Microsoft Word bmi qodirqulova doc


I BOB. TA’LIMDA O’RGATUVCHI DASTURLARNING AHAMIYATI VA ULARNI YARATISHDA DREAMWEAVER MX DASTURI IMKONIYATLARI



Yüklə 2,44 Mb.
səhifə4/16
tarix18.04.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#106052
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
dreamweaver mx imkoniyatlaridan fojdalanib orgatuvchi dasturlar yaratish metodikasi

I BOB. TA’LIMDA O’RGATUVCHI DASTURLARNING AHAMIYATI VA ULARNI YARATISHDA DREAMWEAVER MX DASTURI IMKONIYATLARI





    1. O’rgatuvchi dasturlar va ularning ta’limdagi ahamiyati

Kompyuter va axborot texnologiyalari o‘z foydalanuvchilaridan muloqot uchun ma‘lum bir darajadagi maxsus tayyorgarlikni talab qiladi. Bu tayyorgarlikning qay darajada mukammal bo‘lishi muloqotning sifat darajasini belgilaydi. Mazkur muammoni hal qilish esa, boshlang‘ich, o‘rta maxsus va oliy ta‘lim tizimidagi “Informatika va axborot texnologiyalari” fani va uni o‘qitish uslubiyoti oldida turgan eng dolzarb masalalardan biriga aylanib ulgurdi.
Ta‘lim to‘g‘risidagi qonunga asosan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining maqomi tenglashtirilgan. Ularning o’quvchilari va bitiruvchilari o‘zlarining oliy o‘quv yurtiga kirishda yoki tanlagan yo‘nalish bo‘yicha faoliyat ko‘rsatishda, konstitutsiyaviy haq-huquqlarini amalga oshirishda teng huquqlidirlar. Shu bilan birga akademik litsey va kasb-hunar kolleji o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari bilan bir-biridan ma‘lum ma‘noda farq qiladi. [4].
Hozirgi zamon sharoitida, yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda, o’qitishning hozirgi zamon tizimlari va yangi pedagogik texnologiyalari asosida amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir. Yangi pedagogik texnologiyalarni hislati shundaki, unda qo’yilgan maqsadlarga erishish kafolatini beruvchi o’quv jarayoni rejalashtiriladi va amalga oshiriladi. Darhaqiqat, mashg’ulotlarning muvaffaqiyatli o’tishining 80 % ta’lim jarayonini to’g’ri loyihalashtirish, tashkil etish va uni amalga oshirishga bog’liqdir.
Bu ishlarni amalga oshirishda o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga tegishli vazifalar alohida e’tiborga loyiqdir. Hozirgi kunda ta’lim tizimida yangi bosqich bo’lgan kasb-hunar ta’limini zarur me’yoriy hujjatlar, zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan ta’minlash borasida bir qator amaliy ishlar amalga oshirildi va oshirilib kelinmoqda. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining qarori bilan «O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standarti» va «O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumta’lim fanlar davlat ta’lim standarti» tasdiqlandi. Ularda ko’rsatib o’tilganidek, o’rta maxsus, kasb- hunar ta’lim muassasalari bitiruvchilariga umumta’lim fanlar va aniq kasb sohasi doirasida nazariy va amaliy bilimlarga ega bo’lish, kompyuter va telekommunikatsiya vositalaridan foydalana olish, o’quv fanlari bo’yicha oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish uchun zarur bo’lgan bilimlar majmuasiga ega bo’lish vazifasi qo’yilgan.
Hech kimga sir emaski, hozirgi kunda Internet va umuman, axborot texnologiyalari hayotimizni keskin o'zgartirib yubormoqda. Jumladan, axborot texnologiyalarining ta'lim tizimiga tadbiq etilishi o'z samarasini bermoqda. Kitoblarning elektron nusxalari paydo bo'lib, barcha jahon adabiyotining durdona asarlarini o'qish imkoniga ega bo'ldi.
Natijada, elektron kutubxonalar shakllana boshladi. Bu esa o'z navbatida, ta'lim tizimi samaradorligini oshirdi va mukammalashtirish imkonini berdi. Bunday kutubxona adabiyotlaridan foydalanishda ayrim noqulayliklar yuzaga keladi. Eng asosiysi, kompyuter monitori oldida uzoq o'tirishga to'g'ri keladi. Bunda o’rgatuvchi dasturlar va o’rgatuvchi dasturlardan foydalanish muhim o'rin tutadi. Bu haqda batafsilroq to'xtalsak. Gap shundaki, o'zim yangiliklarga juda o'chman, ya'ni yangi vositalar, dastur va texnologiyalarni o'rganishga ishtiyoqim baland. Kerakli bo'lsa ham zerikarli ishlarni bajarishga hushim yo'q. Shuning uchun avvallari biron dasturlash tilini yoki texnologiyani o'rganish uchun katta (misol uchun, Dreamweaver MX haqida) kitobni TATU kutubxonasidan olardimu, elliginchi-oltmishinchi betiga kelganda, erinchoqlikligim tutardi. Bu holat o’rgatuvchi dasturlardan foydalanishni boshlaganimga qadar davom etdi.
So'nggi yillarda turli texnologiyalarni dasturlar, aniqrog'i, o’rgatuvchi dasturlar orqali o'rganish tobora odat bo'lib bormoqda. Sababi ma'ruzalarni elektron darslik shaklda yozish muammo bo'lmay qoldi. Buning uchun bir qancha texnologiyalarni bilish kifoyadir. Shuning uchun o’rgatuvchi dasturlar orqali o'rganish ommaviy tus olmoqda. O'zbekiston ta'lim tizimida ham ulardan
foydalanilmoqda. O’rgatuvchi dasturlar orqali o'rganish juda oson va tez samara beradi hamda ixtiyoriy inson o'z bilimlarini video formatida yozib boshqalarga o'rgatish imkoniga ega bo'ladi. Endilikda ko'plab qalin va ayrim tushunarsiz kitoblarni o'qishga vaqt sarflanmaydi. Ularning o'rnini o’rgatuvchi dasturlar egallaydi.
O’rgatuvchi dastur o'zi nima?
O'quv o’rgatuvchi dasturlari ma'lum bir sohani yoki mavzuni yoritib beruvchi o'ziga xos darslar yig'indisidir. U o'zida amaliy samaraga ega, nazariy va metodik materiallarni qamrab oladigan sahifalardan iborat bo'ladi. O’rgatuvchi dasturlarlar tinglovchilarga quyidagi imkoniyatlarni beradi: o'qitishning interfaol usullarini qo'llash natijasida o'quv materialini to'liq tushunish samaradorligini oshirish; kursni o'rganayotganlarning qiziqishini oshirish, turli psixologik to'siqlarni yengish hamda taqdim etilayotgan materialni tushunish va esda saqlashni osonlashtirish; o'quv jarayonini yanada qiziqarli va ommaviy bo'lishini ta'minlash, kerakli nazariy va eng muhimi, amaliy ko'nikmalarni hosil qilish. Aksariyat o’rgatuvchi dasturlar o'rganilayotgan materialni hayotga tatbiq qilishga yordam beradi. O’rgatuvchi dasturlarda muallif qo'yilgan muammoni batafsil va hammabop tilda bayon etishga harakat qiladi. Bu - tinglovchilar bilan o'zaro interfaol aloqa hosil qilishga yordam beradi. Har bir o’rgatuvchi dasturlar CD yoki DVD-diskdagi elektron darsliklardan hamda bu o’rgatuvchi dasturlarni qanday qo'llashga doir o'quv va metodik yordamchi materallardan iborat bo'lib, bu materiallar kursni foydalanuvchilar yakka holda yoki guruh bo'lib o'rganishida yo'l-yo'riq ko'rsatadi. [15].
Odatda, bu disklarda ommaviy foydalanuvchilarga mo'ljallab menyular ishlab chiqiladi va u orqali kursning ixtiyoriy darsini ko'rish mumkin bo'ladi. Sahifalarlar barcha kompyuterlarda o'qilishi mumkin bo'lishi uchun ommaviy formatlarda yoziladi. So'nggi vaqtlarda esa web-sayt ko'rinishida o’rgatuvchi dasturlarni yozish ham odat bo'lmoqda. Bunga asosiy sabab internetdan foydalanishga bo’lgan qiziqishdir. O'quv o’rgatuvchi dasturlari faqatgina web sahifa emas. Har bir o’rgatuvchi dasturlar bir qancha o'zaro bir-birini to'ldiruvchi elementlardan iborat bo'lib, bu elementlarni qo'llash ta'lim jarayonini soddalashtiradi. Ular yordamida
bilim olish ta'limning boshqa odatiy va multimediyali tizimlaridan bir qancha afzalliklarga ega: biror-bir fanni, hunarni yoki texnologiyani o'rganish uchun hech qayerga borish shart emas, bemalol uyingizda ham o'rganishingiz mumkin; o’rgatuvchi dasturlarni ko'rish uchun ixtiyoriy vaqt ajratishingiz, kunning istalgan vaqtida o'rganishingiz; mumkin, agar tushunmagan bo'lsangiz, uni to'liq qayta va ixtiyoriy joyidan ko'rish imkoniga ega bo'lasiz; o’rgatuvchi dasturlar yordamida ta'lim olishda odatiy vositalarga nisbatan o'z vaqtingiz va mablag'ingizni tejaysiz; eng asosiysi, o’rgatuvchi dasturlarda interfaol muhitning mavjudligidir.
Biroq hamma ham sifatli va foydali o’rgatuvchi dasturlarni yarata olmaydi. Aytish mumkinki, hozirgi kunda turli xil web-texnologiyalarni, Photoshop va Flash dasturlarini o'rgatuvchi o’rgatuvchi dasturlarlar mavjud. Ularning aksariyati rus va ingliz tilida, shu bois, o'zbek tilida o’rgatuvchi dasturlarlarni yaratish dolzarb masalalardan biridir. Web-dasturlash sohasi bo'yicha Adobe Dreamweaver CS4 dasturini o'rgatuvchi multimediyali o'qitish tizimi yaratilgan. Mazkur multimеdiyali qo'llanma Adobe Dreamweaver CS4 dasturini web sahifalar orqali o'rgatishga mo'ljallangan bo'lib, bu qo'llanmadan wеb-dasturlash ko'nikmalariga ega bo'lgan foydalanuvchilar hamda zamonaviy wеb-tеxnologiyalarni o'rganmoqchi bo'lganlar foydalanishlari mumkin. Ularning mavjud analoglaridan farqi shundaki, o’rgatuvchi dasturlar to'liq o'zbеk tilida yaratilgan. Foydalanuvchi mеnyusi imkon darajasida soddalashtirilgan.
Multimediyali ta'lim tizimini yaratishda bir qator jarayonlarni bajarish kerak, jumladan, ta'lim sohasini tanlash va zarur fanlarni tahlil qilish, o’rgatuvchi dasturlar yozishga mo'ljallangan dasturlar orasidan eng yaxshisini tanlash, o’rgatuvchi dasturlarni yozish hamda montaj qilish va boshqalardan iborat. O’rgatuvchi dasturlar yozadigan dasturlar bir nechtadir. Ulardan Webineria, UltraVNC Screen Recorder, Captivate, BB FlashBack Express, Camtasia Studio, Jing kabilarni alohida ajratib ko'rsatish mumkin. Ular kompyuter ekranidagi harakatlar, mikrofondan ovozlarni yozadi hamda kompyuterlar tushunadigan video fayllar formatiga o'girib beradi. Bu vositalardan Camtasia Studio dasturi o'zining interfeysi, juda ko'plab formatlari, video fayllarga turli xil belgilar va izohlar
qo'yilishi, darslarga menyular hosil qilinishi bilan ajralib turadi, shuningdek, bu dastur yordamida audio fayllarni ham yaratish mumkin. Dars yozish davomida ekranning kerakli joyini alohida ajratib ko'rsatish imkoni ham mavjud. Ana shu afzalliklari tufayli o’rgatuvchi dasturlar yozuvchi dastur sifatida Camtasia Studio tanlandi.
Ta'lim tizimida turli darslar orasidan keraklisini topish qiyinchilik tug'dirishi mumkin. Buning uchun foydalanuvchi uchun navigatsiya menyusini yaratish kerak bo'ladi. Bunday navigatsiya interfeysini AutoPlay Media Studio dasturi yordamida hosil qilish mumkin. Mazkur dastur yordamida vizual obyektlarni qo'llagan holda mukammal navigatsiyani yaratish mumkin. Interfeysda hosil bo'ladigan har bir sahifa xuddi veb-sahifalar kabi ko'rinishga ega bo'lib, sahifalardagi obyektlarda turli xil amallarni belgilash mumkin. Yaratilgan multimediyali o'qitish tizimi foydalanuvchilarga diskda keladi. Bu diskni kompyuter diskovodiga qo'yganda diskdagi autorun.exe fayli ishga tushadi. Natijada foydalanuvchi uchun qulay bo'lgan navigatsiya menyusi ekranda hosil bo'ladi. 1.1.1-rasmda o’rgatuvchi dasturlarning barcha sakkizta bo'limi ko'rsatib o'tilgan.

1.1.1-rasm. O’rgatuvchi dasturga misol.


Shuningdek, asosiy oynada kirish darsini ishga tushiruvchi tugma bo'lib, bu darsda kursning maqsadi, o'rgatadigan sohaning qisqacha tahlili hamda o’rgatuvchi
dasturlardan foydalanish ko'nikmalari yoritib berilgan. Ekrandagi mos tugmaga bosilganda kerakli bo'limning ichki sahifasiga o'tiladi. Bu sahifada shu bo'limning darslari joylashgan bo'ladi. Misol uchun, 1-bo'limga kirilganda 1.1.2-rasmdagi oyna ochiladi:
1.1.2-rasm. O’rgatuvchi dastur tuzilishi.
O’rgatuvchi dasturlardagi biror-bir bo'limga kirilgandan so'ng asosiy oynaga qaytish uchun navigatsiya tugmalari mavjud. Ularni qo'llab asosiy oynaga qaytish, navigatsiya menyusini pastga tushirish va navigatsiya menyusini yopish mumkin. Multimеdiyali qo'llanmaning dasturiy va tеxnik talablari: OT : Windows 2000/ NT/XP/Vista; Qattiq disk hajmi: ixtiyoriy; Opеrativ xotira: kamida 128 MB; Framework : ixtiyoriy; Flash Player : ixtiyoriy; Videokodek: TechSmith Screen Capture Codec; Audiokodek: Lame mp3.
Hozirda deyarli barcha sohaning elektron qo'llanmalari mavjud. Biroq axborotning insonlarga nafi teksagina foydali bo'ladi. Shunday ekan, multimediyali o'qitish tizimlari tayyorlashda ham ana shu jihatga e'tibor qaratish zarur. Zero bugungi kunda biror-bir mavzu yoki texnologiyani o'rganishning bundan osonroq usuli mavjud emas [16].

    1. Yüklə 2,44 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə