Microsoft Word anton burini ziyouz com doc



Yüklə 145,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/46
tarix13.03.2022
ölçüsü145,39 Kb.
#84461
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   46
anton bo\'rini

www.ziyouz.com kutubxonasi 

28

eshitish uchun shaylanib turgan. 



‘Yahu’, - deyishgan ular barchasi birgalikda va pastlashib qolgan osmonni yuqoriga 

itarishgan. ‘Yahu’ shunday kuchli jaranglagan-ki, uni dunyoning hamma yerida eshitish 

mumkin bo‘lgan. Shundan so‘ng osmon yana o‘zining yuqoridagi joyiga ko‘tarilgan – 

bunga ayni paytda ham har kimning o‘zi bemalol ishonch hosil qilishi mumkin”. 

Janob Blumrix ozgina jim turdi. Anton esa hikoya tugagani, tugamaganini bilmay qoldi. 

“Osmon-ku o‘sha paytlardan buyon hech kimni tashvishga solayotgani yo‘q, - dedi janob 

Blumrix gapini davom ettirib. – Savlatli kishilar ham boshlarini hatto bulutlarga urib 

olishayotgani yo‘q. Ammo zamin-chi. ‘Ona zamin’, - uni hindular shunday atashadi. 

Daryolardagi suvlar o‘sha paytlardagiday toza emas. Giyohlar dorivorlik quvvatiga ega 

bo‘lishi mumkinligini deyarli unutib qo‘yganmiz. Buning ustiga hamma yerda daraxtlarga 

qirg‘in kelmoqda. Biz birgina sabab tufayli, ya’ni qurbimiz yetgani uchun, narsalar kashf 

qildik, ammo ular qanday oqibatlarga olib kelishlari mumkinligi haqida sira o‘ylab 

ko‘rmadik. Ko‘pincha oddiygina masalalarni hal qilishqa fahm-farosatimiz yetmay 

qolyapti. Endi yana hammamiz birgalikda ‘yahu’ deyishimiz lozim bo‘lgan payt keldi”. 

Janob Blumrix bir lahza jim turdi va Antonga qaradi. “Hindular bu rivoyat orqali nima 

demoqchi bo‘lganliklarini tushundingmi?” 

“Menimcha ha”,- Anton shunday deya o‘ylanib qoldi. - Ammo men nima qila olishim 

mumkin? Men bittaginaman-ku”. 

“Yoq, - dedi janob Blumrix. – Sen bittadan ko‘psan”. 

Anton o‘rnidan turdi. “Yahu”, - dedi u ishonqiramay. 

“Yahu”, - javob berdi janob Blumrix.  


Yüklə 145,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə