harakat qildi va iloji boricha tez yugurib qochib 

ketdi. Bu ahmoqona zamon edi. Undagi odamlar qora mushuklarni ham, cho‘ntak 

fonuslarini ham yomon ko‘rardilar. 

Antonga uning ortidan ta’qib qilib kelayotgan kishining qadam tovushlari eshitilidi. U 

navbatdagi tor ko‘chaga burilib qarasa, ko‘chaning oxiri berk ekan. Uning oldida baland 

devor bor edi. Anton og‘ir nafas oldi. U qamoqqa tushishni xohlamasdi! Buning ustiga 

biqini ham og‘rib qolgandi. Shu payt uning yonidagi tor eshik qiya ochildi va Anton 

darhol qop-qorong‘i joyga tortib olindi. 




Anton bo’rini uchratgan kecha (qissa). Edith Shrayber-Vike 

 

 




Yüklə 145,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə